O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan
quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi
81
:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
xarajatlari, shu jumladan:
• maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, maktabdan
tashqari ta’lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash muassasalari, bolalar uylari, ta’lim muassasalarini
axborot-uslubiy jihatdan ta’minlash muassasalari, vazirliklar va
idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari, boshqa yordamchi
muassasalarni saqlab turish, shuningdek‚ qonun hujjatlarida
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliya-
lashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimi tadbirlarining xarajatlari;
• respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi
kurashish respublika markazi, Davlat sanitariya-epidemiologiya
nazorati, karantin va o‘ta xavfli infeksiyalar profilaktikasi, ilmiy-
tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining klinikalari, qon quyish
xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi respublika muassasalari, respu-
blika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi boshqa davolash-
profilaktika muassasalari hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab
turish, shuningdek‚ qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining
respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlar
haqini to‘lash xarajatlari;
• qonun hujjatlariga muvofiq ayrim toifadagi fuqarolarga tibbiy
xizmatlar
ko‘rsatilganligi
uchun
respublika
ixtisoslashtirilgan
markazlari xarajatlarining o‘rnini qoplash (subsidiyalar);
• qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning
sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
81
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” 70 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
423
Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlarining yarmidan ko‘prog‘ini
(56,55%) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
xarajatlari tashkil etmoqda. Bu xarajatlarning tarkibida asosiy o‘rinni
maorif (32,65%), sog‘liqni saqlash (11,82%) va oilalarga ijtimoiy
nafaqalar (9,56%) egallamoqda. Umumiy holda esa ana shu uch
guruhdagi xarajatlar Davlat byudjetidan ijtimoiy soha va aholini
ijtimoiy
qo‘llab-quvvatlashga
mo‘ljallangan
mablag‘larning
95,02%ga teng bo‘lmoqda
79
.
Umuman olganda, davlat byudjetining bu guruhga kiruvchi
xarajatlari yosh avlodni tarbiyalash va ularga zamonaviy bilimlarni
berish, milliy xo‘jalik uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali kadrlarni
tayyorlash, aholiga malakali tibbiyot xizmati ko‘rsatish, ijtimoiy
sug‘urta va ijtimoiy ta’minotni yanada yaxshilash, aholini ijtimoiy
jihatdan himoya qilish va uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
masalalariga O‘zbekistonda qanday e’tibor berilayotganligini
yaqqol ko‘rsatmoqda.
Iqtisodiyot xarajatlari va markazlashtirilgan investitsiyalarni
moliyalashtirish
xarajatlari
o‘zlarining
salmog‘iga
ko‘ra
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining xarajatlari tarkibiy
tuzilmasida keyingi o‘rinni egallab, ularning har biriga, mos
ravishda, davlat byudjeti xarajatlarining 11,97% va 7,51% qismlari
to‘g‘ri kelayapti
80
. Bu raqamlar davlat byudjeti mablag‘lari
hisobidan mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlash,
uning tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish va o‘zgartirish, milliy
xo‘jalik sektorlarida iqtisodiy samaradorlikning o‘sishini ta’minlash,
ilmiy-texnika taraqqiyotining o‘sish sur’atlarini tezlashtirish, yagona
texnikaviy siyosatni yurgizishga jiddiy e’tibor berilayotganligidan
darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |