Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega
bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga
nafaqalar. Ushbu nafaqa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining
2011-yil
7-aprel
kuni
qabul
qilingan
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining
Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga
asosan
tayinlanadi.
Nafaqa
O‘zbekiston
Respublikasi
fuqarolariga, shuningdek‚ O‘zbekiston Respublikasida doimiy
yashaydigan
xorijiy
fuqarolarga
va
fuqaroligi
bo‘lmagan
shaxslarga beriladi Nafaqa yoshga doir nafaqa, nogironlik
nafaqasi (bolalikdan nogironlardan tashqari) hamda boquvchisini
yo‘qotganlik nafaqasi bo‘yicha farqlanadi. Nafaqa olish huquqiga
ega bo‘lgan shaxslar nafaqa olish huquqi paydo bo‘lgandan so‘ng
biron-bir muddat bilan cheklashsiz, istalgan vaqtda uning
tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin.
Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi.
Nafaqalarni tayinlash va to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining
tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yoshga doir nafaqa ish stajiga ega bo‘lmagan, bugungi
kunda 7 yildan kam ish staji mavjud bo‘lib, yoshga doir pensiya
tayinlash uchun yetarli ish stajiga ega bo‘lmagan shaxslarga
tayinlanadi. Yoshga doir nafaqa erkaklarga 65 yoshga
yetganlarida, ayollarga — 60 yoshga yetganlarida tayinlanadi.
Haq to‘lanadigan ish bajarayotgan yoki boshqa daromad
manbaiga ega bo‘lgan (alimentlar yoki stipendiyalar olish bundan
mustasno) shaxslarga yoshga doir nafaqa tayinlanmaydi. Ish
stajiga ega bo‘lmagan shaxsga yoshga doir nafaqa mehnatga
layoqatli
voyaga
yetgan
farzandlari,
qarindoshlari
yoki
550
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni
ta’minlashga majbur bo‘lgan boshqa shaxslar bo‘lmagan taqdirda
tayinlanadi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda o‘tkazilgan
tekshirishda ish stajiga ega bo‘lmagan va yoshga doir nafaqa
so‘rab murojaat etgan shaxsni ta’minlashga majbur bo‘lgan
qarindoshlarining yoki boshqa shaxslarning moddiy nochorligi
aniqlangan hollarda yoshga doir nafaqa yoshga doir nafaqa
so‘rab murojaat qilgan shaxsga moddiy yordam bera olmaydigan
qarindoshlar yoki boshqa shaxslar bor bo‘lgan taqdirda ham
yoshga doir nafaqa tayinlanishi mumkin.
Nogironlik nafaqasi nogironlik sodir bo‘lgan hollarda,
yoshidan qat’iy nazar, ish stajiga ega bo‘lmagan I va II guruh
nogironligi bo‘lgan shaxslarga tayinlanadi va to‘lanadi. Mehnat
faoliyatiga layoqati cheklanganligi darajasini aniqlash uchun tibbiy
tekshirish (mehnatga layoqati doimiy yoki uzoq muddat
yo‘qotilganda) Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari yo‘llanmalari
bo‘yicha tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan amalga
oshiriladi. Qabul qilingan xulosa asosida TMEK yetti kun
muddatda tibbiy tekshirish dalolatnomasidan ko‘chirmani Pensiya
jamg‘armasi
bo‘limiga
yuboradi.
Ishlayotgan
yoki
hayot
kechirishning boshqa manbalariga (alimentlar yoki stipendiyalar
olish bundan mustasno) ega bo‘lgan I guruh nogironlarga va II
guruh nogironlarga nafaqa tayinlanmaydi. Nogironlik nafaqasi
mehnatga layoqat yo‘qotilishining butun davri uchun tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |