Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish 

idoralari,  davlat  byudjeti  tashkilotlarining  joriy  faoliyatini 

ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat byudjeti xarajatlari, boshqa 

byudjetlar  va  iqtisodiyotning  alohida  tarmoqlariga  dotatsiya, 

subsidiya  va  subvensiya  shaklida  ko‘rsatiladigan,  davlat 

tomonidan  qo‘llab-quvvatlash  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  xarajatlar 

va  davlat  byudjeti  xarajatlarining  turkumlanishiga  muvofiq 

kapital  xarajatlarning  tarkibiga  kiritilmagan  boshqa  xarajatlar 

davlat byudjetining joriy xarajatlari deyiladi. 

Takror  ishlab  chiqarishdagi  roliga  ko‘ra  davlat  byudjetining 

xarajatlari  iqtisodiyotga  qilinadigan  xarajatlar  va  ijtimoiy  soha 

hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlariga bo‘linadi. Bu 

xarajatlarga,  dastlab,  davlat  korxonalari  va  davlat  ulushi  bor 

bo‘lgan  korxonalarning  ustav  kapitalini  shakllantirish,  ularni 

yanada  kengaytirish  va  rivojlantirish,  davlat  moddiy  zaxiralarini 

yaratish xarajatlari kiradi.  

Davlat byudjetining ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-

quvvatlash  xarajatlari  ham  ijtimoiy  jihatdan  zarur  bo‘lgan 

xarajatlardir.  Bu  xarajatlar  iste’mol  fondlarini  shakllantirish  bilan 

bog‘liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining shaxsiy, boshqa bir 




354 

qismi 


esa 

butun 


jamiyatning 

ehtiyojlarini 

qondirishga 

mo‘ljallangan.  Bunda  davlat  byudjetining  xarajatlari  ijtimoiy 

iste’mol fondlarini (mamlakatning  mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar 

fondi  va  boshqalar)  shakllantirishni  to‘liq,  shaxsiy  iste’mol 

fondlarini  esa  qisman  (markazlashtirilmagan  moliyaviy  resurslar 

bilan  birgalikda)  ta’minlaydi.  Shu  bilan  birgalikda,  davlat  byudjeti 

mablag‘larining  katta  qismidan  shaxsiy  iste’mol  fondlarining 

ijtimoiy iste’mol fondlariga (maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va 

sport, fan, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy 

ahamiyat  kasb  etgan  xizmatlar  bahosi  o‘rtasidagi  farqlarni 

qoplash,  ko‘p  bolali  va  kam  ta’minlangan  oilalarga  nafaqalar 

fondlari  va  boshqalar)  tegishli  bo‘lgan  qismini  shakllantirishda 

keng foydalaniladi. 

Davlat  byudjeti  xarajatlarining  tarmoq  belgisi  bo‘yicha 

guruhlarga  ajratishga  asos  qilib  milliy  iqtisodiyotning  umume’tirof 

etilgan  tarmoqlarga  bo‘linishi  qabul  qilingan.  Shunga  muvofiq 

ravishda  davlat  byudjeti  xarajatlari  sanoat,  qishloq  xo‘jaligi, 

qurilish,  transport,  aloqa,  maorif,  sog‘liqni  saqlash,  madaniyat  va 

sport,  fan,  ijtimoiy  sug‘urta  va  ijtimoiy  ta’minot,  davlat  boshqaruvi, 

mudofaa va h.k. xarajatlariga bo‘linishi mumkin.  

 Davlat 

byudjeti 

xarajatlari 

milliy 


iqtisodiyot 

(xo‘jalik) 

tarmoqlarining 

pul 


fondlarini 

shakllantirishda 

mustahkam 

moliyaviy 

asosni 

yaratish 

bilan 

birgalikda, 



xarajatlarning 

tarmoqlararo  bo‘linishi  moliyaviy  resurslarni  taqsimlashdagi 

nisbatlarini  aniqlashga  ham  imkon  beradi,  milliy  xo‘jalikning 

tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yo‘nalishga o‘zgartiradi. Masalan, 

hozirgi  paytda  mamlakatimizda  yaratilgan  milliy  daromadning 

hajmi davlat byudjeti mablag‘larining katta qismini ijtimoiy soha va 

aholini  bevosita  ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlashga  yo‘naltirish  imkonini 

berayapti.  Bir  vaqtning  o‘zida  iqtisodiyotning  ustuvor  tarmoqlarini 

(mashinasozlik,  qishloq  xo‘jaligi,  elektroenergetika  va  boshqalar) 

keng 


ko‘lamlarda 

byudjetdan 

moliyalashtirilishi 

ham 


ta’minlanmoqda. 

Ijtimoiy  yo‘nalishi  bo‘yicha  davlat  byudjeti  xarajatlarining 

iqtisodiy  guruhlarga  ajratilishi  davlatning  toifasi  va  u  tomonidan 

bajarilayotgan  funksiyalarni  o‘zida  aks  ettiradi.  Ana  shunga 

muvofiq  davlat  byudjetining  barcha  xarajatlarini  quyidagi  gu-

ruhlarga bo‘lish mumkin: 

– ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy-qo‘llab-quvvatlash xarajatlari; 

367 


•  Mulkchilik  shakliga  ko‘ra  davlat  byudjetining  daromadlari 

qanday ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin? 

•  Subyektlarning  daromadlari  qanday  metodlarni  qo‘llash 

evaziga davlat byudjeti ixtiyoriga olinayapti? 

•  Hozirgi  sharoitda  davlat  byudjeti  daromadlarining  tarkibi 

nimalardan iborat va uning tuzilmasi qanday? 

•  Mamlakatimizda qo‘llanilayotgan davlat byudjeti daromadlari 

tizimining  samaradorligi  bevosita  nimaga  bog‘liq  va  u  o‘z  ichiga 

nimalarni oladi? 

•  “Davlat  byudjeti  daromadlari”  va  “Davlat  daromadlari” 

tushunchalari o‘rtasiga barobarlik (tenglik) belgisini qo‘yish mumkinmi? 

•  Davlat  byudjetining  xarajatlari  qanday  xarakterli  belgilarga 

ega? 

•  Davlat  byudjeti  xarajatlari  konkret  turlarining  xilma-xilligi 



nimalar bilan izohlanadi? 

•  Davlat  byudjetining  xarajatlari  qanday  belgilarga  ko‘ra 

turkumlashtiriladi? 

•  Iqtisodiy  mazmuniga  ko‘ra  davlat  byudjetining  xarajatlari 

qanday xarajatlarga bo‘linadi? 

•  Davlat  byudjetining  kapital  xarajatlari  deyilganda  nimalar 

tushuniladi va ularning tarkibi nimalardan iborat? 

•  Davlat  byudjeti  joriy  xarajatlarining  mazmuni  va  tarkibini 

bilasizmi? 

•  Takror  ishlab  chiqarishdagi  roliga  ko‘ra  davlat  byudjetining 

xarajatlari qanday guruhlarga bo‘linadi? 

•  Davlat  byudjeti  xarajatlarining  tarmoq  belgisi  bo‘yicha 

guruhlarga ajratishning asosida nimalar yotadi? 

•  Ijtimoiy  yo‘nalishi  bo‘yicha  davlat  byudjetining  xarajatlari 

qanday guruhlardan tashkil topgan? 

•  Davlat  byudjeti  xarajatlarining  konkret  turlari  tarkibini  aytib 

bering. 

•  Davlat  byudjetining  xarajatlari  tashkiliy  jihatdan  qanday 

guruhlarga ajratiladi? 

•  Davlat  byudjetining  xarajatlari  hududiy  belgilariga  muvofiq 

qanday guruhlardan tashkil topadi? 

•  Faqat 

Respublika 

byudjetidan 

moliyalashtiriladigan 

xarajatlar tarkibini bilasizmi? 




366 

•  Davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni nimalardan iborat? 

•  Mamlakatning  asosiy  moliyaviy  rejasi  deyilganda  nima 

nazarda tutiladi? 

•  Davlat byudjetining ta’rifini ayting. 

•  Davlat byudjetining mohiyatini tushuntirib bering. 

•  Davlat  byudjeti  boshqa  iqtisodiy  (moliyaviy)  kategoriyalar 

bilan qanday bog‘langan? 

•  Davlat byudjeti qanday funksiyalarni bajaradi? 

•  Davlat byudjetining taqsimlash va nazorat funksiyalari qanday 

xarakterli xususiyatlarga ega? 

•  Davlat  byudjetining  taqsimlash  va  nazorat  funksiyalarining 

miqdoriy va sifat tomonlari nimalardan iborat? 

•  Davlat byudjeti mexanizmini qanday tushunasiz? 

•  Davlat byudjetining ahamiyatini tushuntirib bering. 

•  Davlat byudjeti mamlakatning moliya tizimida qanday o‘rinni 

egallaydi? 

•  Davlat  byudjetining  daromadlari  nima  uchun  oraliq 

xaraktyerga ega? 

•  Davlat  byudjeti  daromadlarining  moddiy-buyumlashgan 

shaklini nimalar tashkil etadi? 

•  Davlat  byudjeti  daromadlarini  shakllantirish  jarayonining 

asosiy prinsiplari nimalardan iborat? 

•  Davlat  byudjetining  daromadlari  qanday  mezonlar  asosida 

tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin? 

•  Davlat  byudjetining  daromadlari  o‘z  manbalariga  ko‘ra 

qanday guruhlarga bo‘linadi? 

•  Davlat byudjetining soliq daromadlari tarkibini bilasizmi? 

•  Davlat  byudjetining  soliq  bo‘lmagan  daromadlari  tarkibiga 

nimalar kiradi? 

•  Tushumlarning  qanday  turlari  (ko‘rinishlari)  davlat  byudjeti 

daromadlarining tarkibi hisobiga olinishi mumkin? 

•  Hozirgi  amaliyotda  davlat  byudjetining  daromadlari  qanday 

tartibda tasniflanadi? 

•  To‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlarning tarkibini aytib 

bering. 


•  O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga  ko‘ra davlat  byudjetining 

daromadlari qanday guruhlarga bo‘linishi mumkin? 

355 

– milliy xo‘jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar; 



– mudofaa xarajatlari; 

– boshqaruv xarajatlari. 

Ijtimoiy  soha  va  aholini  ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlash  xarajatlari 

o‘z  tarkibiga  maorif,  sog‘liqni  saqlash,  madaniyat,  sport,  fan, 

ijtimoiy  ta’minot,  aholi  uchun  ijtimoiy  ahamiyat  kasb  etgan 

xizmatlar  baholaridagi  farqlarni  byudjetdan  qoplash  va  oilalarga 

ijtimoiy  nafaqalarni  oladi.  Davlatning  ijtimoiy  funksiyasini  o‘zida 

aks  ettirib,  bu  guruhdagi  davlat  byudjetining  xarajatlari  xalq  ta’limi 

tizimini  rivojlantirish  va  takomillashtirishga,  fan  va  madaniyatni 

moliyalashtirishga,  aholining  tibbiy  xizmatga  bo‘lgan  talabini 

qondirishga,  ijtimoiy  sug‘urta  va  ijtimoiy  ta’minotni  amalga 

oshirishga keng yo‘l ochib beradi. 

Iqtisodiyotga  byudjetdan  xarajat  qilinishi  davlatning  xo‘jalik 

yurituvchi  asosiy  subyektlardan  biri  ekanligidan  darak  beradi. 

Aynan bu xarajatlar keng miqyoslarda  yangi sanoat korxonalarini 

qurish,  zamonaviy  industriya  asosida  qishloq  xo‘jaligida  ishlab 

chiqarishni rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning boshqa 

tarmoqlarini  texnika  vositalari  bilan  qayta  ta’minlashga  imkon 

yaratadi.  Shuning  uchun  ham  davlat  byudjetining  bu  xarajatlari 

orasida iqtisodiyot va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalash-

tirish xarajatlari alohida o‘rin egallaydi. 

Davlat  byudjetining  mudofaa  xarajatlari  ham  davlatning 

funksiyalaridan  kelib  chiqadi.  Ular  har  bir  davlatning  o‘z  mudofaa 

qobiliyatini  mustahkamlashi 

zarurligi  bilan 

bog‘liqdir.  Qurolli 

Kuchlarning  barcha  turlari  davlat  byudjeti  mablag‘lari  hisobidan 

moliyalashtiriladi. 

Boshqaruv shaklidagi faoliyat turining davlat tomonidan amalga 

oshirilishi, 

uning 

xo‘jalik-tashkilotchilik 



funksiyasi 

davlat 


byudjetidan  boshqaruv  xarajatlari  deb  nomlangan  alohida 

xarajatlar  ajratilishini  taqozo  etadi.  Boshqaruv  (davlat  hokimiyati 

organlari,  sud  va  prokuratura  fuqarolarning  o‘zini-o‘zi  boshqaruv 

organlari)  xarajatlari  davlat  organlari  faoliyatining  moliyaviy  asosini 

tashkil  etib,  jamiyat  hayotining  barcha  sohalariga  rahbarlik 

qilishga imkon yaratadi. 

Davlat  byudjetining  barcha  xarajatlari  yuqoridagi  to‘rtta 

guruhdan qaysi biriga kirishidan qat’iy nazar, ular o‘zlarining aniq 

maqsadlarga  mo‘ljallanganligi  bo‘yicha  ham  bir  necha  qismlarga 

bo‘linadi.  Bu  qismlar  davlat  byudjeti  xarajatlarining  aniq turlaridan 




356 

tarkib  topadi.  Kapital  qo‘yilmalar,  dotatsiyalar,  subvensiyalar, 

subsidiyalar,  davlat  byudjeti  ssudalari,  ish  haqi,  ovqatlanish 

xarajatlari,  kapital  va  joriy  remont,  kanselyariya  va  xo‘jalik 

xarajatlarini  davlat  byudjeti  xarajatlarining  aniq  turlari  sifatida 

ko‘rsatish  mumkin.  Davlat  byudjeti  xarajatlarining  ma’lum  aniq 

maqsadlarga  mo‘ljallanganligi  bo‘yicha  turkumlanishi davlat  byudjeti 

mablag‘laridan  oqilona  foydalanishga  sharoit  yaratadi,  davlat 

byudjeti mablag‘laridan foydalanish ustidan samarali va ta’sirchan 

moliyaviy nazoratni amalga oshirishning zaruriy asosi hisoblanadi. 

Davlat byudjetini iqtisodiy nuqtayi nazardan turkumlarga ajratish 

bilan birga xarajatlarning tashkiliy jihatidan ham guruhlarga ajratish 

mumkin. Buning asosida yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uyushmalar, 

assotsiatsiyalar,  birlashmalar,  konsernlar,  kompaniyalar  va  h.k.), 

davlat byudjeti xarajatlari va hududiy belgilar yotishi mumkin. Davlat 

byudjeti  xarajatlarining  yuqori  tashkilotlar  bo‘yicha  guruhlanishi 

davlat  byudjeti  mablag‘larini  aniq  oluvchilarni  ko‘rsatadi  va  ular 

tarmoq ichida pul fondlarini shakllantirishda mas’ul bo‘lib, ajratilgan 

davlat  byudjeti  mablag‘laridan  o‘z  vaqtida,  samarali  va  qonuniy 

foydalanish ustidan javobgardirlar. 

Davlat  byudjeti  xarajatlarini  hududiy  belgiga  mos  holda 

bo‘linishi  ular  markazlashuvining  turli  darajalarini  o‘zida  aks 

ettiradi.  Shu  munosabat  bilan,  davlat  boshqaruvi  darajasiga  ko‘ra, 

O‘zbekiston  Respublikasi  davlat  byudjetining  xarajatlari  respublika 

va mahalliy byudjetlarning xarajatlaridan tarkib topadi. 

Davlat byudjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat

69



•  ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari; 



•  nodavlat  notijorat  tashkilotlarini  va  fuqarolik  jamiyatining 

boshqa  institutlarini  davlat  tomonidan  qo‘llab-quvvatlash 

xarajatlari; 

•  iqtisodiyot xarajatlari; 

•  markazlashtirilgan 

investitsiyalarni 

moliyalashtirish 

xarajatlari; 

•  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlarini,  adliya  va 

prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari; 

•  sudlarni saqlab turish xarajatlari; 

•  fuqarolarning  o‘zini  o‘zi  boshqarish  organlarini  saqlab  turish 

xarajatlari; 

                                                 

69

 “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”ning



 

69- moddasi. -T.: “Adolat”, 2014 y. 9-b.

 

 

365 



•  va boshqalar. 

Mamlakatning  qarz  majburiyatlari  o‘zining  muddatiga  qarab 

qisqa  muddatli  (bir  yilgacha),  o‘rta  muddatli  (bir  yildan  ortiq  va 

besh  yilgacha)  va  uzoq  muddatli  (besh  yildan  yuqori)  bo‘lishi 

mumkin.  Ular  zayomning  konkret  shartlariga  muvofiq  ravishda 

(zayom  shartlarini,  jumladan,  to‘lov  muddatlari,  foiz  to‘lovlarining 

miqdori,  muomala  muddatlarini  o‘zgartirmasdan)  qaytarilishi 

kerak. 


Mamlakat  hukumatining  davlat  ichki  qarzlari  quyidagilardan 

iborat bo‘lishi mumkin: 

•  hukumatning  davlatni  qimmatbaho  qog‘ozlari  bo‘yicha 

qarzining asosiy nominal summasi; 

•  hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarzning 

hajmi; 


•  mamlakat  hukumati  tomonidan  berilgan  kafolatlar  bo‘yicha 

majburiyatlar hajmi; 

•  va boshqalar. 

O‘z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari: 

•  xorijiy  davlatlar  hukumatlari,  kredit  tashkilotlari,  firmalar  va 

xalqaro  moliyaviy  tashkilotlarga  mamlakat  hukumati  tomonidan 

taqdim etilgan davlat kafolatlari bo‘yicha majburiyatlar hajmi; 

•  xorijiy  davlatlar  hukumatlari,  kredit  tashkilotlari,  firmalar  va 

xalqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo‘yicha 

asosiy qarz hajmidan iborat bo‘ladi. 

 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish