Maxsus bojxona bojlari – bojxona bojlarining ko‘rinishlaridan biri
bo‘lib, agar mamlakatga olib kirilayotgan mahsulotlar shunga o‘xshash
mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi mamlakatning o‘zidagilarga zarar
yetkazadigan bo‘lsa, himoya vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa
mamlakatlarning diskriminatsion harakatlariga nisbatan javob tariqasida
ham qo‘llanilishi mumkin.
Maqsadli soliq imtiyozlari – xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan
davlatning maqsadli ijtimoiy, iqtisodiy, investitsion va boshqa dasturlarining
bajarilganligi uchun soliqqa tortish hajmining pasaytirilishi. Investitsion soliq
kreditidan farqli ravishda o‘zaro manfaatdorlik (o‘zaro foydalilik) asosida
mintaqaviy byudjetga borib tushuvchi soliq summalari doirasida ijroiya
hokimiyati organlari tomonidan har qanday korxonaga berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |