Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

Xarajatlar  smetasi.  Xarajatlar  smetasi  davlat  byudjeti 

tashkilotning  moliyaviy  rejasi  hisoblanadi.  Davlat  byudjeti 

tashkilotini 

moliyalashtirish 

daromad 

bo‘lmasdan, 

faqat 

tashkilotning 



xarajatlari 

hajmi 


va 

ularning 

maqsadli 

yo‘naltirilganligiga  teng  bo‘lgan  mablag‘larning  tushuvidan  iborat 

bo‘lganligi  uchun  smeta  daromadlar  qismiga  ega  emas.  Smeta 

asosida  moliya  organlari  ijtimoiy  ehtiyojlar  uchun  xarajatlarning 

hajmini  aniqlaydi  va  u  narsa  joriy  yilning  byudjeti  tarkibiga 

kiritiladi. Bunda quyidagi holatlarga alohida e’tibor berilishi kerak: 

1.  Ijtimoiy  ehtiyoj  xarajatlarining  bir  qismi  byudjetdan 

boshqacharoq  tarzda  moliyalashtiriladi.  Masalan,  ana  shunday 

tarzda 

ommaviy 


axborot 

vositalari 

va 

teatr-tomosha 



korxonalarining 

etishmagan 

mablag‘lari 

ta’minlanadi. 

Bu 

korxonalarning  xizmatlari  to‘lovli  (haqli)  bo‘lsa-da,  o‘z  daromadlari 



ularning  barcha  xarajatlarini  qoplashga  yetmaydi.  Bunday 

korxonalarning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi yetishmagan 

farq byudjetdan qoplanishi kerak. 

2.  Ilm-fanni  moliyalashtirish  davlat  byudjeti  xarajatlarining 

mustaqil  guruhi  hisoblanadi.  Ular  uchun  byudjetdan  mablag‘lar 

eng  muhim  istiqbolli  nazariy  izlanishlar  va  umumdavlat  maqsadli 

ilmiy-texnikaviy 

dasturlar 

bo‘yicha 

yo‘naltiriladi. 

Ana 

shu 


maqsadlar  uchun  mablag‘lar  bevosita  ilmiy-tadqiqot  va  tajriba-

konstruktorlik  ishlarini  amalga  oshirish  bilan  shug‘ullanuvchi 

Fanlar 

Akademiyasi, 

ilmiy-tadqiqot 

institutlari, 

tarmoq 

akademiyalari, oliy o‘quv yurtlari, arxivlar va boshqa tashkilotlarga 

ajratiladi. 

3.  Ilmiy  tashkilotlarni  moliyalashtirish  smeta  yordamida  amalga 

oshiriladi.  Barcha  tashkilotlarda  aniq  mavzular  bo‘yicha  xarajatlar 

smetasi  tuziladi.  Xarajatlarni  rejalashtirish  va  moliyalashtirish 

tartibi  bu  yerda  ijtimoiy-madaniy  ehtiyojlar  xarajatlarida  qo‘llanila-

digan usul bilan bil xildir. 

4.  Milliy  mudofaa  xarajatlari  davlatning  funksiyalaridan  kelib 

chiqadi.  Mudofaa  xarajatlarining  umumiy  miqdori  va  darajasi 

quyidagi turli xildagi ichki va tashqi omillarga bog‘liq: 

•  xalqaro vaziyat; 

•  mamlakat 

hududining 

kattaligiga 

bog‘liq 


bo‘lgan 

chegaralarning uzunligi va xarakteri; 

•  harbiy  ishning  zamonaviy  taraqqiyoti  va  armiyaning 

texnikaviy jihatdan qurollanganlik ahvoli; 




438 

•  shaxsiy  tarkib  turmush  darajasini  yuqori  pog‘onaga 

ko‘tarishning  va  Qurolli  Kuchlarda  ijtimoiy-madaniy  tadbirlarni 

amalga oshirishning zarurligi; 

•  mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlari; 

•  va boshqalar. 

Mudofaa  xarajatlari  obyektiv  zarurat  bo‘lishiga  qaramasdan 

ular  noishlab  chiqarish  xarakteriga  ega.  Shuning  uchun  ham 

davlatlar tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshira borib, harbiy 

xarajatlarni qisqartirishga harakat qiladi. 

Byudjetda  ko‘zda  tutilgan  milliy  mudofaa  xarajatlarining 

guruhi, asosan, Mudofaa vazirligi orqali o‘tadigan to‘g‘ri (bevosita) 

harbiy  xarajatlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Bu  xarajatlarning  tarkibiga 

armiyani  saqlash,  qurol-yarog‘  va  harbiy  texnika  sotib  olish, 

kapital  qurilish,  ilmiy-tadqiqot  va  tajriba-konstruktorlik  ishlari, 

harbiy  xizmatchilarga  maosh,  pensiya  va  nafaqalar  berish  va 

boshqa  xarajatlar  kiradi.  Bu  xarajatlarning  barchasi  Mudofaa  va-

zirligining  maxsus  smetasida  o‘z  aksini  topadi  va  respublika 

byudjetining xarajatlari tarkibiga kiritiladi. 

Milliy  mudofaa  xarajatlarini  rejalashtirishning  o‘ziga  xos 

bo‘lgan  xususiyati  shundan  iboratki,  bu  yerda  birinchi  navbatda, 

Mudofaa 


vazirligi 

bo‘yicha 

xarajatlarning 

umumiy 


hajmi 

aniqlanadi.  Undan  so‘ng  esa  harbiy  okruglar  va  harbiy 

qismlarning  smetalari  tuziladi.  Bunday  tartibning  amal  qilishi 

harbiy  xarajatlar  katta  qismining  (qurol-yarog‘,  harbiy  texnika, 

yoqilg‘i,  oziq-ovqat  va  shunga  o‘xshashlar)  Mudofaa  vazirligi 

orqali moliyalashtirilishi bilan izohlanadi. 

To‘g‘ri  (bevosita)  harbiy  xarajatlarning  boshqa  bir  qismi  davlat 

byudjeti 

xarajatlarining 

boshqa 


bo‘linmalari 

bo‘yicha 

moliyalashtiriladi. Masalan, ichki va chegara qo‘shinlarini saqlash 

xarajatlari  hamda  xavfsizlik  organlarining  faoliyati  huquqni 

muhofaza  qilish  faoliyati  va  davlat  xavfsizligini  ta’minlash  bo‘limi 

orqali 


moliyalashtiriladi. 

Bu 


xarajatlarni 

rejalashtirish 

va 

moliyalashtirish smeta tartibida amalga oshiriladi. 



Egri  (bilvosita)  harbiy  xarajatlar  byudjetda,  asosan,  Qurolli 

Kuchlar  faxriylari  va  ularning  oilalariga  to‘lanadigan  pensiya  va 

nafaqalardan  iborat.  Bu  xarajatlar  davlat  byudjetining  ijtimoiy 

himoya bo‘limi bo‘yicha moliyalashtiriladi. 

5.  Davlat  byudjetining  boshqaruv  xarajatlari  quyidagi  guruh-

lardagi xarajatlardan iborat: 

443 

•  Respublika  byudjetidan  xarajatlarni  moliyalashtirish  qonun 



hujjatlarida  belgilangan  tartibda  qanday  yo‘nalishlarda  amalga 

oshiriladi? 

•  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  byudjetidan  va  mahalliy 

byudjetlardan  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  qaysi 

xarajatlar moliyalashtiriladi? 

•  Byudjetdan mablag‘ ajratishning qanday usullari bor? 

•  Iqtisodiyotni  byudjetdan  moliyalashtirishning  xarajatlari 

tarkibiga nimalar kiradi? 

•  Davlat  byudjetining  ijtimoiy  ehtiyojlarga  mo‘ljallangan 

xarajatlari qanday guruhlarga bo‘linadi? 

•  Ijtimoiy  ehtiyojlar  xarajatlari  qanday  prinsip  asosida 

aniqlanadi? 

•  Davlat  byudjeti  me’yorlari  (normalari)  tushunchasining  mazmuni 

nimada? 


•  Davlat  byudjeti  tashkiloti  smetasining  xarajatlari  tarkibini 

aytib bering. 

•  Amaliyotda pulli me’yorlar (normalar)ning qanday turlaridan 

foydalaniladi? 

•  O‘zining  murakkablik  darajasiga  qarab  davlat  byudjeti  me’yor 

(norma)lari qanday guruhlarga bo‘linadi? 

•  Kombinatsiyalashtirilgan  yoki  yiriklashtirilgan  me’yor  (norma) 

larning afzalliklarini aytib bering. 

•  Davlat  byudjeti  me’yor  (norma)lari  qanday  omillar  ta’siri 

ostida o‘zgarib turishi mumkin? 

•  Xarajatlar smetasi nima va u qanday qismga ega emas? 

•  Moliya  organlari  smeta  asosida  ijtimoiy  ehtiyojlar  uchun 

xarajatlarning  hajmini  aniqlayotgan  va  u  joriy  yilning  byudjeti 

tarkibiga kiritilayotganda qanday holatlarga alohida e’tibor berilishi 

kerak? 

•  Mudofaa xarajatlarining umumiy miqdori va darajasi qanday 

ichki va tashqi omillarga bog‘liq? 

•  Davlat (byudjeti) krediti nima va u qanday afzalliklarga ega? 

•  Hozirda  davlat  byudjeti  xarajatlari  bo‘yicha  mavjud 

kamchiliklarni aytib bering. 

•  Davlat  byudjeti  xarajatlari  bo‘yicha  bajarilishi  lozim  bo‘lgan 

vazifalarni bilasizmi? 




442 

•  Davlat  byudjetining  kapital  xarajatlari  va  ularning  tarkibini 

aytib bering. 

•  Davlat  byudjetining  joriy  xarajatlari  va  ularning  tarkibini 

tushuntirib bering. 

•  Takror  ishlab  chiqarishdagi  roliga  ko‘ra  davlat  byudjeti 

xarajatlari qanday guruhlarga bo‘linadi? 

•  Davlat  byudjeti  xarajatlarining  tarmoq  belgisi  bo‘yicha 

guruhlarga ajratishning asosida nima yotadi? 

•  Ijtimoiy  mo‘ljallanganligi  bo‘yicha  davlat  byudjeti  xarajatlari 

qanday guruhlardan tashkil topgan? 

•  Davlat byudjeti xarajatlarining aniq turlarini aytib bering. 

•  Davlat  byudjeti  xarajatlari  tashkiliy  jihatdan  qanday 

guruhlarga ajratiladi? 

•  Davlat byudjeti xarajatlari hududiy belgisiga muvofiq qanday 

guruhlardan tashkil topadi? 

•  Faqat 

Respublika 

byudjetidan 

moliyalashtiriladigan 

xarajatlarni aytib bering. 

•  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  davlat  byudjetining  xarajatlari 

uning daromadlari bilan uzviy bog‘langanmi? 

•  Hozirgi  sharoitda  davlat  byudjeti  xarajatlarining  konkret 

tarkibi nimalardan iborat va ularning tuzilmasi qanday?  

•  “Davlat  byudjeti  xarajatlari”  va  “Davlat  xarajatlari”  iboralari 

bir xil ma’noni anglatadimi? 

•  Byudjetdan moliyalashtirish deganda nimani tushunasiz? 

•  Byudjetdan  moliyalashtirishning  umumiy  prinsiplarini 

bilasizmi? 

•  Byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida umumiy tamoyillar bilan 

birgalikda yana qanday xususiy prinsiplardan foydalaniladi? 

•  Byudjetdan 

moliyalashtirishning 

qanday 

usullaridan 

foydalanish mumkin? 

•  “Netto-byudjet” tizimi bo‘yicha moliyalashtirishni bilasizmi? 

•  “Brutto-byudjet”  tizimi  bo‘yicha  moliyalashtirish  qanday 

korxona va tashkilotlar uchun qo‘llaniladi? 

•  Amaliyotda 

byudjetdan 

moliyalashtirishning 

qanday 


shakllaridan foydalanilmoqda? 

•  Byudjetdan  moliyalashtirish,  yuridik  nuqtayi  nazardan, 

qanday ikki ko‘rinishda amalga oshiriladi? 

439 


•  huquq-tartibot  organlari,  sudlar  va  prokuratura  organlarini 

saqlash xarajatlari; 

•  davlat  hokimiyat  organlarini  saqlash  xarajatlari.  Prezdent 

Devoni,  Vazirlar  Mahkamasi,  Oliy  Majlis  Senati  va  Qonunchilik 

palatasi,  Konstitutsiyaviy  sud,  vazirliklar,  mahalliy  o‘zini-o‘zi 

boshqarish  organlari,  diplomatik  muassasalar  va  boshqa 

idoralarni saqlash xarajatlari; 

•  saylovlar  va  referendumlarni  o‘tkazish  xarajatlari.  Bular 

deputatlar, 

Prezident, 

mahalla 

oqsoqollarini 

saylash, 

referendumlar o‘tkazish xarajatlaridan iborat. 

Boshqaruv  xarajatlarini  rejalashtirish  va  moliyalashtirish  ijtimoiy 

ehtiyoj xarajatlari bilan bir xil tartibda amalga oshiriladi. 




Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish