P
Patent - ma’lum bir huquq yoki imtiyoz beruvchi hujjat. Masalan,
savdo yoki hunarmandchilik bilan shug‘ullanish huquqi. Amaldagi soliq
qonunchiligiga muvofiq doimiy savdo nuqtalarida (joylarida) savdoni
amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar savdo qilish huquqiga ega
bo‘lish uchun vaqtinchalik patentni sotib oladilar. Patentda uning berilish
muddati (patent amal qiladigan davr), savdo amalga oshiriladigan
mahsulotlar guruhi va savdo qilish joyi o‘z aksini topgan bo‘lishi lozim.
Parij klubi – dunyoning asosiy (bosh) kreditor-davlatlari guruhi. Agar
biror-bir qarzdor mamlakat o‘z to‘lov balansini balanslashtirishda
qiyinchilikka duch kelib, XVF yordamida o‘z iqtisodiyotini sog‘lomlashtirish
dasturini amalga oshirishga kirishsa, Parij klubi qarzdor mamlakatning
moliyaviy muammolarini hal etishda o‘z hissasini qo‘shadi. Buning uchun
hamkorlikda o‘sha mamlakat bilan (birgalikda) bitim ishlab chiqiladi. Unga
ko‘ra, uning tashqi qarzlarini qaytarish muddatlari uzaytiriladi. Masalan,
Rossiya Parij klubi davlatlariga qarzining hajmi 40 mlrd. AQSh dollariga
teng bo‘lgan bir paytda, 1996 yil aprelining oxirida Parijda Rossiyaning Parij
klubi kreditorlariga bo‘lgan qarzini uzoq muddatli restrukturizatsiya qilish
to‘g‘risida bitim imzolandi. Unga muvofiq ravishda Rossiya tomonidan
qarzning qaytarilishi 2002 yildan boshlanishi va 2020 yilga kelib tugashi
kerak. Bu narsa iqtisodiy krizisdan chiqqandan, iqtisodiyotda real o‘sish
sodir bo‘lgandan so‘ng Rossiyaga Parij klubi kreditorlarining tashqi
qarzlarini qaytarishga kirishishga imkon beradi.
Penya
–
fuqarolik
huquqida
jazo
choralari
(jarima)ning
ko‘rinishlaridan biri, qonun yoki shartnomaga muvofiq to‘lovlar muddatini
buzganlik uchun undiriladigan moliyaviy jazoning shakli. Uning miqdori
770
qonunga ko‘ra to‘lovning har bir kechiktirilgan kuni uchun to‘lanishi lozim
bo‘lgan summaga nisbatan foizda belgilanadi. Korxona tomonidan
to‘langan penya summasi noishlab chiqarish xarajatlarining tarkibiga
kiritiladi.
Pensiya – qarilik, nogironlik, xizmat qilgan yillari uchun va
boquvchisini yuqotganda fuqarolarni moddiy jihatdan ta’minlash uchun pul
summalarining kafolatlangan har oylik to‘lovi. Uning quyidagi turlari bo‘lishi
mumkin: qarilik pensiyasi; nogironlik pensiyasi, xizmat qilgan yillari uchun
pensiya; boquvchisini yuqotganligi uchun pensiya; sotsial pensiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |