17.4. Umumdavlat soliqlari
Soliq qonunchiligiga muvofiq ravishda o‘rnatiladigan va
mamlakatning barcha hududlarida undiriladigan soliqlar
umumdavlat soliqlari deyiladi. Ularning tarkibiga quyidagilar
kirishi mumkin:
• qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS);
• aksizlar;
• korxonalarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq;
• jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
• bojxona bojlari;
393
• va boshqalar.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hozirgi davr soliq tizimida
eng muhim soliqlardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda uning
hisobidan davlat byudjeti daromadlarining 25-30% tashkil
topmoqda. QQS fiskal nuqtayi nazardan eng samarali soliq
hisoblanadi. Uni joriy etuvchi mamlakat birdaniga juda katta
miqdordagi daromadni byudjetga olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bu soliq mamlakatimizda 1992-yilning 1-yanvaridan joriy etilgan
bo‘lib, u xorijda o‘tgan asrning 50-yillaridanoq mavjud edi.
Ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra QQS ishlab chiqarilgan
mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatning barcha
bosqichlarida yaratilgan qiymat o‘sganining bir qismini mahsulot
(ish, xizmat)ning sotilishiga muvofiq ravishda byudjetga olinish
shakli bo‘lib hisoblanadi. U realizatsiya qilingan mahsulotlar
(bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) qiymati bilan ishlab
chiqarish va muomala xarajatlarining tarkibiga kiritilgan moddiy
xarajatlarning qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Bu soliq
yordamida mahsulotning barcha aylanmasi emas, balki qiymatning
ortgan qismi soliqqa tortiladi. Qo‘shilgan qiymat deyilganda
korxona ishchi-xodimlariga to‘lanadigan mehnat haqi (ajratma
tariqasida hisoblangan summalar bilan birgalikda) va yalpi
foydaning yig‘indisi tushuniladi.
QQS baholarni shakllantiruvchi omil hisoblanadi. Uning miqdoriga
mos ravishda mahsulotlarning bahosi avtomatik ravishda ortadi.
Sobiq
SSSRda
1930-1932-yillarda
o‘tkazilgan
soliq
islohotlariga muvofiq ravishda joriy etilgan oborot solig‘i va
baholar ustidan qattiq davlat nazorati bo‘lgan bir paytdagidan va
1991-yilning 1-yanvaridan kiritilgan sotuvdan olinadigan soliqdan
farqli o‘laroq QQS bir necha muhim afzalliklarga ega.
Afzalliklarning ba’zi birlari quyidagilardan iborat:
• QQS oborot solig‘iga nisbatan samaraliroq hisoblanadi. Chunki
u tovar aylanmasining barcha bosqichlarini qamrab oladi. Shunga
muvofiq ravishda soliqqa tortiladigan baza kengayib, byudjetga
tushumlar ortishi mumkin;
• alohida olingan ishlab chiqaruvchi uchun bu soliq nisbatan
kamroq og‘irlik yuklaydi. Chunki bunda soliqqa tortishga butun
tovar aylanmasi emas, balki qiymat o‘suvining bir qismi jalb
qilinadi va uning og‘irligi ishlab chiqarish va muomalaning butun
zanjiri
bo‘ylab
taqsimlanadi.
Buning
natijasida
bozor
416
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini;
• O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini;
• O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini;
• O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari
bo‘yicha vakili (ombudsman) kotibiyatini;
• qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika
byudjeti mablag‘laridan saqlab turilishi nazarda tutilgan davlat
boshqaruvi organlarini;
• O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi muassasalarini
saqlab turish xarajatlari;
• adliya va prokuratura organlarini.
6) sudlarni saqlab turish xarajatlari;
7) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira
jamg‘armasini shakllantirish xarajatlari;
8) boshqa xarajatlar:
• siyosiy partiyalarga ularning ustavida belgilangan faoliyatini
moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lar;
• qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo‘shilgan qiymat
solig‘ining o‘rnini qoplash;
• O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchi bo‘lgan xalqaro
tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash va ularni moliyalashtirishda
ishtirok etish xarajatlari;
• davlat qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va O‘zbekiston
Respublikasining kafolatlangan majburiyatlarini bajarish bilan
bog‘liq xarajatlar;
• davlat buyurtmasi bo‘yicha statistika ishlariga haq to‘lash;
• O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
saylovlar va referendumlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni
o‘tkazish bo‘yicha xarajatlari, shu jumladan okrug va uchastka
saylov komissiyalarini, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish;
• xo‘jalik jamiyatlaridagi davlat ulushini boshqarish bo‘yicha
davlat ishonchli vakillarining xizmatlariga haq to‘lash;
• davlat zaxiralari va strategik zaxiralarni vujudga keltirish,
saqlab va yangilab turish bilan bog‘liq xarajatlar;
• mudofaaga, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga,
bojxona organlariga ajratiladigan mablag‘lar, shu jumladan harbiy
xizmatni, ichki ishlar organlarida, bojxona organlarida xizmatni
o‘tagan shaxslar hamda ularning oilalariga pensiyalar va nafaqalar
401
Do'stlaringiz bilan baham: |