Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi
hollarda beriladi:
• vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotish bilan bog‘liq
kasallikda (shikastlanishda);
• sanatoriy-kurortlarda davolanganda;
• kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda;
• karantinda;
• sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtincha boshqa ishga
o‘tkazilganda;
• mehnat qobiliyatini tiklash yoki yasama a’zo (protez)
qo‘ydirish uchun reabilitatsiya muassasalariga yotqizilganda.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini tayinlash
uchun faqat belgilangan tartibda berilgan vaqtincha mehnatga
layoqatsizlik varaqasi (kasallik varaqasi) asos bo‘ladi. Vaqtincha
mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa mehnat qobiliyati
yo‘qolgan birinchi kundan to u tiklangunga qadar yoki tibbiy-
mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik
belgilangunga qadar, hatto bu davrda xodim bilan mehnat
shartnomasi bekor qilingan hollarda ham beriladi.
Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini,
magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturani
tamomlagan va belgilangan tartibda ishga yuborilgan shaxslarga
nafaqa ular ishga chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
Ish haqi, sutkalik va ko‘chish bo‘yicha xarajatlarni olish huquqiga
ega bo‘lgan xodimga ish joyiga borayotgan davrda boshlangan
mehnatga
qobiliyatsizlik
kunlari
uchun
nafaqa
to‘lanadi.
Xodimning mehnatga qobiliyatsizlik kunlari yillik (asosiy va
qo‘shimcha) ta’til davriga to‘g‘ri kelgan hollarda, vaqtincha
mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan barcha kunlar
uchun nafaqa to‘lanadi.
576
Respublikasining “Byudjet tizimi to‘g‘risida”gi qonunida davlat
qarziga “davlat qarzi – davlat tomonidan ichki mablag‘ni va
xorijdan mablag‘ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O‘zbekiston
Respublikasi majburiyatlarining yig‘indisi”dir deb, ta’rif berilgan.
Joylashtirilish joyiga qarab davlatning qarzlari ikkiga bo‘linadi:
• davlat ichki qarzlari;
• davlatning tashqi qarzlari.
Davlat tomonidan ichki mablag‘larni jalb qilish natijasida
vujudga kelgan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining
yig‘indisiga davlat ichki qarzlari deyiladi. Davlat tashqi qarzlari
deyilganda esa davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish
natijasida
vujudga
kelgan
O‘zbekiston
Respublikasi
majburiyatlarining yig‘indisi tushuniladi. Bu qarzlar qarziy
instrumentlari, joylashtirilish shartlari, kreditorlarining tarkibi va
qarzning valyutasiga nisbatan bir-biridan farq qiladi.
Davlatning ichki qarzlari davlat tomonidan ichki mablag‘larni
jalb qilish jarayonida vujudga keladi. Davlat tomonidan ichki
mablag‘larni jalb qilish aktivlarni ichki manbalardan (rezident-
yuridik va jismoniy shaxslardan) jalb etish hamda buning
natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi
yoki qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini)
to‘lashiga kafil sifatidagi majburiyatlari vujudga kelishini anglatadi.
Odatda, davlat o‘z rezidentlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarini o‘z
vaqtida bajara olmagan davrda ham ichki qarz vujudga keladi.
Masalan, biror bir korxona ijtimoiy obyektni o‘zining yoki jalb
qilingan mablag‘lari hisobiga quradi. Ammo, davlat u korxonani o‘z
vaqtida moliyalashtirib bera olmaydi. Shuningdek, byudjet
muassaslarida faoliyat ko‘rsatayotgan ishchi-xodimlarga ish haqi
bir, ikki oylab berilishi kechikadi. Mana shunday vaziyat qaror
topgan sharoitda ham davlatning vaqtinchalik ichki qarzi payda
bo‘ladi. Bunda noxush holatlar O‘zbekistonda 1994-2000 yillarda
qisman qaror topgan edi.
Shunga o‘xshash, davlatning tashqi qarzlari ham davlat
tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish jarayonida vujudga keladi.
Davlat tomonidan xorijdan mablag‘ jalb qilish aktivlarni xorij
manbalaridan (xorijiy davlatlardan, norezident yuridik shaxslardan
va xalqaro moliya tashkilotlaridan) jalb etish hamda buning
natijasida O‘zbekiston Respublikasining qarz oluvchi sifatidagi yoki
qarz oluvchi rezidentlarning o‘z kreditlarini (qarzlarini) to‘lashiga
kafil sifatidagi majburiyatlarining vujudga kelishini bildiradi.
561
ishtirok etsa qonuniy hisoblanadi. Fuqarolar yig‘ini tomonidan
ehtiyojmand deb e’tirof etilgan oila nafaqa yoki moddiy
yordamning faqat bir turini olish huquqiga ega.
Quyidagilar bolali oilalarga nafaqalar, bola parvarishi
bo‘yicha nafaqalar va moddiy yordam to‘lovlarini mablag‘ bilan
ta’minlash manbalari hisoblanadi:
• mahalliy byudjetlar mablag‘lari;
• byudjetdan tashqari manbalar (jamoat va xayriya
jamg‘armalari, korxonalarning mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy
xayr-ehsonlari va boshqalar).
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va
moddiy yordam har bir oila a’zosiga o‘rtacha oylik jami daromad
miqdori jami daromad aniqlanayotgan davr uchun belgilangan
eng kam oylik ish haqining 1,5 baravardan ortiq bo‘lmagan
oilalarga tayinlanadi.
Quyidagilar bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha
nafaqa va moddiy yordam olishda ustunlik huquqiga ega:
• ota-onasining ikkisini ham yo‘qotgan, bolalar tarbiyasi bilan
esa qarindoshlar shug‘ullanayotgan oilalar;
• ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham nogiron bo‘lgan oilalar;
• 14 yoshgacha bo‘lgan ikki va undan ortiq bolalarni
tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlardan alohida yashayotgan
beva ayollar (beva erlar);
• nogiron bolasi (bolalari) bo‘lgan oilalar;
• bolani (bolalarni) to‘liq bo‘lmagan oilada tarbiyalayotgan
onalar (otalar). Bunda bolaning amalda to‘liq bo‘lmagan oilada
ona (ota) tomonidan tarbiyalanishini fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organi belgilaydi;
• ota-onalardan biri yoki har ikkisi ishsiz bo‘lgan va ish
izlovchi sifatida bandlikka ko‘maklashish markazlarida hisobda
turgan oilalar;
• yolg‘iz pensionerlar.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va
moddiy yordam ariza beruvchining o‘zini o‘zi boshqarish organiga
murojaat qilgan oyning keyingi oyidan boshlab to‘lanadi. Bola
parvarishi bo‘yicha nafaqani kelgusida ham olishga muhtojligi
bo‘lgan taqdirda uni olgan shaxs to‘lovlarning avvalgi o‘n ikki oylik
muddati tugashidan bir oy oldin, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar
ushbu nafaqani uzluksiz to‘lanishini davom ettirish masalasini hal
562
etish uchun belgilangan tartibda fuqarolar yig‘iniga takroran
murojaat etish huquqiga ega. Bolali oilalarga nafaqa va moddiy
yordam to‘lashning belgilangan muddati tugagandan so‘ng ariza
beruvchi nafaqa va moddiy yordam to‘lashni yangi muddatga
davom ettirilishini so‘rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Bolali oilalarga nafaqa va moddiy yordam olish uchun ariza
oldingi davrda tayinlangan nafaqa va moddiy yordam to‘lash
muddati tugayotgan oydan keyingi oyga beriladi. Takroriy
murojaatlarni ko‘rib chiqish umumiy belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
Bolali
oilalarga
nafaqa
va
moddiy
yordam
ariza
beruvchining doimiy yashash (ro‘yxatdan o‘tish) joyi bo‘yicha
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan oila boshlig‘i
yoki boshqa muomalaga layoqatli oila a’zosining yozma arizasi
asosida, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – bolaning onasi
yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi.
Alohida hollarda, oilada muomalaga layoqatli a’zolar bo‘lmagan
taqdirda nafaqa va moddiy yordam oila a’zolarining yozma
arizasisiz fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi raisining
taqdimnomasi bo‘yicha tayinlanishi mumkin. Bolali oilalarga
nafaqa va moddiy yordam ariza beruvchining doimiy yashash
(ro‘yxatdan o‘tish) joyi bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organi tomonidan oila boshlig‘i yoki boshqa
muomalaga layoqatli oila a’zosining yozma arizasi asosida, bola
parvarishi bo‘yicha nafaqa esa – bolaning onasi yoki uning o‘rnini
bosuvchi shaxsning arizasi asosida tayinlanadi. Alohida hollarda,
oilada muomalaga layoqatli a’zolar bo‘lmagan taqdirda nafaqa va
moddiy yordam oila a’zolarining yozma arizasisiz fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organi raisining taqdimnomasi bo‘yicha
tayinlanishi mumkin.
Bolali oilalarga nafaqa, bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va
moddiy yordam tayinlash to‘g‘risidagi ariza uch bosqichda ko‘rib
chiqiladi.
Birinchi bosqichda maxsus komissiya ariza berilgan
sanadan boshlab uch kun muddatda ariza beruvchi tomonidan
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etilgan
ma’lumotlar asosida oilaning a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha
oylik jami daromad miqdorini aniqlaydi.
575
bo‘yicha umumdavlat dasturlarini amalga oshirishning maqsadga
muvofiqligini aniqlaydi.
Davlat byudjetining doimiy yoki xronologik tarzda defitsitliligi
va yuqori darajadagi davlat qarzlarining mavjudligi hozirgi
sharoitda sanoati rivojlangan barcha davlatlarga xosdir. Davlatning
kredit ekspansiyasi natijasida boshqa qarz oluvchilar moliyaviy
bozordan siqib chiqarilayapti, kreditga nisbatan bo‘lgan yuqori foiz
stavkalari hamon saqlanib qolmoqda. Davlat qarzlariga xizmat
qilish bo‘yicha katta xarajatlar soliq tushumlarining katta qismini
o‘ziga tortayapti. Shuning uchun ham byudjet defitsiti va davlat
qarzini qisqartirish sanoati rivojlangan mamlakatlar boshqaruv
organlari tomonidan eng dolzarb masalalardan biri sifatida e’tirof
etilayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |