Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i. Bu soliq 

jismoniy  shaxslardan  undiriladigan  soliqlarning  asosiysidir. 

Odatda,  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig‘i 

murakkab  progressiya  prinsipi  bo‘yicha  o‘rnatilgan  progressiv 

stavkalarda  undiriladi.  Bu  soliq  yordamida  soliqqa  tortishning  ikki 

tizimi mavjud: 

1)  shedulyar  yoki  inglizcha  tizim.  Bunday  tizim  uzoq  davr 

mobaynida  Buyuk  Britaniya  va  dunyoning  boshqa  mamlakatlarida 

qo‘llanilib  kelinayapti.  U  soliq  to‘lovchi  daromadining  jami  bo‘yicha 

emas,  balki  uning  qismlari  bo‘yicha  daromad  manbaida  amalga 

oshiriladi; 

2) global tizim. Bunda daromad solig‘i orqali soliqqa tortish soliq 

to‘lovchining  jami  daromadi  bo‘yicha  amalga  oshiriladi  va  u  G‘arb 

mamlakatlarida asosiy usul hisoblanadi.  

Ba’zi  hollarda  daromad  solig‘i  orqali  jismoniy  shaxslarning 

daromadlari  soliqqa  tortilayotganda  soliqqa  tortilmaslik  minimumi 

qo‘llaniladi  va  uning  miqdori  qonunchilikka  muvofiq  ravishda 

o‘rnatiladi. 

Moliya  yilida  soliq  solinadigan  daromadga  ega  bo‘lgan 

jismoniy shaxslar bu soliqning to‘lovchilari hisoblanadi. U quyidagi 

shakllarda to‘lanishi mumkin: 

•  daromad manbaidan, ya’ni asosiy ish joyidan va boshqa ish 

beruvchilardan; 

•  agar daromad bir necha manba hisobidan olinsa va qonuniy 

tarzda  belgilangan  daromadning  yillik  summasidan  oshsa, 

daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya ko‘rinishida; 

•  tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadni soliqqa tortish 

shaklida. 

Jami  yillik  daromad  bilan  qonunda  belgilangan  chegirmalar 

o‘rtasidagi  farq  sifatida  hisoblangan  soliq  solinadigan  daromad 

soliqqa  tortish  obyektidir.  Jismoniy  shaxslarning  jami  yillik 

daromadiga  soliq  to‘lovchi  olishi  lozim  bo‘lgan  (olgan)  yoki  tekinga 

olgan  pul  yoki  boshqa  mablag‘lar,  shu  jumladan,  mehnatga  haq 

to‘lash  shaklida  olinadigan  daromadlar, jismoniy  shaxslarning  mulkiy 

daromadi va tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromadi kiradi. 

 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish