Ijtimoiy soliqlar – ish haqi va ishchi kuchiga nisbatan qo‘llaniladigan
soliqlar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ijtimoiy ta’minotga badallaridan
(ajratmalaridan) tarkib topadi.
Imtiyozli soliqqa tortish – jismoniy yoki yuridik shaxslarni
soliqlardan to‘liq yoki qisman ozod etish.
Ijara haqi – ijara sharoitida (sharti bilan) taqdim etilgan mulk uchun
to‘lovning turi. Asosiy fondlarning alohida obyektlari ijaraga olinganda ular
ijara shartnomasining butun amal qilish davomida teng hissalarda
(qismlarda) mahsulot tannarxiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |