Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
• Davlat byudjeti daromadlari deb nimaga aytiladi?
• Nima uchun davlat byudjeti daromadlari oraliq xarakteriga
ega?
• Davlat byudjeti daromadlari nima uchun zarur?
• Davlat byudjeti daromadlari qanday jarayonda vujudga
keladigan iqtisodiy munosabatlarni o‘zida ifoda etadi?
• Davlat byudjeti daromadlari qanday organlarning ixtiyoriga
kelib tushadi?
• Mamlakatlarning davlat tuzilishiga bog‘liq ravishda davlat
byudjeti daromadlari bir-biridan qanday farq qiladi?
• Miqdoriy jihatdan qaysi tushuncha katta: davlat
daromadlarimi yoki davlat byudjeti daromadlari? Nima uchun?
• Davlat byudjeti daromadlarining moddiy-buyumlashgan
shaklini nimalar tashkil etadi?
• Davlat byudjeti daromadlarining asosiy moddiy manbaini nima
tashkil etadi?
• Davlatning ehtiyojlarini qondirishga milliy boylik ham jalb
etilishi mumkinmi? Qanday hollarda?
• Milliy daromadning muayyan qismini davlat ixtiyoriga o‘tkazish
qanday usullar yordamida amalga oshiriladi?
• Davlat kreditiga qanday holatlar inobatga olingan holda
murojaat qilinadi?
• Davlat kreditini olishning qanday ikki yo‘li mavjud?
• Qanday vaziyatlarda davlat qog‘oz pullar emissiyasiga
murojaat qiladi?
• Davlat byudjeti daromadlari kategoriyasining namoyon
bo‘lish shakllari nimalardan iborat?
• Miqdoriy jihatdan davlat byudjetining daromadlari o‘zida
nimani ifodalaydi?
• Davlat byudjeti daromadlarining absolyut hajmi va salmog‘i
qanday omillarga bog‘liq?
• Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayonining
asosiy prinsiplarini bilasizmi?
• Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliqlar
yordamida byudjetga undirilishi tufayli bu jarayonda ularga
nisbatan qanday prinsiplardan foydalaniladi?
402
• Davlat byudjeti daromadlari qanday mezonlar asosida
tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin?
• Davlat byudjeti daromadlari o‘zlarining manbalariga ko‘ra
qanday guruhlarga bo‘linadi?
• Davlat byudjetining soliq daromadlari tarkibini aytib bering.
• Davlat byudjetining soliq xarakteriga ega bo‘lmagan daromad-
lari tarkibiga nimalar kiradi?
• Tushumlarning qanday turlari (ko‘rinishlari) davlat byudjeti
daromadlarining tarkibiga olinishi mumkin?
• Amaliyotda davlat byudjetining daromadlari qanday tartibda
tasniflanayapti (klassifikatsiya qilinayapti)?
• To‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlarning tarkibini aytib
bering.
• O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko‘ra davlat byudjeti
daromadlari qanday guruhlarga bo‘linishi mumkin?
• Mulkchilik shakliga ko‘ra davlat byudjeti daromadlari qanday
ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin?
• Yuridik nuqtayi nazardan, davlat byudjeti daromadlari qanday
guruhlardan tashkil topadi?
• Davlat byudjeti daromadlariga qanday daromadlar kiritiladi?
• O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti qanday
daromadlarni o‘z tarkibiga oladi?
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy
byudjetlar
daromadlari
qanday
daromadlar
hisobidan
shakllantirilishi mumkin?
• Byudjetlarning barcha daromadlari u yoki bu byudjetlarga
biriktirilishiga qarab, qanday guruhlarga bo‘linishi mumkin?
• Davlat byudjeti daromadlari qay tarzda (shaklda) jalb qilinishi
mumkin?
• Qanday metodlarni qo‘llash evaziga subyektlarning
daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga olinayapti?
• Hozir davlat byudjeti daromadlarining tarkibi nimalardan
iborat va uning tuzilmasi qanday?
• Milliy iqtisodiyotda qo‘llanilayotgan davlat byudjeti
daromadlari tizimining samaradorligi bevosita qanday omillarga
bog‘liq va u o‘z ichiga nimalarni oladi?
• “Davlat byudjeti daromadlari” va “Davlat daromadlari”
tushunchalari o‘rtasiga tenglik belgisini qo‘yish mumkinmi?
• Soliqning ta’rifi qanday?
• Soliqlarning ijtimoiy mazmunini bilasizmi?
415
toifadagi shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va
kompensatsiyalarni
to‘lash
xarajatlari
jamoat
ishlarini
moliyalashtirish;
2) davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
3) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
• qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi respublika nazorat
organlarining xarajatlari, suv, qishloq, o‘rmon xo‘jaligi xarajatlari,
qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish
muassasalarining xizmatlariga haq to‘lash va ularni saqlab turish
xarajatlari;
• hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini moliyaviy
qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
• qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan
to‘lanadigan yagona yer solig‘i bo‘yicha tushumlarga muvofiq
byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar va O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash jamg‘armasining har yili tasdiqlanadigan asosiy
parametrlari doirasida byudjetdan ajratiladigan maqsadli mablag‘lar;
• qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika
byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan standartlashtirish va
sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr,
shuningdek‚ geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini
yuritish xarajatlari, chegaradosh davlatlarga haq evaziga yerdan
foydalanish to‘lovi, gidrometeorologiya xizmati muassasalarini
saqlab turish xarajatlari;
• atrof-muhit va landshaftning muhofaza qilinishini, biologik
xilma-xillikning himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlar;
• «Sof ichimlik suvi» jamg‘armasi orqali ichimlik suvi bilan
ta’minlash tizimini rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlar.
4) respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari
buyurtmachi
bo‘lgan
markazlashtirilgan
investitsiyalarni
moliyalashtirish xarajatlari;
5) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va
prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari, shu jumladan:
• O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarini;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonini;
414
• qonun hujjatlariga muvofiq ayrim toifadagi fuqarolarga tibbiy
xizmatlar
ko‘rsatilganligi
uchun
respublika
ixtisoslashtirilgan
markazlari xarajatlarining o‘rnini qoplash (subsidiyalar);
• qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning
sog‘lig‘ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
• respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi madaniyat,
jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, tele- va
radiodasturlar yaratish hamda ularni tarqatishga doir xizmatlar
ta’minoti va ularga haq to‘lash, hukumatning alohida qarorlariga
ko‘ra ommaviy axborot vositalarini saqlab turish, kino- va
videomahsulotlar
yaratish,
madaniy
meros
obyektlarida
restavratsiya ishlarini bajarish, tasdiqlangan kalendar rejalarga
muvofiq madaniyat va sportni rivojlantirish bo‘yicha qonun
hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan
moliyalashtirilishi nazarda tutilgan maqsadli tadbirlar xarajatlari;
• fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining
davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida grantlar bo‘yicha amalga
oshiriladigan ilmiy-texnik loyihalar, noyob ilmiy obyektlarni va fanga
xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarni saqlab turish, ilmiy loyihalar
ekspertizasini o‘tkazish hamda qonun hujjatlariga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti hisobidan amalga
oshiriladigan fanga doir alohida tadbirlar xarajatlari;
• davlat arxivlarini saqlab turish xarajatlari;
• respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda
mehnat faxriylari uchun pansionatlar va sanatoriylarni, aholini
ijtimoiy muhofaza qilish muassasalarini saqlab turish, shuningdek‚
qonun
hujjatlarida
O‘zbekiston
Respublikasining
respublika
byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan, aholini ijtimoiy
muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
• davlat mukofotlari, davlat pul mukofotlari bilan taqdirlanganligi
munosabati bilan bir yo‘la beriladigan davlat pul mukofotlari va
mukofotlarini to‘lash xarajatlari;
• bolalikdan nogironlarga va bola tug‘ilganda beriladigan
nafaqalarni, qonun
hujjatlarida
ayrim toifadagi shaxslarga
belgilangan kompensatsiyalarni to‘lash uchun vakolatli organga
mablag‘lar ajratish xarajatlari;
• Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan
shaxslarni va radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan
pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ayrim
403
• Soliqlarning moddiy asosini nimalar tashkil etadi?
• Soliqlar qanday xarakterli belgilarga ega?
• Soliqlar qanday funksiyalarni bajaradi?
• Soliqlarning fiskal funksiyasining mazmunini nimada?
• Soliqlarning tartibga solish (rag‘batlantirish) funksiyasiga
xarakteristika bering.
• Soliqlarning asosiy elementlari tarkibini aytib bering.
• Soliq subyekti nima?
• Soliq obyektini tushuntirib bering.
• Soliq manbai tarkibini aytib bering.
• Soliqqa tortish birligi qanday ataladi?
• Soliq stavkasi nima va uning qanday ko‘rinishlari bo‘lishi
mumkin?
• Soliq imtiyozlari deyilganda nimalar tushuniladi?
• Soliqqa tortiladigan baza (asos, negiz) nima?
• Soliq okladi deyilganda nima nazarda tutiladi?
• Soliq tizimi tushunchasini tushuntirib bering.
• Soliq mexanizmining ta’rifini aytib bering.
• Unitar davlatlarda soliq tizimi o‘z ichiga qanday soliqlarni
oladi?
• Federativ davlatlarda soliq tizimi necha bo‘g‘indan tarkib
topadi?
• Byudjetga tushumlarning katta qismini ta’minlaydigan qanday
asosiy soliqlar davlat byudjetiga biriktiriladi?
• Zamonaviy soliq tizimining vazifalarini aytib bering.
• O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi qanday belgilar
bilan xarakterlanadi?
• Soliqqa tortish jarayonlari bilan tartibga solinadigan soliq
tizimining asosiy prinsiplarini aytib bering.
• Sizningcha, hozirgi sharoitda soliq tizimida qanday
nuqsonlar bor?
• Yangi sharoitda soliq islohotlarini amalga oshirish bo‘yicha
davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini tushuntirib bering.
• Mamlakatning soliq tizimi qanday belgilar va omillarga
muvofiq tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi)?
• Soliqqa tortishning obyekti hamda soliq to‘lovchi va davlat
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga bog‘liq ravishda soliqlar
qanday guruhlarga bo‘linadi?
• Nega soliqlarning bir guruhi to‘g‘ri (bevosita) va ikkinchi
guruhi esa egri (bilvosita) soliqlar deb yuritiladi?
404
• Qanday soliqlar to‘g‘ri (bevosita) soliqlarning tarkibiga
kiradi?
• Egri (bilvosita) soliqlarning tarkibi nimalardan iborat?
• Foydalanilishi bo‘yicha soliqlar qanday soliqlardan iborat
bo‘lishi mumkin?
• Yig‘ilishi va tegishliligi qaysi organga bog‘liqligiga qarab,
soliqlar qanday soliqlarga bo‘linadi?
• Umumdavlat soliqlari nima va ularning tarkibiga qanday
soliqlar kiradi?
• Qo‘shilgan qiymat solig‘i deganda nima tushuniladi?
• Boshqa soliqlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘i qanday
afzalliklarga ega?
• Kimlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar hisoblanadi?
• Qo‘shilgan qiymat solig‘i orqali soliqqa tortishda qanday soliq
imtiyozlari ko‘zda tutiladi?
• Odatda, qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashning qanday
muddatlari belgilanishi mumkin?
• Aksiz solig‘i nima va qanday mahsulotlarga aksiz solig‘i
solinadi?
• Korxona va tashkilotlarning daromadi (foydasi)dan
olinadigan soliqning ahamiyati nimadan iborat va kimlar uning
to‘lovchilari hisoblanadi?
• Korxona va tashkilotlarning daromadi (foydasi)dan
olinadigan soliq uchun soliqqa tortish obyekti bo‘lib nima xizmat
qiladi va uning tarkibi qanday elementlardan tashkil topgan?
• Korxonalarga tegishli bo‘lgan daromad (foyda)ni soliqqa
tortishda qanday soliq imtiyozlari beriladi va soliqni hisoblashda
soliqqa tortiladigan baza qanday summalarga kamaytiriladi?
• Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i qanday
o‘rnatilgan progressiv stavkalarda undiriladi va bu soliq yordamida
soliqqa tortishning qanday ikki tizimi mavjud?
• Kimlar bu soliqning to‘lovchilari hisoblanadi va u qanday
shakllarda to‘lanishi mumkin?
• Mahalliy soliqlar va yig‘imlar nima va ularning tarkibi qanday?
• Davlat hokimiyati organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish
organlari vakolatiga, o‘zlarining fiskal ahamiyatiga va amal qilish
davriga qarab mahalliy soliq va yig‘imlar qanday guruhlarga bo‘linadi
va ular har birining tarkibi qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |