Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Kam  ta’minlangan  va  bolali  oilalar  uchun  nafaqalar



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

Kam  ta’minlangan  va  bolali  oilalar  uchun  nafaqalar. 

Ushbu 


nafaqalar 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Vazirlar 

mahkamasining  2013-yil  15-fevral  kuni  “Kam  ta’minlangan 

oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash 

tartibi  to‘g‘risidagi  nizomni  tasdiqlash  haqida”gi  44-son  Qaroriga 

muvofiq  tayinlanadi.  Ushbu  Nizom  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi 

boshqarish  organlari  tomonidan  14  yoshgacha  bolalari  bo‘lgan 

oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi 

bo‘yicha  nafaqa  va  kam  ta’minlangan  oilalarga  moddiy  yordam 

tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.  

Bolali  oilalarga  nafaqa  va  moddiy  yordam  6  oy  muddatga, 

bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqa  esa  –  12  oyga  tayinlanadi,  biroq 

bola  ikki  yoshga  to‘lgan  oydan  keyingi  oyga  o‘tmasligi  kerak.  gar 

tug‘ilgan,  farzandlikka  olingan  yoki  vasiylikka  qabul  qilingan  ikki 

va  undan  ortiq  bolalar  parvarish  qilinsa,  u  holda  bola  parvarishi 

bo‘yicha  nafaqa  kichik  bola  ikki  yoshga  to‘lgunga  qadar  bir 

baravar miqdorda to‘lanadi. 

Bolali  oilalarga  nafaqa,  bola  parvarishi  bo‘yicha  nafaqa  va 

moddiy 

yordam 


tayinlash 

va 


to‘lash 

to‘g‘risidagi 

qaror 

fuqarolarning  o‘zini o‘zi boshqarish  organi – posyolka, qishloq va 



ovul,  shuningdek  shaharlarning  mahallalari  fuqarolar  yig‘ini 

(vakillar  yig‘ilishi)  yoki  bunday  qarorlarni  qabul  qilish  uchun 

fuqarolar yig‘ini tomonidan vakolat berilgan Komissiya tomonidan 

qabul qilinadi. Komissiya fuqarolar yig‘ini tomonidan fuqarolarning 

o‘zini  o‘zi  boshqarish  organi  hududida  istiqomat  qiluvchi  obro‘-

e’tiborli  va  hurmatga  sazovor  fuqarolar  orasidan  saylanadi. 

Komissiyaga fuqarolar yig‘inining raisi boshchilik qiladi. Komissiya 

a’zolari  2  yil  muddatga,  fuqarolar  yig‘ini  raisi  esa  –  uning  butun 

vakolati  davriga  saylanadi.  Ushbu  Komissiya  tarkibi  kamida  15 

kishidan  iborat  bo‘lishi  kerak.  Komissiya  a’zosi  vakolatlarining 

amal  qilishi  davrida  a’zolikdan  chiqqan  taqdirda,  fuqarolar  yig‘ini 

Komissiya  a’zolarini  qaytadan  saylaydi.  Komissiya  qarori,  uning 

yig‘ilishida  tasdiqlangan  tarkibning  kamida  uchdan  ikki  qismi 

545 


•  jamg‘arib  boriladigan  pensiya  tizimida  ixtiyoriylik  asosida 

qatnashadigan  fuqarolar  tomonidan  shaxsiy  pensiya  hisob 

raqamlariga  badallar  miqdori  va  to‘lash  muddatlari  mustaqil 

ravishda belgilanishi ham mumkin va boshqalar. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

fuqarolari, 

shuningdek 

O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  doimiy  yashovchi  chet  el 

fuqarolari  va  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslar  jamg‘arib  boriladigan 

pensiya  ta’minoti  olish  huquqiga  ega.  Ish  beruvchilarning, 

shuningdek‚  mehnat  faoliyatini  mehnat  shartnomasi  asosida 

amalga  oshiruvchi  fuqarolarning  jamg‘arib  boriladigan  pensiya 

tizimida ishtirok etishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar 

nazarda 

tutilmagan 

bo‘lsa, 

majburiydir. 

Yakka 

tartibdagi 



tadbirkorlar,  yuridik  shaxs  tashkil  etmagan  holdagi  dehqon 

xo‘jaliklarining  a’zolari,  shuningdek‚  boshqa  fuqarolar  jamg‘arib 

boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etadilar. 

Jamg‘arib  boriladigan  pensiya  tizimida  majburiy  tartibda 

ishtirok  etuvchi  fuqarolarni  hisobga  olish  ish  beruvchining 

talabnomasiga  muvofiq  mazkur  fuqarolarning  asosiy  ish  joyidagi 

Xalq banki filialida amalga oshiriladi. 

Jamg‘arib  boriladigan  pensiya  tizimida  ixtiyoriylik  asosida 

ishtirok  etuvchi  fuqarolarni  hisobga  olish  ularning  arizasiga 

muvofiq mazkur fuqarolarning yashash joyidagi Xalq banki filialida 

amalga oshiriladi. 

Yuridik  va  jismoniy  shaxslar  jamg‘arib  boriladigan  pensiya 

tizimiga fuqarolarni hisobga qo‘yish, shuningdek shaxsiy jamg‘arib 

boriladigan  pensiya  hisobvaraqlarini  ochish  uchun  O‘zbekiston 

Respublikasining  interaktiv  davlat  xizmatlari  yagona  portalida 

elektron ariza berishga haqli. 

Jamg‘arib  boriladigan  pensiya  tizimida  hisobga  olish 

quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

•  shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochish; 

•  jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasini berish. 

