398
(foyda)larning tarkibiga boshqa korxonalarning faoliyatiga hissali
ishtirok etishdan, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromad
(foyda)lar hamda mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan
bevosita bog‘liq bo‘lmagan operatsiyalardan olingan boshqa
daromad (foyda)lar kiradi.
Korxonalarga tegishli bo‘lgan daromad (foyda)ni soliqqa
tortishda soliq imtiyozlari muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb
etadi. Shu munosabat bilan soliqni hisoblashda soliqqa
tortiladigan baza quyidagi summalarga kamaytiriladi:
• ishlab chiqarish maqsadlariga mo‘ljallangan kapital
qo‘yilmalarni moliyalashtirishga, xuddi shu maqsadlar uchun
olingan va foydalanilgan bank kreditlarini qaytarishga (foizlarini
ham qo‘shgan holda) yo‘naltirilgan daromad (foyda)ning
summasiga;
• iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari uchun uy-joy
qurilishini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan daromad (foyda)ning
summasiga;
• mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan
tasdiqlangan normativlarga muvofiq ravishda ijtimoiy-madaniy
soha obyektlari va uy-joy fondini saqlashga yo‘naltirilgan
korxonalarning haqiqiy xarajatlari summasiga;
• xayriya fondlariga badallar summasi va boshqalarga.
Korxonalarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliqning
stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli yil uchun
asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat byudjetining asosiy
parametrlari to‘g‘risidagi Qarorlariga muvofiq o‘rnatiladi. Bu soliq
joriy etilgan dastlabki yilda uning stavkasi 38% darajasida
belgilangan bo‘lsa, uning darajasi 2007-yilda 10% ga teng bo‘lgan.
2019-yilda esa uning darajasi 12,0% qilib belgilangandir (tijorat
banklari uchun esa 20% darajasida).
Soliqning summasi soliq to‘lovchilar tomonidan buxgalteriya
hisoboti ma’lumotlari asosida (yil boshiga nisbatan o‘sib borish
tartibida), mustaqil ravishda aniqlanadi. U byudjetga soliq to‘lovchi
tomonidan choraklik hisob-kitoblar bo‘yicha choraklik buxgalteriya
hisobotini taqdim etish muddati uchun belgilangan kundan besh
kunlik muddatda, yillik hisob-kitoblar bo‘yicha esa yillik
buxgalteriya hisoboti va balansini taqdim etish muddati uchun
belgilangan kundan o‘n kunlik muddatda o‘tkaziladi. Chorak
davomida bu soliqni to‘lovchilar har oyning 15-kunidan
kechiktirmasdan choraklik soliq summasining 1/3 qismi miqdorida
avans to‘lovlarini amalga oshirishlari kerak.
387
soliq imtiyozlarini kengaytirish va soliq stavkalarini pasaytirish
evaziga qo‘lga kiritilayapti.
Soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksizlar o‘ziga xos
o‘ringa ega. Qo‘shilgan qiymat solig‘i Yevropa Ittifoqining barcha
mamlakatlarida amal qiladi. Yetakchi xorijiy mamlakatlardan faqat
AQSh va Yaponiyada bu soliq qo‘llanilmaydi.
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda bojxona bojlari
ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular tovarlar eksporti va
importida olinadigan soliqlardir. Keyingi yillarda dunyo xo‘jalik
hayotining globallashuvi va xalqaro mehnat taqsimotining yanada
rivojlanishi natijasida bojxona bojlarining davlat byudjeti daro-
madlarini shakllantirish manbai sifatidagi roli ham birmuncha
pasayib bormoqda. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar
byudjetlari daromadlarining o‘rtacha 1-4% shu soliq hisobidan
tarkib topayapti.
Davlat fiskal monopoliyalari yoki fiskal monopol soliqlarda davlat
ommaviy iste’molga ega bo‘lgan qandaydir bir mahsulotni (aroq,
sigareta va shunga o‘xshashlar) ishlab chiqarish va uni sotish
ustidan monopoliya o‘rnatadi va o‘rnatilgan monopol bahodan
tadbirkorlik daromadi bilan bir qatorda yirik soliqlar ham undiradi.
Davlat byudjetiga kelib tushadigan fiskal monopol soliqlar Fransiya,
Italiya, GFR va Yaponiya kabi mamlakatlarda qo‘llaniladi.
Mahalliy byudjetlarga fiskal nuqtayi nazaridan yyetarli
darajada samarali bo‘lmagan va ikkinchi darajali ahamiyat kasb
etuvchi soliqlar biriktiriladi. Mahalliy byudjetlarning ixtiyoriga kelib
tushadigan soliqlarning asosiysi mol-mulk solig‘idir.
Federativ tuzilishga ega bo‘lgan davlatlarda federatsiya
a’zolari byudjetlarining daromadlariga tegishli bo‘lgan masala
turlicha hal qilingan. Masalan, AQShda shtatlarning byudjetlari
egri (bilvosita) soliqlarga tayangan bo‘lib, ularning orasida
sotuvdan olinadigan soliq asosiy o‘rin tutadi. GFRda esa aholidan
olinadigan daromad solig‘i va korporatsiyalar foydasidan
olinadigan soliq bo‘yicha tushumlar ma’lum foizlarda federal va
yer byudjetlari o‘rtasida bo‘linadi. Juda ko‘p mamlakatlarda
mahalliy byudjetlarga yo‘naltiriladigan soliqlarga nisbatan ustamalar
(qo‘shilmalar) qo‘llash amaliyoti joriy etilgan.
Shunday
bo‘lishiga
qaramasdan
mahalliy
hokimiyat
organlarining o‘z funksiyalarini to‘liq amalga oshirishlari uchun
soliqlar, aksariyat hollarda, yetarli emas. Shu sababli mahalliy
388
byudjetlarga yuqori byudjetdan dotatsiya, subvensiya, subsidiya,
kredit va boshqa shakllarda mablag‘lar yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston hududida qirqdan ortiq soliq va yig‘imlar undiriladi.
Ular sonining ko‘pligi xilma-xil vazifalarni hal qilish va turli-tuman
funksiyalarni bajarish imkonini bersa-da, bir vaqtning o‘zida bu
holat, ularni undirish bo‘yicha xarajatlarning ortishiga olib keladi
va soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga sharoit yaratadi.
Zamonaviy soliq tizimi quyidagi vazifalarni bajarishi kerak bo‘ladi:
1) davlat byudjeti daromadlarini to‘liq va o‘z vaqtida jalb
qilinishini ta’minlash. Aks holda, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy
siyosatini amalga oshirish mumkin emas;
2) yoppasiga va xo‘jalik yuritishning alohida sohalari bo‘yicha
ishlab chiqarish va iste’molni tartibga solish uchun sharoit yaratish.
Bunda aholining turli guruhlari daromadlarini shakllantirish va qayta
taqsimlashning o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi quyidagi belgilar
bilan xarakterlanadi:
• huquqiy asosga egaligi va nisbatan bo‘lsa-da, barqarorligi
(soliqlar va soliqqa tortishning barcha masalalariga nisbatan emas);
daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liq barcha
iqtisodiy munosabatlarga kirib boradi. Barcha soliqlar va
yig‘imlarni joriy etish va ularni bekor qilish faqat davlat hokimiyati
organlari tomonidan amalga oshiriladi;
• soliqlarni hisoblash va undirishning yagona prinsiplari va
mexanizmi. Barcha soliqlar va yig‘imlar ustidan yagona nazorat
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi
organlari tomonidan amalga oshiriladi;
• yangi soliqlarning joriy qilinganligi (qo‘shilgan qiymat solig‘i
va boshqalar) hamda soliq imtiyozlari va oldin amal qilgan soliqlar
bazasini hisoblash tartibida keskin o‘zgarishlarning sodir
etilganligi;
• soliq kalendariga muvofiq qonunchilik yo‘li bilan soliqlarni
to‘lashda aniq ketma-ketlik o‘rnatilganligi. Masalan, yuridik
shaxslar birinchi navbatda umumdavlat soliqlarini, undan keyin
esa mahalliy soliqlar va yig‘imlarni to‘lashadi;
• barcha soliq to‘lovchilarga nisbatan teng talablarning
qo‘llanilishi va soliqlar ro‘yxatini aniqlash, stavkalarni unifikatsiya
qilish, imtiyozlar va ularni taqdim etish mexanizmini tartibga solish
hamda mablag‘lardan foydalanish huquqiga aralashmaslik yo‘li
397
Aksiz solig‘i byudjetga oyning aksiz to‘lanadigan mahsulot
sotilgan 10 kunligi tugaganidan keyin (agar qonun hujjatlarida
boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa) uch kundan
kechiktirmay o‘tkazilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: