Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


-BOB.  ISHLAB CHIQARISHNI DIVERSIFIKATSIYA VA



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

 

14-BOB.  ISHLAB CHIQARISHNI DIVERSIFIKATSIYA VA  

MODERNIZATSIYA QILISH BO‘YICHA 

INVESTITSION DASTURLARNI 

MOLIYALASHTIRISH 

   

14.1.  Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni diversifikatsiya 

va modernizatsiya qilish zaruriyati 

 

 

Ishlab  chiqarishni  diversifikatsiya  (faoliyatni  kengaytirish, 



mahsulot  va  xizmatlar  turlarini  ko‘paytirish)  va  modernizatsiya 

qilish  (zamonaviylashtirish,  yangilash)  jarayonlarida  iqtisodiyot 

tarmoqlarida 

XYuSlarning 

ishlab 

chiqarishda 

ilg‘or 

sifat 


siljishlariga  va  samarali  ishlashlariga  erishish  uchun  kompleks 

choralar tizimini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Mustaqillik  yillarida  boshlangan  O‘zbekiston  iqtisodiyotining 

xomashyo  yo‘nalishini  o‘zgartirish  strategik  nuqtayi nazardan 

uzoq  muddatli  ustuvor  vazifa  hisoblanadi.  Bu  yuqori  texnologik 

yangi  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish,  qayta  ishlab  chiqaruvchi 

tarmoqlarni  yuqori  sur’atlarda  rivojlantirish,  eksport  salohiyatini 

keskin  oshirish,  importni  esa  keskin  kamaytirish,  import  o‘rnini 

bosuvchi  mahsulotlarni  o‘zimizda  ishlab  chiqarishni  kengaytirish 

zarurligini  taqozo  etadi.  Sanoatni  xomashyoni  kompleks  chuqur 

qayta  ishlashga  yo‘naltirish  asosida  va  bozorlarda  yuqori  texno-

logiyali  mahsulotlarning  sotilishini  oshirmasdan  turib  samarali 

taraqqiyotga  erishib  bo‘lmaydi.  Bu  taraqqiyotning  innovatsion-

investitsion  usuliga  o‘tish  maqsadida  qo‘shimcha  moliyaviy 

resurslarni  olish  uchun  oqilona  yo‘l  hisoblanadi.  2016-yildan 

boshlangan yangi iqtisodiy sharoitda bu masalaga e’tibor yanada 

kuchaydi. 

 

Mashinasozlik  va  metalni  qayta  ishlash  tarmoqlarini  yuqori 



sur’atlarda  rivojlantirish  XYuSlarning  faoliyatini  kengaytirish 

jarayonida  ustuvor  vazifadir.  Takror  ishlab  chiqarishning  intensiv 

usuliga 

o‘tish 


ilmiy-texnika 

taraqqiyotini 

tezlashtirishda 

mashinasozlik  ta’sirining  o‘sishini  talab  qiladi.  Iqtisodiyotning 

mashinasozlik 

tarmoqlari 

esa 

moliyalashtirishning 



yangi 

manbalarini  jalb  qilish  asosida  ishlab  chiqarishning  texnologik 

jihatdan yangilanishini kuchaytirishga ehtiyoj sezadi. 

 

Mashinasozlik  kompleksini  rivojlantirish  uchun  mashina  va 



asbob-uskunalarning 

mustahkamligi 

va 

sifatini 



oshirish, 

mashinasozlik buyumlarining absolyut va nisbiy salmog‘ini (texnik 




308 

miqdor  birligiga  nisbatan)  kamaytirish  yo‘li  bilan  mahsulotlarning 

metall va energiya sig‘imlarini kamaytirish muhim hisoblanadi. 

 

Ishlab  chiqarishni  diversifikatsiya  va  modernizatsiya  qilish 



resurslarni  tejab-tergash  jarayoni  va  iqtisodiyotning  muvozanatli 

rivojlanishi  bilan  uzviy  bog‘liq.  Shu  bilan  birgalikda  xalq  iste’moli 

tovarlarini  ishlab  chiqarish  ijtimoiy  ahamiyatining  o‘sishiga  ham 

alohida  e’tibor  bermoq  lozim.  O‘zbekistonda  sobiq  SSSRdan 

meros 

bo‘lib 


qolgan 

iqtisodiyot 

tarmoqlarida 

iste’mol 

predmetlarining  salmog‘i  va  ularning  sifati  pastligi  oqibatida 

iste’mol  talablarini  qondirish  muammosi  hali  o‘z  yechimini  to‘la 

topmagan. 

  

Ishlab  chiqarishni  diversifikatsiya  va  modernizatsiya  qilish 



uzoq muddatli investitsion va moliyaviy resurslarni jalb qilish bilan 

bog‘liq.  Xuddi  shu  maqsadlarga  kichik  biznesni  samarali 

rivojlantirish  ham  xizmat  qiladi.  Ishlab  chiqarishning  fan  sig‘imini 

oshirish uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish bo‘yicha kompleks 

choralar  ishlab  chiqish  va  ularni  izchillik  bilan  amaliyotga  joriy 

etish  alohida  ahamiyatga  ega.  Marketing  sohasida  ta’sirchan 

siyosatni  amalga  oshirish,  ishlab  chiqarishni  texnologik  jihatdan 

yangilash  va  mahsulotlar  yangi  turlarini  o‘zlashtirishning  oqilona 

strategiyasini tanlash kerak. 

 

Ishlab  chiqarishni  tarkibiy  jihatdan  qayta  qurish  asosida 



diversifikatsiya  va  modernizatsiya  qilish  zamonaviy  bozor 

infratuzilmasini  yaratish,  xususan,  iqtisodiyotning  transport-

kommunikatsion kompleksini rivojlantirish bilan o‘zaro bog‘langan. 

Uning  vazifasi  transport  chiqimlarini  qisqartirish  va  xizmatlarning 

sifatini  oshirish  hisobidan  iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlarida 

transport xarajatlarini kamaytirishdan iborat. Xalqaro andozalarga 

mos  keladigan  raqobatbardosh  mahsulotlarni  ishlab  chiqa-

rishning  murakkabligini  inobatga  olgan  holda  dunyo  ishlab 

chiqaruvchilarining  markasidan  foydalanib  qo‘shma  XYuSlarga 

asos  solish  va  ularning  rivojlanishini  ta’minlash  ham  muhim 

ahamiyatga ega. 

 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish