Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Nogironlik  bo‘yicha  pensiya



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

Nogironlik  bo‘yicha  pensiya  mehnat  qobiliyati  doimiy  yoki 

uzoq  muddatda  yo‘qotilganda  tayinlanadi.  Bu  pensiyaning  miqdori 

mehnat  qobiliyatining  yo‘qotilish  darajasiga  (nogironlik  guruhiga), 

nogironlik  sabablariga,  mehnat  staji  va  ish  haqining  darajasiga 

bog‘liq. 

Nogironlik  pensiyalari  belgilangan  tartibda  I  va  II  guruh 

nogironlari  deb  topilgan  shaxslarga  tayinlanadi  (2011-yil  1- 

yanvardan  keyin  nogironlikning  III  guruhi  belgilangan  shaxslarga, 

shu  jumladan,  takroriy  tibbiy  ko‘rikdan  o‘tkazilgandan  so‘ng 

nogironlikning III guruhi belgilangan shaxslarga nogironlik pensiyasi 

tayinlanmaydi va to‘lanmaydi, Chernobil halokati oqibatida III guruh 

nogironligini olgan shaxslardan tashqari. Istiqbolda mamlakatimizda 

III  guruh  nogironlari  uchun  ham  nogironlik  pensiyalarini  tayinlash 

rejalashtirilmoqda).  Sog‘lig‘ini  yoki  mehnat  qobiliyatini  yo‘qotganlik 

darajasiga qarab, nogironlikning uch guruhi aniqlanadi. 

Nogironlik  sabablari  va  guruhlari,  shuningdek‚  nogironlik 

boshlangan  vaqt  va  nogironlikning  qancha  muddatga  belgilanishi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tasdiqlaydigan  ular 

to‘g‘risidagi  Nizom  asosida  ishlovchi  tibbiy-mehnat  ekspert 

komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi. 

Mehnatda  mayiblanganda  yoki  kasb  kasalligiga  uchraganda 

beriladigan  nogironlik  pensiyalari  ish  stajidan  qat’iy  nazar, 

tayinlanadi. 

Umumiy 


kasallik 

tufayli 


beriladigan 

nogironlik 

pensiyalari  nogironlik  boshlangan  paytga  qadar  qonunchilikda 

belgilangan ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi. 20 yoshga 

to‘lgunga  qadar  umumiy  kasallik  tufayli  ish  davrida  yoki  ishlash 

to‘xtatilganidan  keyin  nogiron  bo‘lib  qolgan  shaxslarga  pensiyalar 

ish stajidan qat’iy nazar tayinlanadi. Mehnatda mayiblanganda yoki 

kasb  kasalligiga  uchraganda  beriladigan  nogironlik  pensiyasidan 

umumiy 

kasallik 

tufayli 

beriladigan 

nogironlik 

pensiyasiga 

o‘tkazilganda  zarur  staj  nogironlik  dastlab  belgilangan  vaqtdagi 

yoshga qarab aniqlanadi. 

I  va  II  guruh  nogironlariga  nogironlik  pensiyasi  uchun  — 

pensiyani  hisoblash  uchun  qabul  qilinadigan  o‘rtacha  oylik  ish 

haqining  55  foizi,  biroq  yoshga  doir  eng  kam  pensiyaning  100 

533 


Turli ijtimoiy ta’minot fondlari va ulardan to‘lanmalarning tahlili 

shuni  ko‘rsatadiki,  ularning  ba’zilarining  manbai  zarur  mahsulot 

bo‘lsa,  boshqalariniki  esa  qo‘shimcha  mahsulotdir.  Masalan, 

vaqtinchalik  mehnat  qobiliyatini  yo‘qotgandagi  nafaqa  to‘lanmalari, 

homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar, nogironlarni o‘qitish va 

ishga 


joylashtirish 

xarajatlari, 

ishsizlarni 

qayta 


o‘qitish 

xarajatlarining  manbai  bo‘lib  zarur  mahsulot  hisoblanadi.  Bu 

to‘lanmalarning yo‘nalishi vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotgan 

paytda  yoki  ishsizlik  davrida  xodimga  zarur  bo‘lgan  hayotiy 

ne’matlarni  berish  bilan  belgilanadi.  Bu  to‘lanmalar  ishchi  kuchini 

takror ishlab chiqarish xarajatlari bilan bevosita bog‘liqdir. 

Pensiya  to‘lanmalariga  nisbatan  vaziyat  (holat)  boshqacha. 

Bu  to‘lanmalar  mehnatga  qobiliyatsizlarga  to‘lanmalardir.  Mehnat 

faoliyati  boshlangunga  qadar  mamlakatning  har  bir  yosh  avlodi 

ham  zaruriy  mahsulot  (ota-onalarning  mehnat  haqi  to‘lovlari 

shaklida)  va  ham  qo‘shimcha  mahsulot  (ijtimoiy  iste’mol 

fondlaridan  xizmatlar va imtiyozlar shaklida) hisobidan saqlanadi. 

Mehnat  faoliyati  boshlanganidan  to  pensiyaga  chiqqunga  qadar 

(35-40  yil  ichida)  bu  avlod  oshib  boruvchi  hajmlarda  ijtimoiy 

mahsulotni  (zaruriy  va  qo‘shimcha)  yaratadi.  Jamg‘armaga 

yo‘naltirilgan  qo‘shimcha  mahsulotning  qismi  ancha  oshadi. 

Buning  natijasida  milliy  boylikning  hajmi  tez  o‘sadi.  Demak, 

ko‘rinib  turibdiki, har  bir  yangi  avlod  o‘zining  navbatdagi  avlodiga 

o‘zining  oldingi  ajdodlaridan  olgan  milliy  boylikka  nisbatan 

kattaroq hajmdagi milliy boylikni qoldiradi. Ana shu asosda har bir 

yangi  avlod  o‘z  mehnati  bilan  yalpi  mahsulotni  ishlab  chiqarishni 

oshiradi. 

Bunda 

moddiy 


boylik 

ishlab 


chiqarish 

sohasi 


xodimlarining  shaxsiy  ehtiyojlarini  qondirishga  foydalaniladigan 

zaruriy 


mahsulotning 

ham 


hajmi 

va 


ishlab 

chiqarishni 

rivojlantirishga  hamda  ijtimoiy  iste’mol  fondlarini  shakllantirishga, 

shu  jumladan,  jamiyatning  mehnatga  qobiliyatsiz  a’zolarini 

ta’minlashga  yo‘naltirilayotgan  qo‘shimcha  mahsulotning  hajmi 

ham o‘sadi. 

Iqtisodiy  jihatdan  taraqqiy  etgan  mamlakatlarda  pensiya 

to‘lanmalari  ko‘p  yillar  davomida,  asosan,  mehnatkashlarning  ish 

haqlaridan  ajratmalar  yordamida  shakllantiriladigan  pensiya 

jamg‘armalari  hisobidan  amalga  oshiriladi. Shuning  uchun  ham  bu 

yerda 

pensiya 


jamg‘armalari 

zaruriy 


mahsulotning 

rezervlashtirilgan  qismidan  iborat  bo‘lib,  uni  xodim  qarilik  yoki 

nogironlik bo‘yicha pensiyaga chiqqandan so‘ng, ola boshlaydi. 



534 

Mamlakatimizda  qariganda,  kasalligida,  mehnat  qobiliyatini 

to‘liq yoki qisman yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda 

moddiy  ta’minlash  huquqi  mamlakat  Konstitutsiyasiga  muvofiq 

ijtimoiy 

ta’minotning 

turli 

shakllari 



bilan 

kafolatlangan. 

Mehnatkashlar  o‘zlarining  ish  haqlaridan  0,1% (2019-yil  1- 

yanvaridan boshlab) miqdorida o‘zlarining kelgusi jamg‘ariladigan 

pensiyalariga  ajratmalarni  o‘tkazadilar  (2019-yil  1-yanvardan 

boshlab  2018-yilda  mehnatkashlarning  ish  haqlaridan  ushlab 

qolinadigan  8%  yagona  ijtimoiy  sug‘urta  fondiga,  ya’ni  Pensiya 

jamg‘armasiga  o‘tkaziladigan  majburiy  ajratma  bekor  qilindi). 

Kelgusi davrning pensionerlari uchun pensiya jamg‘armasi davlat 

mablag‘lari  hisobidan  ham  oldindan  shakllantirilmaydi.  Mehnatga 

qobiliyatsizlarni  ta’minlash  uchun  fondlar  YaIM  va  MDni 

taqsimlash jarayonida har yili ajratiladi va ulardan foydalaniladi.  

Ishlamaydigan  pensionerlar  zaruriy  va  qo‘shimcha  mahsulotni 

yaratmaganligi  va  ularning  mehnat  faoliyati  davrlarida  pensiya 

jamg‘armasi  ular  uchun  shakllantirilganligi  tufayli  har  yili 

shakllantirilishi  lozim  bo‘lgan  pensiya  jamg‘armalarining  manbai 

ishlayotgan  avlodning  qo‘shimcha  mehnati  evaziga  yaratilgan 

YaIM va MD qismi, ya’ni qo‘shimcha mahsulot hisoblanadi. 

Ijtimoiy  ta’minotning  o‘ziga  xos  bo‘lgan  muhim  xususiyati  uni 

vujudga  keltirishning 

(yaratishning, 

qurishning, 

tuzishning) 

prinsiplaridir. Ular quyidagilardan iborat: 




Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish