436
xarajatlar me’yori (normasi) asosida amalga oshiriladi. Amaliyotda
pulli me’yorlarning har xil turlaridan foydalaniladi:
• moddiy boyliklardan foydalanishning natural ko‘rsatkichlariga
asoslangan normalar (ovqatlanish, tibbiyot uskunalari, dori-
darmonlarni sotib olish, yumshoq inventarlar va h.k.lar xarajatlari
normasi). Bunday normalar moddiy normalarning puldagi ifodasini
namoyon etadi;
• umumlashtirilgan yakka tartibdagi to‘lovlar – ish haqi,
pensiyalar, stipendiyalar, xizmat safari xarajatlari va boshqalar;
• o‘tgan davrlarda mablag‘larning sarflanish ko‘rsatkichlarini
umumlashtirish asosida tajriba-statistika usuli yordamida va
davlat byudjetining imkoniyatlarini hisobga olgan holda vujudga
keltirilgan normalar.
O‘zining murakkablik darajasiga qarab, davlat byudjeti
me’yorlari ikkiga bo‘linadi:
1) oddiy me’yorlar (xarajatlarning oddiy yoki aniq turiga
tegishli bo‘lgan me’yorlar);
2) kombinatsiyalashtirilgan yoki yiriklashtirilgan me’yorlar (bir
necha xarajatlar turlarini qamrab oladigan, alohida bir xarajatlar
moddasini va o‘xshash xarajatlar moddalarini shakllantiradigan
yoki muassasaning barcha xarajatlarini qamrab oladigan
me’yorlar).
Hozirgi sharoitda ijtimoiy soha tashkilotlarining barcha turdagi
xarajatlarini qamrab oladigan yiriklashtirilgan me’yorlar muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Bunday normalardan foydalanish
muassasalar
ishini
yuqori
yakuniy
natijalarga
erishishga
yo‘naltiradi:
bolalarni
o‘qitish,
mutaxassislarni
tayyorlash,
bemorlarga yordam ko‘rsatish va h.k. Bundan tashqari,
yiriklashtirilgan
normalarning
qo‘llanilishi
turli
xarajatlar
yo‘nalishida davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha
tashkilotlarning mustaqilligini kengaytiradi va resurslardan oqilona
va tejamli foydalanishda ularning manfaatdorligini kuchaytiradi.
Davlat byudjeti normalari juda ko‘p omillar ta’siri ostida
o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, baho va tariflar tizimining
o‘zgarishi, milliy xo‘jalikda ish haqining o‘sishi, mahalliy
byudjetlarda xarajatlarni moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha
imkoniyatlarning paydo bo‘lishi kabi omillar me’yorlarning
miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi.
445
• davlat
byudjeti
tizimi
byudjetlari
mablag‘laridan
foydalanishning aniq yo‘naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati;
• davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mustaqilligi;
• davlat
byudjeti
tizimi
byudjetlari
mablag‘laridan
foydalanishning natijadorligi;
• kassaning yagonaligi;
• davlat byudjeti jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi;
• ochiqlik.
Davlat byudjeti tizimining yagonaligi prinsipi huquqiy bazalar,
pul tizimi, davlat byudjeti hujjatlari shakllari, davlat byudjeti
jarayoni prinsiplari, davlat byudjeti qonunchiligini buzganlik uchun
sanksiyalarning yagonaligi, mamlakat davlat byudjeti tizimi barcha
darajalari byudjetlari xarajatlarini moliyalashtirish va davlat byudjeti
mablag‘lari buxgalteriya hisobini yurgizish tartibining yagonaligi
bilan belgilanadi.
Davlat byudjeti tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-
hududiy tuzilishiga muvofiqligi har bitta ma’muriy-hududiy
birlikning o‘z mustaqil byudjeti bo‘lishi shartligi bilan izohlanadi.
Ma’muriy – hududiy birlik o‘z byudjetini tashkil etish va uning
mablag‘laridan foydalanishda muayyan vakolatlarga ega bo‘ladi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining balansliligi va o‘zaro
bog‘liqligi prinsipining mazmuni shundaki, har bitta davlat byudjeti
mutlaqo balansli holda tashkil etilishi shart, ya’ni unda amalga
oshirilishi
mo‘ljallangan
xarajatlar
moliya
yilida
olinajak
daromadlar miqdoriga teng bo‘lishi kerak.
Byudjetlarning balansliligi prinsipi byudjetda ko‘zda tutilgan
xarajatlarning hajmi davlat byudjeti daromadlari va uning defitsitini
moliyalashtirish manbalaridan tushadigan tushumlarning jami
hajmiga teng bo‘lishi kerakligini bildiradi.
Byudjetni tuzish, tasdiqlash va ijro etish jarayonida vakolatli
organlar davlat byudjeti defitsiti miqdorini minimallashtirish
masalasiga alohida e’tibor berishlari kerak.
Bundan tashqari, daromadlarni yig‘ish va mablag‘larni xarajat
qilishda byudjetlarning bir-biriga bo‘ysunadigan yuqori va quyi
zvenolari qat’iy o‘zaro bog‘liqlikda harakat qiladi.
Moliya tizimining tarkibiy qismi sifatida davlat byudjeti tizimi
byudjetlari
daromadlarini
prognoz
qilish
va
xarajatlarini
rejalashtirish
o‘ta
muhim
prinsiplardan
biri
hisoblanadi.
Daromadlarni prognoz qilishning asosi bo‘lib mamlakatni ijtimoiy –
iqtisodiy
rivojlantirish
dasturlarining
natural
ko‘rsatkichlari
hisoblanadi. Ular bazasida kelgusi davrda olinishi mumkin bo‘lgan