1.Eng umumiylik prinsipi – jinsi, yoshi, millati, irqi, ishining joyi
va xarakteri, mehnatga haq to‘lashning shaklidan qat’iy nazar,
yoshi yoki nogironligi tufayli mehnatga layoqatsizligi sodir
bo‘lganda ijtimoiy ta’minotning barcha mehnatkashlarga nisbatan
qo‘llanilishini anglatadi. Bundan tashqari, eng umumiylik prinsipi
mehnatkashlarning barcha toifalariga, ya’ni ishchilar, xizmatchilar,
dehqonlar, harbiylar, o‘quvchilar va boshqa fuqarolarga nisbatan
qo‘llaniladi. Shuningdek, ijtimoiy ta’minot boquvchisi vafot etgan
oilaning mehnatga qobiliyatsiz barcha a’zolariga (balog‘at yoshiga
etmagan bolalar, aka-ukalar, opa-singillar, nabiralar, qariyalar yoki
mehnatga layoqatsiz er (xotin), ota, ona, bobo, buvi va boshqalar)
nisbatan ham tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |