Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi. Davlat pensiyasi olish
huquqiga ega bo‘lmagan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan oilaning
mehnatga layoqatli bo‘lmagan a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik
nafaqasi olish huquqiga egadirlar.
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi vafot etganning oila
a’zolariga vafot etgan fuqaro olgan yoki olish huquqiga ega
bo‘lgan nafaqaga foiz nisbatida quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
• oilaning uch va undan ortiq mehnatga layoqatsiz a’zosiga
— nafaqaning 100 foizi;
• oilaning mehnatga layoqatsiz ikki a’zosiga — nafaqaning 75
foizi;
• oilaning mehnatga layoqatsiz bir a’zosiga — nafaqaning 50
foizi.
555
Agarda xodim karantin vaqtida sanitariya-epidemiologiya
xizmati organlari tomonidan atrofidagi shaxslar orqali yuqumli
kasallikka chalinish xavfini oldini olish maqsadida ishdan
chetlatilgan bo‘lsa nafaqa beriladi. Sil kasalligi yoki kasb
kasalligiga chalingan xodim davolanish qoidasini buzmagan holda
boshqa ishni bajarish imkoniga ega bo‘lib, u tibbiy-maslahat
komissiyasi (TMK) xulosasi (bunday komissiyalar bo‘lmagan
joylarda esa davolovchi shifokorning, davolash muassasasining
bosh shifokori tomonidan tasdiqlangan xulosasi) asosida
vaqtincha boshqa ishga o‘tkazilishi mumkin.
Xodimga, vaqtinchalik kamroq haq to‘lanadigan ishga
o‘tgan vaqt uchun, lekin ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddat
davomida kasallik varaqasi bo‘yicha yangi ishda beriladigan ish
haqiga qo‘shilganda avvalgi ishidagi to‘liq ish haqidan oshib
ketmaydigan miqdorda nafaqa to‘lanadi. Bunda kasb kasalligi
oqibatida boshqa ishga o‘tkazilgan shaxslarga nafaqa, agar u
amaldagi qonun hujjatlariga binoan avvalgi ish haqi bilan yangi
ish haqi o‘rtasidagi farqni korxonadan olish huquqiga ega
bo‘lmasa beriladi. Basharti, kasallik varaqasida ko‘rsatilgan
muddatda ish beruvchi xodimga boshqa ish topib berolmagan
bo‘lsa, u holda shuning oqibatida bekor o‘tgan ish kunlari uchun
nafaqa umumiy asoslarda to‘lanadi.
Reabilitatsiya muassasalarida bo‘lgan barcha vaqt uchun va
unga kelib-ketish vaqti uchun nafaqa to‘lanadi. Mavsumiy va
vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan xodimlarga mehnatda
mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa umumiy
asoslarda, boshqa sabablar oqibatidagi vaqtincha mehnatga
qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa mavsumiy yoki vaqtinchalik ish
to‘g‘risida tuzilgan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan ish kunlari
doirasida to‘lanadi.
Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik
bo‘yicha nafaqa mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb
kasalligidan tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar yilda uch
oydan oshmagan muddatga beriladi. Ishlayotgan 1941-1945
yillardagi urush nogironlariga va imtiyozlari jihatdan ularga
tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, Chernobil AESdagi falokat
yoki uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni bajarish
bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan shaxslarga
554
Sanatoriy-kurortda
davolanishda,
agar
asosiy
va
qo‘shimcha ta’til xodimning sanatoriyda davolanishi uchun yetarli
bo‘lmasa, nafaqa beriladi. Bunday holda sanatoriy-kurortda
davolanishning barcha davri uchun (yo‘llanma, davolanish
muddati) sanatoriyga borish-kelish vaqtini qo‘shib, ammo
xodimning yillik ta’tilini chiqarib tashlagan holda nafaqa beriladi.
Asosiy va qo‘shimcha ta’tildan sanatoriyga borishdan oldin
foydalangan bo‘lsa ham nafaqa uni chiqarib tashlagan holda
beriladi. Bunda ish beruvchi ta’tilning yetmaydigan vaqti uchun
xodim bilan kelishib, unga ish haqi saqlanmagan ta’til beradi.
1941-1945-yillardagi
urush
nogironlariga,
baynalminal
jangchilarga, Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatishda
qatnashgan shaxslarga, shuningdek, sanatoriyga davolanishni
davom ettirish uchun davolash muassasalaridan o‘tkir miokard
infarkti bilan kasallangan, jarrohlik uslubi bilan yurakning
aortakoronar shuntrovkasi va anevrizmlari, oshqozonning yaralik
kasalligi, o‘n ikki barmoq ichak kasalligidan davolangan va o‘t
pufagini olib tashlashdan keyin bevosita yuborilgan xodimlarga,
shuningdek‚ sil kasalligi bilan og‘riganlarga nafaqa sanatoriyda
bo‘lgan barcha vaqt uchun beriladi.
O‘n olti yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani tarbiyalayotgan
ota-onalardan biriga (homiyga yoki vasiyga), nogiron bolaning
sanatoriyda davolangan barcha davri uchun (sanatoriyga borib-
kelish vaqtini hisobga olib) unga yakka tartibda parvarish zarurligi
to‘g‘risidagi tibbiy xulosa mavjud bo‘lganda nafaqa beriladi.
Uch yoshgacha bo‘lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo‘lgan
nogiron bolani parvarishlashda band bo‘lgan ona kasal bo‘lib,
bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda, parvarish
bilan band bo‘lgan ishlayotgan boshqa oila a’zolari yoki
qarindoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan)
nafaqa beriladi.
Oilaning kasal bo‘lgan a’zosiga qarash bo‘yicha vaqtincha
mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga
muhtoj bo‘lgan, lekin 7 kalendar kunidan oshmagan davr uchun
beriladi. O‘n to‘rt yoshga yetmagan bemor bolaga qarash uchun
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak
bo‘lgan, ammo 14 kalendar kunidan oshmagan davr uchun
beriladi.
551
Nafaqa olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs vafot etgan
taqdirda vafot etganning oila a’zolariga nafaqa pensiya tayinlash
uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalar va
mehnatga layoqatsiz fuqarolarning nafaqasi miqdoridan kelib
chiqqan holda belgilanadi.
Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish huquqiga ega
bo‘lgan oila a’zolarining barchasiga bitta umumiy nafaqa
tayinlanadi. Oila a’zosining talabiga ko‘ra uning nafaqadagi ulushi
ajratiladi va unga alohida to‘lanadi. Bunda tayinlangan nafaqaning
umumiy miqdori oluvchilarning umumiy soniga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |