17.2. Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilishi va
ularning klassifikatsiyasi
Davlat byudjeti daromadlari o‘zlarining manbalari, ijtimoiy-
iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to‘lovlarning turi,
mablag‘larning tushish shakli, ularni byudjetga undirish metodlari
va hokazolarga muvofiq tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi)
mumkin.
Davlat byudjeti daromadlari o‘z manbalariga ko‘ra quyidagi
guruhlarga bo‘linadi:
• soliq shaklidagi daromadlar;
• soliq bo‘lmagan daromadlar;
• tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o‘tkaziladigan pul
mablag‘lari.
Davlat byudjetining soliq shaklida oladigan daromadlari tarkibi
mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va
yig‘imlari, mahalliy soliqlar va yig‘imlar, bojxona bojlari, boj
yig‘imlari va boshqa boj to‘lovlari, davlat boji, penya va
jarimalardan iborat.
Soliq bo‘lmagan daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
• davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar
va yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va
yig‘imlardan so‘ng);
• davlat byudjeti tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan to‘lovli
xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risidagi
qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng);
• fuqarolik-huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo‘llash
natijasida olingan mablag‘lar, jumladan, jarimalar, musodaralar,
kompensatsiyalar va davlat subyektlariga yyetkazilgan zararlarni
tiklash bo‘yicha olingan mablag‘lar va majburiy undirilgan boshqa
mablag‘lar;
• moliyaviy yordam ko‘rinishidagi daromadlar (davlat byudjeti
ssudalari va davlat byudjeti kreditlaridan tashqari);
374
• soliq xarakteriga ega bo‘lmagan boshqa daromadlar.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibida tushumlarning
quyidagi ko‘rinishlari ham hisobga olinishi mumkin:
• davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida
ijara haqi yoki boshqa ko‘rinishda olinadigan mablag‘lar;
• kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda davlat byudjeti mab-
lag‘larining qoldig‘i bo‘yicha foizlar ko‘rinishida olinadigan mablag‘lar;
• davlatga tegishli mol-mulkni garovga yoki ishonchli
boshqaruvga berishdan olinadigan mablag‘lar;
• qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy
davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan davlat
byudjeti mablag‘laridan foydalanganlik uchun haq;
• davlatga qisman tegishli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari ustav
kapitalining hissasiga yoki aksiyalar bo‘yicha dividendlarga to‘g‘ri
keladigan foyda ko‘rinishidagi daromadlar;
• davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va
yig‘imlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va
yig‘imlardan so‘ng);
• davlatga tegishli bo‘lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida
olinadigan qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa daromadlar.
Davlat byudjetining daromadlar qismini to‘ldirishning manba-
laridan biri davlat byudjeti tizimida boshqa darajada turgan
byudjetdan dotatsiyalar, subvensiyalar va subsidiyalar yoki
mablag‘larni qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida
olinadigan moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar
mablag‘larni oluvchi davlat byudjetining daromadlarida o‘z ifodasini
topishi kerak. Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar
va xorijiy davlatlar hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklan-
maydigan shaklda o‘tkazilayotgan mablag‘lar ham davlat byudjetining
shunday daromadlari tarkibiga kiradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Davlat byud-
jetining
daromadlari
quyidagi
manbalar
hisobidan
shakllantirilmoqda
72
• soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
• davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va
sotishdan olingan daromadlar;
72
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”ning
50-moddasi. - T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
379
Soliq usul uchun mablag‘larning davlat byudjeti foydasiga aniq
belgilangan miqdorlarda va oldindan o‘rnatilgan muddatlarda
undirilishi xarakterlidir. Soliqlarning undirilishi mamlakat yalpi ichki
(milliy) mahsuloti va milliy daromadining taqsimlanishi va qayta
taqsimlanishi bilan bog‘liq. Ular yordamida xo‘jalik yurituvchi
subyektlar va aholiga tegishli bo‘lgan mablag‘larning bir qismi
davlat ixtiyoriga o‘tkaziladi. Soliqlarning tarkibiga qo‘shilgan qiymat
solig‘i, aksizlar, daromad (foyda) solig‘i, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i
va boshqalar kiradi.
Soliq xarakteriga ega bo‘lmagan daromadlar davlatga tegishli
bo‘lgan korxona va tashkilotlardan olinadigan to‘lovlardir.
Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarilishi talab etilmaydigan
mablag‘lar ham davlat byudjetining daromadlari bo‘lishi mumkin.
Biroq ayrim to‘lovlar davlatning ixtiyoriga vaqtinchalik foydanish
uchun o‘tkazilishi ham mumkin. Bunday holda davlat olingan
mablag‘larni
sarf
etsa-da,
bu
mablag‘larni
belgilangan
muddatlarda va to‘liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday
davlat byudjeti daromadlarining ko‘rinishlaridan biri davlat
obligatsiyalarini sotishdan olingan tushumlar hisoblanadi. Davlat
byudjeti daromadlariga ular shartli ravishda, faqat shu yilning
byudjeti daromadlari nuqtayi nazaridan kiritilishi mumkin.
Byudjetlarning barcha daromadlari u yoki bu byudjetlarga
biriktirilishiga qarab ikkiga bo‘linishi mumkin:
1) davlat byudjetining o‘z daromadlari;
2) davlat byudjetining tartibga keltiruvchi daromadlari.
Mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq doimiy asosda tegishli
byudjetga to‘liq yoki qisman biriktirilgan daromadlar davlat
byudjetining o‘z daromadlari deyiladi. Ularga tegishli byudjetlarga
biriktirilgan soliqlar va soliq xarakeriga ega bo‘lmagan daromadlar
kiradi.
Navbatdagi moliyaviy yil (yoki uzoq muddatli davr asosida,
odatda 3 yildan kam bo‘lmagan holda) uchun boshqa darajadagi
byudjetlarga ajratmalar normativi o‘rnatiladigan soliqlar va boshqa
to‘lovlar davlat byudjetining tartibga keltiruvchi daromadlari
deyiladi.
Davlat byudjeti daromadlarining deyarli barchasi sarflanish
nuqtayi nazaridan oldindan mo‘ljallangan maqsadlarga ega emas.
Ular umumiy fondga tushiriladi va ulardan odatdagi moliyalashtirish
tartibida foydalaniladi. Davlat byudjeti daromadlarining faqat ba’zi
378
Masalan, davlat xo‘jaliklaridan olinadigan daromadlarga davlat
korxona va tashkilotlarining to‘lovlari, davlat mulkini sotishdan
olinadigan
daromadlar,
davlat
tashkilotlari
tomonidan
ko‘rsatiladigan
xizmatlardan
olinadigan
daromadlar
kiradi.
Aholidan byudjetga kelib tushadigan mablag‘lar esa soliqlar va
boshqa ixtiyoriy to‘lovlardan iborat bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida,
har bir kichik guruhlarga biriktirilgan davlat byudjeti daromadlari
tushumlarning alohida turidan iborat. Masalan, davlat korxonalari
tomonidan byudjetga o‘tkaziladigan daromadlarning tarkibiga
qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, daromad (foyda) solig‘i va
boshqalar kiradi. Shuningdek, davlat mulkidan olinadigan
daromadlar tarkibi bojxona daromadlaridan, egasiz va musodara
qilingan mol-mulkni, talab qilib olinmagan yuklar va pochta
jo‘natmalarini, meros huquqi bo‘yicha davlatga o‘tgan mol-mulklarni
sotishdan olingan tushumlardan iborat. Davlat tashkilotlari va
muassasalari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olingan
daromadlarga
yo‘l
harakati
xavfsizligi
xizmati
tomonidan
undiriladigan yig‘imlar, tovar belgilarini qayd etganlik uchun
yig‘imlar, o‘lchov asboblarini davlat tekshiruvidan o‘tkazilganligi
uchun haq, sud va arbitraj organlari hamda notarial idoralari
tomonidan aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan haq va
boshqalar kiradi.
Davlat byudjeti daromadlari majburiy
yoki ixtiyoriy tarzda
jalb qilinishi mumkin. Daromadlarni majburiy shaklda jalb qilish
hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ixtiyoriy shakldagi to‘lovlarga davlat
obligatsiyalarini va pul-buyum lotereyalarini sotishdan olingan
tushumlar kiradi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi
majburiylik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ma’lum bir
mablag‘lar
belgilangan
muddatlarda
byudjetga
o‘tkazilishi
zarurligini anglatadi. U yoki bu to‘lovni qonun tomonidan majburiy
deb e’tirof etilishi to‘lanmagan summalarning majburiy undirilishini
ko‘zda tutadi. Bu holat davlat byudjetining ijrosi uchun juda katta
ahamiyatga ega bo‘lib, mablag‘larni to‘liq va o‘z vaqtida byudjetga
jalb etishga xizmat qiladi.
Subyektlarning daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga ikki xil
usulni qo‘llash evaziga olinishi mumkin:
1) soliq usulida;
2) soliq bo‘lmagan usulda.
375
• meros, hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul
mablag‘lari;
• yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek‚ chet
davlatlardan tushadigan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
• rezident-yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti ssuda-
larini va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to‘lash
hisobidan to‘lovlar;
• qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan
shakllantiriladi.
O‘zbekiston
Respublikasining
respublika
byudjeti
daromadlari
73
quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda:
1) umumdavlat soliqlari, shu jumladan:
• yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
• yagona soliq to‘lovi;
• jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
• qo‘shilgan qiymat solig‘i;
• aksiz solig‘i;
• yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq.
2) bojxona bojlari;
3) qo‘shimcha foyda solig‘i;
4) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo‘yicha foyda
keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi;
5) boshqa daromadlar.
Boshqa daromadlarga imzoli bonus va tijoratbop topilma
bonusi to‘lanishidan tushgan tushumlar, qonun hujjatlariga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga
yo‘naltiriladigan
davlat
bojlari,
yig‘imlar,
tovon
pullari,
kompensatsiya to‘lovlari jarima sanksiyalari va davlat daromadiga
o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar,
davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan
belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar, meros,
hadya huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tkazilgan pul mablag‘lari,
yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek‚ chet davlatlardan
tushgan
qaytarilmaydigan
pul
tushumlari,
rezident-yuridik
shaxslarga berilgan davlat byudjeti ssudalarini, chet davlatlarga
berilgan kreditlarni to‘lash hisobidan to‘lovlar, aksiyalarning davlat
ulushi (payi) bo‘yicha dividendlar (daromadlar), bundan mahalliy
73
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 51-moddasi: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
376
davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha dividendlar
(daromadlar) mustasno, mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatuvchi
yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent
raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov, O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy bankining foydasi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
daromadlar kiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari quyidagi
manbalar hisobidan shakllantirilmoqda
74
:
1) belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari,
shu jumladan:
• yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
• yagona soliq to‘lovi;
• jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
• tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy
belgilangan soliq;
• qo‘shilgan qiymat solig‘i;
• aksiz solig‘i;
• yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
• suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
2) mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu
jumladan:
• benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan
soliq;
• mol-mulk solig‘i;
• yer solig‘i;
• yagona yer solig‘i;
• ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va
ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish uchun yig‘im;
3) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek‚ chet
davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
4) bozorlardan tushadigan daromadlar;
5) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa
daromadlarga
davlat
daromadiga
o‘tkazilgan
mol-mulkni
realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini
joylashtirishdan,
foydalanishga
berishdan
va
sotishdan
74
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”
52 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
377
belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar, qonun
hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga,
viloyatlar
va
Toshkent
shahar
mahalliy
byudjetlariga
yo‘naltiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari va jarima
sanksiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo‘yicha davlat
ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni, huquq bo‘yicha davlat daromadiga
o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan
tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha
dividendlar (daromadlar) va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
daromadlar kiradi.
O‘zbekiston
Respublikasining
respublika
byudjetidan
ajratiladigan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar,
dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
respublika
byudjetining,
viloyatlar
viloyat
byudjetlarining
va
Toshkent
shahri
shahar
byudjetining
daromadlari hisoblanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik
faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq,
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va o‘simlik
yog‘i uchun aksiz solig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti,
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlariga
o‘tkazib beriladi.
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tasdiqlangan
normativlarga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika
byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti, Toshkent shahri shahar
byudjeti hamda tumanlar va shaharlar byudjetlari o‘rtasida qayta
taqsimlanishi mumkin.
O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko‘ra davlat byudjeti
daromadlari ikki guruhga bo‘linishi mumkin:
– xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olinadigan daromadlar;
– aholidan tushumlar.
Mulkchilik shakliga ko‘ra davlat byudjeti daromadlari quyidagi
ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
– nodavlat sektordan olinadigan daromadlar;
– davlat xo‘jaliklaridan olinadigan daromadlar;
– aholidan olinadigan mablag‘lar.
Davlat byudjeti daromadlarining yuqorida sanab o‘tilgan har bir
guruhlari daromadlarning manbalari, to‘lovlarning turlari va
hokazolar bo‘yicha kichik guruhlarga bo‘linishi ham mumkin.
400
Do'stlaringiz bilan baham: |