Xalq 

banki 


jamg‘arib 

boriladigan 

pensiya 

tizimida 

fuqarolarning  shaxsiy  hisobini  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi tomonidan  belgilanadigan  tartibda  yuritadi. Jamg‘arib 

boriladigan  pensiya  tizimida  fuqarolarning  shaxsiy  hisobini 

yuritishga  doir  hamda  shaxsiy  jamg‘arib  boriladigan  pensiya 

hisobvaraqlariga  taalluqli  ma’lumotlar  Xalq  bankining  yagona 

ma’lumotlar elektron bazasida shakllantiriladi va saqlanadi. 




546 

Jamg‘arib 

boriladigan 

pensiya 


tizimida 

hisobga 


olinayotganda 

fuqarolarga 

Xalq 

banki 


umrbod 

qilib 


belgilanadigan,  doimiy  shaxsiy  tartib  raqamli  shaxsiy  jamg‘arib 

boriladigan  pensiya  hisobvaraqlari  ochadi.  Shaxsiy  jamg‘arib 

boriladigan  pensiya  hisobvaraqlariga  tartib  raqami  berish 

fuqarolarning  pasportidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. 

Fuqarolarning  yashash  yoki  ish  joyi  yoxud  pasportidagi 

ma’lumotlar  o‘zgargan  taqdirda  shaxsiy  jamg‘arib  boriladigan 

pensiya  hisobvarag‘i  tartib  raqami  o‘zgarishsiz  qoladi  va  yangi 

shaxsiy  jamg‘arib  boriladigan  pensiya  hisobvarag‘i  ochish  talab 

etilmaydi.  Fuqaroning  jamg‘arib  boriladigan  pensiya  to‘lovlarini 

olish  huquqini  tasdiqlovchi  jamg‘arib  boriladigan  pensiya 

daftarchasi  fuqaroga  shaxsiy  jamg‘arib  boriladigan  pensiya 

hisobvarag‘i ochilganidan keyin Xalq banki tomonidan beriladi. 

Jismoniy  shaxslarning  qonun  hujjatlariga  muvofiq  hisoblab 

chiqarilgan daromad solig‘ining tegishlicha kamaytirilgan summasi 

hisobiga  jamg‘arib  boriladigan  majburiy  pensiya  badallarini  ish 

beruvchi har oyda to‘lab boradi. 

Jamg‘arib  boriladigan  majburiy  pensiya  badallarining 

miqdori  xodimlarning,  shu  jumladan  ishlayotgan  pensionerlarning 

ish  haqi  va  boshqa  daromadi  summasi  asosida  hisoblab 

chiqariladi  hamda  har  yili  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi tomonidan navbatdagi yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston 

Respublikasi Davlat byudjetini shakllantirish vaqtida belgilanadi. 

Jamg‘arib  boriladigan  pensiya  tizimi  mablag‘lari  Xalq 

bankida  shaxsiy  jamg‘arib  boriladigan  pensiya  hisobvaraqlarida 

mablag‘larni  jamlash  yo‘li  bilan  shakllantiriladi.  Shaxsiy  jamg‘arib 

boriladigan  pensiya  hisobvaraqlarida  mablag‘larni  shakllantirish 

manbalari quyidagilardan iborat: 

•  jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari; 

•  jamg‘arib boriladigan ixtiyoriy pensiya badallari; 

•  shaxsiy  jamg‘arib  boriladigan  pensiya  hisobvaraqlari 

mablag‘lariga hisoblab chiqarilgan foizlar; 

•  qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa mablag‘lar. 

Jamg‘arib 

boriladigan 

pensiya 

tizimi 


mablag‘laridan 

jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari to‘lash uchun foydalaniladi. 

Jamg‘arib  boriladigan  pensiya  tizimi  mablag‘laridan  jamg‘arib 

boriladigan  pensiya  tizimi  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  majburiyatlarni 

559 

olish  munosabati  bilan  berilgan  qo‘shimcha  ta’til  davrida 



homiladorlik  va  tug‘ish  bo‘yicha  ta’til  berilgan  holda,  nafaqa 

ko‘rsatilgan  davr  tugagandan  keyin  ayol  chiqishi  lozim  bo‘lgan 

kundan boshlab beriladi. 

Xodim  yillik  (asosiy  va  qo‘shimcha)  ta’tilda  va  bolani 

parvarishlash uchun ta’tilda bo‘lgan vaqtda homiladorlik va tug‘ish 

bo‘yicha  ta’til  berilganda,  nafaqa  homiladorlik  va  tug‘ish  bo‘yicha 

ta’tilning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan 

barcha  kunlari  uchun  beriladi.  Bolani  parvarishlash  bo‘yicha  ta’til 

davri uchun nafaqa tarif stavkasidan (lavozim maoshidan) va ta’til 

boshlanishidan  oldingi  12  oy  mobaynida  olingan  mukofotlarning 

o‘rtacha  oylik  summasidan  hisoblab  chiqariladi.  Bunda  vaqtincha 

mehnatga  layoqatsizlik  varaqasi  ochilgan  kuniga  bo‘lgan  tarif 

stavkasi  joylarda  belgilangan  tuman  koeffitsiyenti  va  ustamalarni 

hisobga olgan holda olinadi. 

Ish haqi to‘lash to‘xtatilib, ishdan (lavozimdan) chetlashtirish 

oqibatida ayol ishlamagan davrda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha 

ta’til uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilgan holda nafaqa 

to‘lanmaydi.  Agar  homiladorlik  va  tug‘ish  bo‘yicha  ta’til  ishga 

qo‘yilgandan  keyin  ham  davom  etadigan  bo‘lsa,  nafaqa  u  ishga 

chiqishi lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi. 

Homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa tayinlanganda ham, 

ish haqining 100 foizi miqdorida beriladi. 




Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish