Qoraqalpog‘iston Respublikasining byudjeti – Davlat byudjetining
Qoraqalpog‘iston Respublikasi pul mablag‘lari fondini tashkil etuvchi bir
qismi bo‘lib, byudjetda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori,
shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan
mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.
Qimmatli qog‘ozlar – o‘zining egasiga dividend va foiz ko‘rinishida
daromad olish huquqini beruvchi mulk tituli. Ularning tarkibiga aksiyalar,
obligatsiyalar va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |