22-BOB. IJTIMOIY TA’MINOT
22.1. Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy asoslari va
prinsiplari
Mamlakatning Konstitutsiyasi, odatda, yosh bo‘yicha, kasal,
nogiron yoki boquvchisini yo‘qotganda, bolalarni tarbiyalash
uchun va qonunda ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda har bir
kishining ijtimoiy ta’minotini kafolatlaydi. Iqtisodiy kategoriya
sifatida ijtimoiy ta’minotga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
jarayonida fuqarolarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat
ko‘rsatish uchun milliy daromadning bir qismi hisobidan pul
mablag‘larining ijtimoiy fondlarini shakllantiradigan va ulardan
foydalanadigan taqsimlash munosabatlari tizimiga ijtimoiy ta’minot
deyiladi. Mana shunday keng ma’noda, ijtimoiy ta’minot fondlarini
shakllantirish manbalari va ta’minotni tashkil etishga bog‘liq
bo‘lmagan holda jamiyat barcha a’zolarining tegishli tarzda
ta’minlanishini o‘z ichiga qamrab oladi.
Pulli pensiya va nafaqa to‘lovlari ijtimoiy ta’minot bo‘yicha
xarajatlarning asosiy ko‘rinishlari hisoblanadi.
Pensiya – bu qarilik, nogironlik, xizmat qilgan yillari va
boquvchisining yo‘qotilganligi munosabati bilan (bog‘liq ravishda)
fuqarolarni moddiy jihatdan ta’minlash uchun ma’lum pul
summalarining davrma-davr to‘lanmalaridan iborat. Pensiyaning
quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
• Yoshga doir (qarilik) pensiya(si) (ba’zi xorijiy davlatlarda
qarilik pensiyasi deyiladi, bizning qonunchiligimizda yoshga doir
pensiya deyilgan);
• nogironlik pensiyasi;
•
xizmat qilgan yillari uchun pensiya (qonunchiligimizda uch
xil pensiya tizimi qayd etilgan, bu holat pensiyaga ustamalar
sifatida yoki muddatidan oldin pensiyaga chiqish bo‘yicha imtiyozli
pensiyaga chiqish ro‘yxatlari bo‘yicha keltirilgan kasb egalarini
pensiyasi sifatida qayd etiladi, xorijda bunday nomdagi pensiyalar
mavjud, bizda bu pensiyalarimizning tarkibida yuritiladi);
• boquvchisini yo‘qotganligi uchun pensiya.
• Fuqarolarning ayrim toifalari uchun ijtimoiy pensiyalar deb
ataladigan pensiyalar ham to‘lanadi (bizda bu ko‘proq ijtimoiy
530
nafaqalar deb yuritilmoqda, ammo ayrim xorijiy mamlakatlarda
bundan nomlanadigan pensiyalar mavjud).
Yuqoridagilarni hisobga olib, ularni quyidagicha ham ifodalash
ham mumkin:
• Yoshga doir (qarilik) pensiya(si);
• nogironlik pensiyasi;
• boquvchisini yo‘qotganligi uchun pensiya.
Ba’zi mamlakatlarda pensiyalarning xizmat qilgan yillari uchun
pensiyalar va ijtimoiy pensiyalar ko‘rinishlari ham mavjud. Bizning
mamlakatimizda
xizmat
qilgan
yillar
uchun
pensiyalar
qonunchiligimizda qayd etilgan pensiyalarning tarkibiy qismi
hisoblanadi, ijtimoiy pensiyalar tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar
ko‘rinishiga ega va ushbu nafaqalar bugungi kunda davlat
byudjeti hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.
Nafaqalarning quyidagi asosiy ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin:
• vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi uchun;
• homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha;
• farzand tug‘ilganda;
• bola parvarishi bo‘yicha;
• muddatli harbiy xizmatchilarning bolalariga;
• ishsizlik bo‘yicha;
• ta’ziya holatlari bo‘yicha.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda ta’minotning boshqa quyidagi
shakllari ham amal qiladi:
• kasbiy-texnikaviy o‘qitish;
• ishsizlarni qayta o‘qitish;
• nogironlarni qayta o‘qitish va ishga joylash;
• qariyalar va nogironlar uchun internat-uylarida mehnatga
qobiliyatsizlarni tekinga saqlash;
• nogironlarni protezlash va ularni moto-velokolyaskalar va
atomobillar bilan ta’minlash;
• uyga yordamning ko‘p ko‘rinishlarini tashkil qilish va boshqalar.
Ijtimoiy ta’minot mehnat qilish qobiliyatini qisman yoki to‘liq
yo‘qotgan shaxs xususida davlat va jamiyat g‘amxo‘rligi, inson-
parvarlikning namoyon bo‘lish shaklidir. Mehnat faoliyatining
to‘xtatilishi
munosabati
bilan
insonning
moddiy
ahvoli
yomonlashganda, o‘z mehnat qobiliyati yo‘qotilganligi inson
ongiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bir paytda ijtimoiy
543
nogironlik pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega bo‘lgan
bo‘lsa, umumiy kasallik yoki ish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayiblanish
oqibatida
vafot
etgan
boquvchisini
yo‘qotganlik
pensiyasi
tayinlanadi.
Boshqa
mamlakatlardan
ko‘chib
kelgan
O‘zbekiston
Respublikasi
fuqarolarining
oilalariga,
basharti,
boquvchi
O‘zbekiston Respublikasida ishlamagan bo‘lsa, pensiyalar quyidagi
hollarda tayinlanadi:
• boshqa mamlakatlarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini
olgan oilalarga – boquvchisining ish stajidan qat’iy nazar;
• pensiya olmagan oilalarga – basharti, boquvchi ishlash
to‘xtatilgan kunga qadar tegishli stajga ega bo‘lgan bo‘lsa,
mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik
oqibatida vafot etgan taqdirda esa – boquvchining ish stajidan qat’iy
nazar.
Umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik
pensiyasini tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan
boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolariga pensiya boquvchining bor
stajiga mutanosib ravishdagi miqdorda tayinlanadi.
Er (xotin)ning vafot etganligi sababli tayinlangan pensiya
pensioner yangi nikohdan o‘tganida ham saqlanib qoladi. Oilaning
pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan barcha a’zolariga bitta umumiy
pensiya tayinlanadi. Oila a’zosining talabi bilan uning pensiyadagi
ulushi ajratilib, alohida to‘lanadi. Pensiyadan ulush ajratib berish
pensiyani bo‘lish to‘g‘risida ariza tushgan oydan keyingi oyning
birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir
mehnatga layoqatsiz a’zosiga — pensiyani hisoblash uchun qabul
qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida, biroq
yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan kam bo‘lmagan
miqdorida, har ikkala ota-onasini yo‘qotgan bolalarga (chin
etimlarga) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun yoki vafot
etgan yolg‘iz onaning bolalariga har bir bola uchun — pensiyani
hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30
foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam
bo‘lmagan miqdorda pensiyaning tayanch miqdori belgilanadi.
Pensiya miqdorini hisoblash tartibi yoshga doir pensiyalarni
hisoblash tartibi bilan bir hil.
542
• bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga
to‘lmagan bo‘lsa yoki 16 yoshdan katta bo‘lsa ham 16 yoshga
to‘lmasdan nogiron bo‘lib qolgan bo‘lsalar. Bunda aka-ukalar, opa-
singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa;
• ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular
umumbelgilangan pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogiron bo‘lsalar;
• yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’iy nazar, ota va onadan
biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u
vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki
nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi
saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga
qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa;
• buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart
bo‘lgan kishilar bo‘lmasa.
O‘quvchilar 18 yoshga to‘lgunga qadar boquvchisini
yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga egadirlar. Boquvchisini
yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga etmagan
farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab
qoladilar. O‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment
olmagan bo‘lsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga
egadirlar. O‘gay ota va o‘gay ona, agar vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni
(qizni) 18 yoshga to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki
boqqan bo‘lsalar, haqiqiy ota va ona singari pensiya olish huquqiga
ega bo‘ladilar. Bedarak yo‘qolganlarning oilalariga ham, agar
boquvchining
bedarak
yo‘qolganligi
belgilangan
tartibda
tasdiqlangan bo‘lsa, vafot etganlar oilalariga taalluqli hamma
qoidalari tegishli ravishda ushbu oilalarga ham joriy qilinadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolari, agar ular marhumning to‘liq
boquvida bo‘lgan yoki undan yordam olib turgan bo‘lsalar, bu
yordam ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining
manbai hisoblangan bo‘lsa, marhumning qaramog‘ida turgan deb
hisoblanadilar. Marhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila
a’zolari, agar marhumning yordami ular uchun doimiy va asosiy kun
kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa — boquvchisini
yo‘qotganlik pensiyasiga o‘tish huquqiga egadirlar.
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik
oqibatida vafot etgan boquvchining oilasiga, shuningdek marhum
pensionerning oilasiga pensiya boquvchining ish stajidan qat’iy
nazar tayinlanadi. Boquvchi vafot etgan kunga qadar unga
531
ta’minot davlat va jamiyat tomonidan uning unutilmaganligini va
o‘z holiga tashlab qo‘yilmaganligini ko‘rsatadi.
“Ijtimoiy
ta’minot”
kategoriyasining
mazmuniga
oid
iqtisodchilar o‘rtasida yagona fikr mavjud emas. Mualliflarning
ba’zi birlari “ijtimoiy ta’minot” tushunchasini keng ma’noda talqin
qilib, uning tarkibiga ona va bolani, fuqarolarni qarilik chog‘ida va
mehnat qobiliyatini yo‘qotganda tekin ta’minlanishi, davolash va
tibbiy xizmatlarning tekinligi bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy
tadbirlar majmuining barchasini kiritadilar. Boshqa bir toifadagi
mualliflar “ijtimoiy ta’minot” va “ijtimoiy sug‘urta”ni yagona tartibdagi
iqtisodiy kategoriyalar sifatida ko‘rib chiqadilar. Uchinchi guruh
mualliflari “ijtimoiy ta’minot” tushunchasini tor ma’noda tasavvur
qilib, ijtimoiy sug‘urta bilan qamrab olinmaydigan ta’minotning
turlarinigina uning tarkibidan iborat deb hisoblaydilar. Va nihoyat,
to‘rtinchi guruhga kiruvchi mualliflar ham mavjudki, ularning fikricha,
mehnatga qobiliyatsizlikni ta’minlashning turli shakllari va
ko‘rinishlari, shu jumladan, ijtimoiy sug‘urtani ham qamrab oluvchi
yagona “ijtimoiy ta’minot” tushunchasi mavjud.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolarning
mehnat qilish, dam olish, sog‘ligini muhofaza qilish huquqlariga,
qariganda, kasal bo‘lganda, mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yoki
to‘liq yo‘qotganda va boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy
ta’minot, uy-joyga egalik qilish,ma’lumot olish, madaniyat
yutuqlaridan foydalarish huquqlariga, davlat va jamoatchilik
ishlarini boshqarish huquqiga ega ekanligini kafolatlaydi. Shu
munosabat bilan va “ijtimoiy ta’minot” tushunchasini keng talqin
qilish pozitsiyasidan nafaqat tekin tibbiy xizmat ko‘rsatish va
davolash, balki Konstitutsiyada ko‘zda tutilgan tekin bilim olish,
madaniyat yutuqlaridan foydalanish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy
tadbirlardan bahramand bo‘lish kabilarni ham uning tarkibiga
kiritish maqsadga muvofiq bo‘lur edi. Chunki bu huquqlarning har
biri fuqarolarning turli ehtiyojlarini qondirishni nazarda tutib, Konsti-
tutsiyada ko‘zda tutilgan tegishli tadbirlar va mablag‘lar bilan
ta’minlanadi. Masalan, qarilik chog‘ida, kasallik paytida va mehnat
qobiliyatini
to‘liq
yoki
qisman
yo‘qotganda,
shuningdek‚
boquvchisidan mahrum bo‘lgandagi moddiy jihatdan ta’minlanish
huquqi ijtimoiy ta’minotning turli shakllari orqali amalga oshiriladi.
