O‘z kapitalining manyovrlilik koeffitsiyenti XYuS o‘z
aylanma mablag‘larining o‘z kapitali summasiga nisbati orqali
ifodalanadi:
K
м
= O‘
ам
: O‘
к
Bu yerda: K
м
- o‘z kapitalining manyovrlilik koeffitsiyenti;
O‘
ам
- o‘z aylanma mablag‘lari;
O‘
к
- o‘z kapitali.
Bu koeffitsiyent o‘z kapitalining qancha qismi joriy faoliyatni
moliyalashtirishda
foydalanilayotganligi
va
qancha
qismi
kapitallashtirilganligini ko‘rsatadi. Uning 0,5ga teng bo‘lgan
darajasi optimal hisoblanadi
Zarur bo‘lgan hollarda XYuSning moliyaviy barqarorligini
xarakterlaydigan boshqa ko‘rsatkichlardan ham foydalanish
mumkin.
XYuS
moliyaviy
barqarorligini
oshirishning
omillari
quyidagilardan iborat:
• asosiy va aylanma mablag‘larning mazmunini optimal-
lashtirish: innovatsion texnologiyalar sotib olishni ko‘paytirish,
tugallanmagan ishlab chiqarishni qisqartirish, mahsulot tannarxini
pasaytirish;
333
maqsadli taqsimlanishini rag‘batlantirishi ham kerak. Shunday
qilib, davlat tomonidan o‘rnatilgan tartib natijasida vujudga kelgan
byudjetga to‘lovlarning turli shakllari davlatning qonunlarida,
moliyaviy boshqaruv organlarining normativ hujjatlarida o‘z
ifodasini topgan obyektiv omillarga ma’lum darajada bog‘liq
bo‘ladi.
Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd etilganidek, hududiy va
ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan turli fondlarning shakllanishi
yuz beradi, ya’ni umumdavlat pul fondini taqsimlashning
murakkab jarayoni amalga oshiriladi. Tashqi tomondan u barcha
ijtimoiy bo‘linmalardan ajralgan ichki davlat byudjeti jarayonidek
ko‘rinadi. Haqiqatda esa bu taqsimlash ijtimoiy munosabatlarning
barcha sohalarini qamrab oladi. Bu bosqichda jamiyatdagi barcha
subyektlarning manfaatlari o‘zaro to‘qnash keladi. Mamlakatdagi
har bir ma’muriy-hududiy birlik o‘z byudjetiga ega bo‘lganligi
uchun bu bosqichda ana shu byudjetlarning (ya’ni hududlarga
mo‘ljallangan fondlarning) umumiy hajmini to‘g‘ri aniqlash alohida
ahamiyat kasb etadi. U yoki bu davlat byudjetining xarajatlari
joylarda olingan daromadlarning hajmi bilan mos kelmasligi
oqibatida ularni qo‘shimcha mablag‘lar bilan ta’minlash zaruriyati
vujudga keladi, barcha quyi byudjetlarni balanslashtirish zarurati
paydo bo‘ladi. Shunday qilib, murakkab taqsimlash jarayoni sodir
bo‘ladiki, unda mamlakat ma’muriy-hududiy bo‘linmalarining
barchasi ishtirok etib, ularning ayrimlari o‘z mablag‘larini berishsa,
boshqalari esa davlat byudjeti mexanizmi orqali bu mablag‘larni
oladi.
Sirtdan qaralganda, davlat byudjeti mablag‘larini hududlararo
taqsimlash byudjetlarning yuqori va quyi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi
munosabatlardek
ko‘rinadi.
Chunki
bu
jarayon
yuqori
byudjetlarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Biroq o‘z
daromadlari
hisobidan
quyi
bo‘g‘inlarning
davlat
byudjeti
munosabatlarini tartibga soluvchi har bir davlat byudjeti bo‘linmasi
amalda bu munosabatlarning tarkibiga yuqorida ko‘rsatilgan
balanslashtirish sodir bo‘layotgan ko‘plab ma’muriy-hududiy
birliklarni kiritadi. Ular esa, o‘z navbatida, byudjetlararo
munosabatlarni tartibga solishda xo‘jalik yurituvchi subyektlar va
aholidan tushgan mablag‘larni sarflaydi. Demak, bu jarayonda
ham turli subyektlar o‘rtasida murakkab va ko‘p tomonlama
taqsimlash munosabatlari vujudga keladi.
332
byudjetining daromadlari aniq ifodalangan davlat byudjeti
kategoriyasi bo‘lib, ularni shakllantirish va ulardan foydalanish
taqsimlashning davlat byudjeti mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti daromadlarining turli ko‘rinishlarini (qo‘shilgan
qiymat solig‘i, aksizlar, daromad solig‘i va boshqalar) davlat byudjeti
kategoriyalarining navbatdagi ko‘rinishlari sifatida talqin qilish uchun
asoslar yetarli emas. Chunki mazmuniga ko‘ra iqtisodiy
kategoriyalar obyektiv bo‘lib, ular iqtisodiy qonunlarning harakatini
ifodalasa, ularning namoyon bo‘lish shakli esa, ma’lum darajada,
subyektiv bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham daromadlarning har
bir ko‘rinishiga tegishli bo‘lgan xususiyatlar obyektiv harakatdagi
(amaldagi)
iqtisodiy
kategoriyaning
–
davlat
byudjeti
daromadlarining namoyon bo‘lish, ifodalanish shaklidir. Bu
xulosaning to‘g‘riligini ko‘p yillik amaliyot ham tasdiqlaydi.
Davlat bor ekan, davlat byudjetiga to‘lovlar ham mavjud
bo‘ladi. Lekin byudjetga to‘lovlarning shakli ma’lum bir bosqichda
jamiyatning oldiga qo‘yilgan vazifalarga muvofiq ravishda o‘zgarib
boradi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida byudjetga
to‘lovlarning u yoki bu turi hal qiluvchi rol o‘ynashi, vaqt o‘tishi
bilan esa ular o‘z ahamiyatini yo‘qotib, boshqa to‘lovlar bilan
almashtirilishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, davlat byudjeti
Do'stlaringiz bilan baham: |