O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan
quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi
76
:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
xarajatlari, shu jumladan:
• maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, maktabdan
tashqari ta’lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash muassasalari, bolalar uylari, ta’lim muassasalarini
axborot-uslubiy jihatdan ta’minlash muassasalari, vazirliklar va
idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari, boshqa yordamchi
muassasalarni saqlab turish, shuningdek‚ qonun hujjatlarida
O‘zbekiston
Respublikasining
respublika
byudjetidan
moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimi tadbirlarining
xarajatlari;
• respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi
kurashish respublika markazi, Davlat sanitariya-epidemiologiya
nazorati, karantin va o‘ta xavfli infeksiyalar profilaktikasi, ilmiy-
tadqiqot institutlari va oliy o‘quv yurtlarining klinikalari, qon quyish
xizmati va sud-tibbiyot ekspertizasi respublika muassasalari, respu-
blika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi boshqa davolash-
profilaktika muassasalari hamda yordamchi tashkilotlarni saqlab
turish, shuningdek‚ qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining
respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlar
haqini to‘lash xarajatlari;
76
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”
70 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
412
boshqaruv xarajatlari deb nomlangan alohida xarajatlar qilinishini
taqozo etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati organlari, sud va
prokuratura
organlari,
fuqarolarning
o‘zini-o‘zi
boshqaruv
organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy
asosini tashkil etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik
qilishga imkon yaratadi.
Boshqa mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar berish
rivojlangan
mamlakatlarning
byudjetlari
hisobidan
amalga
oshiriladi. Bunday yordam faqat iqtisodiy omillar bilan emas, balki
siyosiy
jihatlari
bilan
xarakterlanadi.
Imtiyozli
shartlarda
kreditlashtirish va qaytarilmaydigan tarzda yordam ko‘rsatish uning
ko‘rinishlaridandir.
Davlat byudjetining barcha xarajatlari yuqoridagi beshta
guruhdan qaysi biriga kirishidan qat’iy nazar, ular o‘zlarining ma’lum
aniq maqsadlarga mo‘ljallanganligi bo‘yicha ham bir necha
qismlarga bo‘linadi. Bu qismlar davlat byudjeti xarajatlarining aniq
turlaridan
tarkib
topadi.
Kapital
qo‘yilmalar,
dotatsiyalar,
subventsiyalar, subsidiyalar, davlat byudjeti ssudalari, ish haqi,
ovqatlanish xarajatlari, kapital va joriy remont, kanselyariya va
xo‘jalik xarajatlarini davlat byudjeti xarajatlarining konkret turlari
sifatida ko‘rsatish mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarining ma’lum
aniq maqsadlarga mo‘ljallanganligi bo‘yicha turkumlanishi davlat
byudjeti mablag‘laridan oqilona foydalanishga sharoit yaratadi,
ulardan foydalanish ustidan samarali va ta’sirchan moliyaviy
nazoratni amalga oshirishning zaruriy asosi hisoblanadi.
Davlat byudjeti xarajatlarini iqtisodiy nuqtayi nazardan
turkumlarga ajratilishi bilan bir qatorda tashkiliy jihatdan ham
guruhlarga ajratish mumkin. Buning asosida davlat byudjeti
xarajatlarini
yuqori
tashkilotlar
(vazirliklar,
uyushmalar,
assotsiatsiyalar, birlashmalar, konsernlar, kompaniyalar va h.k.) va
hududiy belgilari yotishi mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarining
yuqori
tashkilotlar
bo‘yicha
guruhlanishi
davlat
byudjeti
mablag‘larini aniq oluvchilarni ko‘rsatadi va ular tarmoq ichida pul
fondlarini shakllantirishda mas’ul bo‘lib, ajratilgan davlat byudjeti
mablag‘laridan o‘z vaqtida, samarali va qonuniy foydalanish ustidan
javobgardirlar.
Davlat byudjeti xarajatlarining hududiy belgiga muvofiq
bo‘linishi ularning markazlashuvini turli darajalarini o‘zida aks
ettiradi. Shu munosabat bilan, davlat boshqaruvi darajasi va yuridik
405
Do'stlaringiz bilan baham: |