Sog‘liqni muhofaza qilish huquqini ta’minlash, ya’ni tekin tibbiy
xizmat ko‘rsatish va davolanish bo‘yicha maxsus shakllar ko‘zda
532
tutilgan. Boshqacha qilib aytganda, fuqarolarning turli ehtiyojlari
ularni qondirishning o‘ziga xos bo‘lgan o‘z shakllariga egadir.
Shularga muvofiq ravishda pul mablag‘lari fondlari ham
shakllantiriladi. Bulardan ko‘rinib turibdiki, “ijtimoiy ta’minot”
tushunchasini bundan ham kengroq tarzda talqin qilish o‘zining
yyetarli darajadagi asosiga ega emas.
Bir vaqtning o‘zida, “ijtimoiy ta’minot” va “ijtimoiy sug‘urta”ni
parallel ravishda amal qiluvchi, mustaqil bir tartibli iqtisodiy
kategoriyalar sifatida talqin qiladigan, ijtimoiy ta’minotga davlat
byudjetining to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazma (transfert)lari hisobidan
amalga oshiriladigan, ijtimoiy sug‘urtaga esa faqat ijtimoiy
sug‘urta fondi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar
kiradi, deb hisoblaydigan qarashlarni asoslangan deyish mumkin
emas.
Ijtimoiy ta’minotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazma (transfert)lar
hisobidan Davlat byudjetidan, Pensiya jamg‘armasidan va ijtimoiy
sug‘urta fondidan qilinadigan xarajatlarning yo‘nalishlarida
prinsipial xarakterdagi farqlar yo‘q. Bir vaqtning o‘zida ham
to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet ajratmalari, ham Pensiya jamg‘armasi va
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalari hisobidan qarilik (yoshga doir),
nogironlik, ishlagan yillari uchun, boquvchisini yo‘qotgandagi
pensiyalar, farzand tug‘ilganda, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari
to‘lanishi mumkin. Bu yerda farqlar faqat ta’minlanayotganlarning
kontingentiga nisbatan bo‘ladi, xolos. Pensiya va Ijtimoiy sug‘urta
jamg‘armalari mablag‘laridan ishchi va xizmatchilar, ilmiy
xodimlar, bevosita byudjetdan esa Ichki ishlar vazirligi, Milliy
xavfsizlik xizmati, Bojxona organlari va boshqa bir necha toifadagi
boshliqlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar ta’minlanadi.
Shuning uchun ham ijtimoiy sug‘urtani ijtimoiy ta’minotga
bog‘liq bo‘lmagan holda parallel ravishda mavjud bo‘lgan,
mustaqil kategoriya deb hisoblashga asos mavjud emas. Aksincha,
ijtimoiy sug‘urta yaxlit butunning bir qismi sifatida ijtimoiy
ta’minotga tegishli bo‘lib, uning shakllaridan biri hisoblanadi.
Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy manbalari xususida gapirilganda
ayrim iqtisodchilar ijtimoiy iste’mol fondlarini (pensiya to‘lovlarini
birga qo‘shgan holda) shakllantirishning manbaini qo‘shimcha
mahsulot, boshqalari esa ijtimoiy iste’mol fondlarini zaruriy
mahsulot bilan bog‘laydi.
541
foizidan kam bo‘lmagan miqdorda pensiyalarning bazaviy miqdorlari
belgilanadi. Pensiyani hisoblash tartibi fuqarolarning yoshiga doir
pensiyasini hisoblash kabi amalga oshiriladi. Pensiya tayinlash
uchun talab qilinadigandan ortiq ish stajining har bir to‘liq yili uchun
nogironlik pensiyalarning bazaviy miqdorlari I va II guruhlar
nogironlariga nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblash uchun
qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foiziga oshiriladi.
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida I va
II guruhlar nogironlariga nogironlik pensiyasining bazaviy miqdori
nogironlik bo‘yicha pensiya tayinlangan kunda qonunchilikda
nazarda tutilgan ish staji mavjud bo‘lganda oshiriladi.
Pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan
umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik
pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi va uning
miqdori I guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun —
yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan hamda II guruh
nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam
pensiyaning 50 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
Nogironlik pensiyasi nogironlik belgilangan (aniqlangan) davr
mobaynida o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |