Bolalikdan nogironlarga va o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan
OIV infektsiyasiga chalingan shaxslarga nafaqa. Ushbu
nafaqa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-
yil 7-aprel kuni qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya
ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga hamda
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va
qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni
tasdiqlash haqida” gi Qaroriga asosan tayinlanadi.
Nafaqa olish huquqiga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari
(TMEK) tomonidan bolalikdan I guruh nogironlari, bolalikdan II
guruh nogironlari deb e’tirof etilgan 16 yoshdan katta shaxslar,
kasallikning bosqichidan qat’iy nazar, o‘n sakkiz yoshga
to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar, shuningdek
nafaqa olish huquqini beradigan tibbiy xulosa mavjud bo‘lgan
taqdirda 16 yoshgacha nogiron bolalar egadirlar. Nafaqa olish
huquqiga ega bo‘lgan shaxslar nafaqa olish huquqi paydo
bo‘lgandan so‘ng biron-bir muddat bilan cheklashsiz, istalgan
vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin.
Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda tayinlanadi.
Bunda o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan OIV infeksiyasiga chalingan
shaxslarga nafaqa qonun hujjatlarida bolalikdan nogironlar uchun
belgilangan miqdorda tayinlanadi. Nafaqani tayinlash Nafaqani
tayinlash va to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman
(shahar) bo‘limlari tomonidan, moliyalashtirish uchun mablag‘lar
davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.
557
• hibsda bo‘lgan davrda;
• sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tish davrida.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining
davomiyligidan qat’iy nazar ish haqining 100 foizi miqdorida
quyidagilarga to‘lanadi:
• ishlayotgan 1941-1945-yillardagi urush qatnashchilariga;
• baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa
shaxslarga;
• qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan
uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga;
• Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda
qatnashgan xodimlarga;
• Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish
zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi
organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma,
rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan
xodimlarga;
• mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida
vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan xodimlarga.
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar (sil kasalligi,
onkologiya kasalliklari, yangidan paydo bo‘ladigan xatarli
o‘simtalar, jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklar, SPID, moxov
(lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo‘yicha hisobda turgan
xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lagan
davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog‘liq ravishda
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda
to‘lanadi:
• umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga ish
haqining 100 foizi miqdorida;
• umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish
haqining 80 foizi miqdorida;
• umumiy ish staji 5 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining
60 foizi miqdorida.
Yuqorida
ta’kidlangan
xodimlardan
tashqari
qolgan
xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa
quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
556
vaqtincha
mehnatga
qobiliyatsizlik
nafaqasi
(mehnatda
mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari) ketma-ket
to‘rt oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi.
Agar
ishlovchi
nogironning
vaqtinchalik
mehnatga
qobiliyatsizligi mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli
yuz bersa, nafaqa u to‘la sog‘aygunga yoki mehnatda mayiblanish
yoxud kasb kasalligi bilan bog‘liq nogironlik guruhi qayta ko‘rib
chiqilgunga qadar to‘lanadi.
Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik
bo‘yicha nafaqa shaxs to‘la sog‘aygunga qadar, lekin ko‘pi bilan
10 oyga beriladi. Xodim sil kasalligi bilan qayta kasallanganda
yoki sil kasalligi oqibatida nogiron deb topilganda nafaqa ko‘pi
bilan 6 oyga beriladi. TMEK ko‘rigidan belgilangan muddatda
qayta o‘tmagan nogironga nafaqa mazkur bandda belgilangan
muddatlarga to‘lanadi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik quyidagi davrlarga to‘g‘ri
kelganda nafaqa to‘lanmaydi:
• ish haqi saqlanmagan ta’til;
• bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til;
• ish vaqtincha to‘xtatilgan;
• xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to‘lash
to‘xtatib qo‘yilganligi sababli ishlamagan;
• harbiy o‘quv yoki tekshiruv yig‘ini;
• ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtlarida tahsil
olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta’til.
Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga
qobiliyatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi)
lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi
hollarda berilmaydi:
• ishdan yoki boshqa vazifalardan bo‘yin tovlash maqsadida
o‘z salomatligiga ataylab ziyon yetkazgan yoxud o‘zini kasallikka
solganda;
• giyohvandlik yoki mastlik bilan bog‘liq harakatlar oqibatida,
shuningdek, spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish
natijasida kasallikka chalinganda (jarohatlanganda);
• jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;
• sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda
(ruhiy kasallardan tashqari);
549
Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda
murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi. 16 yoshdan katta
bolalikdan nogironga nafaqa nogironlikning butun davriga
tayinlanadi. Nogiron bolaga nafaqa tibbiy xulosa berilgan
muddatga tayinlanadi. OIV infeksiyasiga chalingan shaxsga
nafaqa u o‘n sakkiz yoshga to‘lgungacha bo‘lgan muddatga
tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |