23.3. Davlat kreditini boshqarish
Davlat kreditini boshqarishni keng va tor ma’nolarda ko‘rib
chiqish mumkin. Keng ma’noda davlat kreditini boshqarish
deyilganda qarzdor, kreditor va garant (kafil) sifatida davlatning
faoliyati
bilan
bog‘liq
bo‘lgan
uning
moliyaviy
siyosati
yo‘nalishlaridan birini shakllantirish tushuniladi.
Moliyaviy siyosatning yo‘nalishlaridan biri sifatidagi davlat
kreditini boshqarish davlatning boshqaruv va hokimiyat organlari
qo‘lidadir. Faqat ular byudjet defitsitining umumiy hajmini va
demak, uni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan qarzlarning
hajmini, pul muomalasi, kredit, ishlab chiqarish, aholi bandligiga
ta’sir qilishning asosiy yo‘nalishlari va maqsadlarini hamda kichik
biznes va mamlakat ayrim mintaqalarini qo‘llab-quvvatlash
563
Agar oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami
daromad miqdori joriy davrda belgilangan eng kam ish haqining
1,5 barobaridan kam bo‘lsa, maxsus komissiya oilaning moddiy
va mulkiy holatini tekshirish sanasini belgilaydi.
Ikkinchi bosqichda maxsus komissiya ariza berilgan
sanadan boshlab o‘n kun muddatda oilaning moddiy va mulkiy
holatini o‘rganib chiqadi, shundan keyin tegishli nafaqa yoki
moddiy yordamni tayinlash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi
xulosani fuqarolar yig‘iniga yoki Komissiyaga kiritadi.
Uchinchi bosqichda ariza berilgan oyning oxirgi kunidan
kechikmay, maxsus komissiyaning xulosasi inobatga olingan
holda, ariza tegishli nafaqa yoki moddiy yordamni tayinlash va
to‘lash yoki tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish
uchun fuqarolar yig‘ini yoki Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik jami daromad,
bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa yoki
moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi
uch oy uchun hisoblab chiqilgan oilaning mehnatga layoqatli har
bir a’zosining o‘rtacha oylik daromadi summasini oila tarkibiga
kiritiladigan oila a’zolari soniga bo‘lingan holda aniqlanadi.
Agar oilaning mehnatga layoqatli har bir a’zosining o‘rtacha
oylik daromadlari to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlarda
daromad summasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa yoki eng kam oylik ish
haqining 2,5 baravaridan kam summa ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda
oilaning o‘rtacha oylik jami daromadini hisoblash uchun
daromadni normativdan past ko‘rsatgan yoki daromadi mavjudligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etmagan oila a’zolarining har
biriga nafaqa yoki moddiy yordamga murojaat qilingan oyda
belgilangan eng kam oylik ish haqining 2,5 baravariga teng
bo‘lgan normativ daromad miqdori qabul qilinadi. Ushbu qoida
bola ikki yoshga to‘lgunga qadar uning parvarishi bilan band
bo‘lgan onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga), ta’lim
muassasalarida o‘qiyotganlarga (mehnat shartnomasiga muvofiq
ishlarni amalga oshirish hollari bundan mustasno), ishlamaydigan
pensionerlarga, amalda shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini
yuritish bilan band bo‘lgan oila a’zosiga, tuman (shahar) bandlikka
ko‘maklashish markazlarida ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan
fuqarolarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va
moddiy yordam fuqarolar yig‘ini yoki Komissiyaning qarori
bayonnomasi asosida to‘lanadi. Tegishli nafaqalar va moddiy
564
yordamni to‘lash Xalq bankining bo‘linmalarida (filiallarida)
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining maxsus bank
hisob raqamlariga o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat
byudjeti xarajatlarining tegishli iqtisodiy tasnifi bo‘yicha aks
ettirilgan holda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobiga amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |