shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga
yo‘naltiriladigan
maqsad
va
vazifalarning
yechilishini
aniqlash moliyaviy siyosat deyiladi.
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif berish ham
mumkin: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil
qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining
majmui (yig‘indisi) moliyaviy siyosat deyiladi.
Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o‘z funksiyalarini
bajarishi uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan
bog‘liq bo‘lgan davlat organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida
talqin qilinadi. Bunday talqin o‘zida bir necha xavfni mujassam
etadi. Buning boisi shundaki, iqtisodiyot taraqqiyotida davlatning
roli to‘g‘risidagi jamiyatda hukmron bo‘lgan tasavvurlarga muvofiq
ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham o‘zgaradi,
takomillashadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning
aralashuvi, aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini
tenglashtirish va shunga o‘xshash davlatning funksiyalari va
vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon
munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan
faqat davlatning funksiyalarini bajarish vositasi (instrumenti)
sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi
boshqarish organlari bilan moliyaviy tizimning boshqa subyektlari,
ya’ni aynan mamlakatning aholisi va xo‘jalik yurituvchi subyektlari
manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi.
Masalan, ko‘plab mutaxassislar, shu jumladan, davlat
hokimiyat organlarining vakillari tomonidan amaldagi soliq
mexanizmining kamchiliklari mavjudligi, biznesning ayrim sohalari
uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi
mumkinligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslansa-yu, moliyaviy
siyosat uzoq vaqt davomida o‘zgarmasdan qolaversa, amalga
oshiriladigan soliq islohotlari uning mohiyatini o‘zgartirmasa,
bunday holda davlatning moliyaviy siyosati davlat hokimiyatining
tegishli organlari tomonidan faol ravishda hayotga tatbiq etila-
yotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga aylanib
qolishi mumkin.
Yuqorida bayon qilingan fikrlardan quyidagi uch mantiqiy
xulosa kelib chiqadi:
• birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o‘z manfaatlarini ko‘zda
tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga
56
erishishining vositasi emas, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
vazifalarini yechish vositasi bo‘lishi kerak;
• ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat
hokimiyat organlarining emas, balki moliyaviy tizim barcha
subyektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim;
• uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat
organlarining moliyaviy siyosati aynan bir xil narsa emas, ularni
bir-biridan farq qilishini tushunish kerak.
Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliyaviy
tizimning barcha bo‘g‘inlarida moliyaviy resurslarning o‘sishini
mutanosiblashtirilgan
(balanslashtirilgan)
holda
ta’minlash
bo‘yicha davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida
e’tirof etish kerak. Xorijiy tajribalarning ko‘rsatishicha, moliyaviy
resurslarning mutanosiblashtirilgan holda o‘sishining zarurligini
inkor etish mamlakat moliyaviy tizimning o‘zini degradatsiyala-
shuviga, iqtisodiyotning yemirilishi va vayron bo‘lishiga olib kelishi
mumkin.
Moliyaviy siyosatning o‘ziga xos bo‘lgan eng asosiy
xususiyati shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab
chiqaruvchi
kuchlarining
rivojlanishiga
va
iqtisodiy
muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir ko‘rsatib turishga
yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush
darajasi oshishini ta’minlab va davlat daromadlarining miqdorini
ko‘paytirib, moliyaviy xo‘jalikka nisbatan eng yuqori natijalarni
berishi
mumkin.
Moliyaviy
siyosatning
ana
shunga
yo‘naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini
aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi
turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy
sharoitlarni yaratish moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir.
Agar gap korxonalarning moliyaviy siyosati xususida
ketadigan bo‘lsa, bu narsa korxona moliyaviy menejerlarining
biznesni yuritish maqsadlariga erishish borasidagi maqsadga
yo‘naltirilgan faoliyatini anglatadi. Korxona moliyaviy siyosatining
maqsadi quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
• raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog‘lom faoliyat
ko‘rsatishiga erishish;
• yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va kasodga
(bankrotga) uchrashdan himoyalanganlik;
57
• raqiblar bilan kurashda yetakchilikka (lider bo‘lishga)
erishish;
• korxonaning bozor qiymatini ko‘paytirish;
• korxona iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sish sur’atlarini
ta’minlash;
• mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini oshirish;
• foydani maksimallashtirish;
• xarajatlarni minimallashtirish;
• rentabelli faoliyatni ta’minlash
• va boshqalar.
Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi
ustuvorlik, eng avvalo, biznesni yuritishning maqsadlariga
muvofiq ravishda aniqlanadi. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish
uchun tegishli moliyaviy mexanizmdan foydalaniladi.
Moliyaviy siyosat moliyaning o‘zida (boshqaruv obyektlarida)
bevosita
mujassam
bo‘lgan
boshqaruvning
salohiyatli
imkoniyatlarini, ishning konkret metodlari, moliyaviy tizimning
(boshqaruv subyektlari) organlarini tashkil qilish bilan yagona
maqsadga birlashtirishga imkon beradi. Amaliyotda moliyaviy
siyosat moliyaviy tizim orqali amalga oshirilib, uning faoliyati
quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:
• moliyaviy tizim bo‘g‘inlarining o‘ziga xos bo‘lgan
xususiyatlarini inobatga olib moliyaviy boshqaruvni amalga
oshirish;
• barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi;
• barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida
markazdan umumiy boshqarish.
Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy metodologik
tamoyillari quyidagilardan iborat:
• pirovard maqsadga bog‘liqlik;
• xo‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy balans-
lashtirilganligi (muvozanatliligi, mutanosibligi);
• jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelishi;
• real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni
hisobga olish.
Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishini davlat tomonidan
o‘z funksiyalari va dasturlarini (uzoq, o‘rta va qisqa muddatli)
bajarish uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish, ularni taqsimlash
80
qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan mustaqil davlatning mustaqil
iqtisodiyoti asoslari barpo etildi.
Hamdo‘stlik davlatlarining ko‘pchiligida o‘zini o‘zi stixiyali
suratda boshqaradigan bozor iqtisodiyotini barpo etish yo‘lidagi
urinishlari samarasiz tugadi. Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi,
mashhur iqtisodchilarning mamlakat iqtisodiyotini 500, 300, hatto
100 kun ichida qayta qurish kabi g‘oyalari aslida puch ekanligi
tezda isbotlandi.
Totalitar tuzum davrida mulkning 90 foizdan ortig‘i davlatga
tegishli edi. Bunga barham berish va mulkchilikning turli
shakllaridan foydalanish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Qator
davlatlar mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning shoshilinch
usullarini tanlashdi. Masalan, uning vaucher usulini amalga
oshirgan Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlarda mamlakat
iqtisodiy asosini tashkil qiladigan eng yirik korxonalar arzon-
garovga turli guruh yoki alohida shaxslar ixtiyoriga o‘tib ketdi.
Iqtisodchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyada narxni
sun’iy
ravishda
pasaytirish
tufayli
birgina
neft
sanoati
korxonalarini xususiylashtirishdan hukumat eng kamida 150
milliard AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rgan
24
. Buning ustiga
xususiylashgan korxonalar daromadlari bugun xalqning emas,
yangi xo‘jayinlarning cho‘ntagini to‘ldirmoqda.
Yuqorida bayon etilgan holatlar O‘zbekistonning 1992-2016
yillar mobaynida yurgizgan moliyaviy siyosatning mazmuni va
uning o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatib beradi. Bu davr moliyaviy
siyosatning eng muhim natijasi shu ediki, qisqa fursatda mustaqil
davlatning mustaqil moliyaviy tizim va shunga mos keladigan
moliyaviy siyosat yaratildi. Tubdan yangilangan moliyaviy siyosat
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil iqtisodiyotining asoslarini
yaratishga muhim hissa qo‘shdi.
Lekin bir paytning o‘zida 1992-2016-yillar mobaynida amal
qilgan moliyaviy siyosatning qator xato va kamchiliklari ham bor
edi. Ya’ni bu davrda qog‘ozda rasman iqtisodiyotning siyosatdan
ustuvorligi haqida bong urilgan bo‘lsa-da, amalda ba’zan buning
teskari hollari ham yuz berganligi haqiqiy bozor iqtisodiyotini
barpo etish jarayoniga xalaqit berdi. Shunga mos ravishda
moliyaviy siyosat ham o‘zibilarmonlik, jahonning ilg‘or tajribasini
inkor etish, ko‘rsatkichlarni oshirib ko‘rsatish kabi illatlarning
qurboni bo‘ldi. Moliyaviy ko‘rsatkichlar ijtimoiy va iqtisodiy
hayotning haqiqiy ahvolini bo‘yab ko‘rsatish siyosatining muhim
24
“
Труд” gazetasi. 1999. 18-noyabr.
65
Do'stlaringiz bilan baham: |