Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Homiladorlik  va  tug‘ish  bo‘yicha  nafaqa



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

Homiladorlik  va  tug‘ish  bo‘yicha  nafaqani  tayinlash  va 

to‘lash uchun belgilangan tartibda berilgan mehnatga layoqatsizlik 

varaqasi asos bo‘ladi. 

Homiladorlik  va  tug‘ish  bo‘yicha  nafaqa  (shu  jumladan, 

homila  tushgan  hollarda)  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik 

varaqasida  ko‘rsatilgan  barcha  davr  uchun  to‘lanadi.  Xodim 

ishdan bo‘shatilishining noto‘g‘riligi haqida nizo ketayotgan davrda 

homiladorlik  va  tug‘ish  bo‘yicha  ta’til  berilganda,  nafaqa  u  ishga 

qayta  tiklangan  taqdirda  beriladi.  Bunda  homiladorlik  va  tug‘ish 

bo‘yicha  nafaqa  ayolni  ishga  qayta  tiklash  to‘g‘risida  qaror 

chiqqandan  so‘ng,  nafaqa  to‘lanmagan  barcha  mehnatga 

qobiliyatsiz kunlar uchun to‘lanadi. 

Oliy,  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’lim  muassasalarini, 

magistratura,  aspirantura,  klinik  ordinatura,  doktoranturani 

tamomlagan  va  belgilangan  tartibda  ishga  yuborilgan  ayollarga 

ishni boshlagunga qadar homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha berilgan 

mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida nafaqa ayol ishga kelishi 

lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi. Ishni vaqtinchalik to‘xtatish 

yoki  ishlab  chiqarishdan  ajralmagan  holda  o‘quv  yurtlarida  tahsil 

547 


bajarish  uchun  foydalanish  mumkin  emas.  Xalq  banki  jamg‘arib 

boriladigan pensiya tizimi mablag‘larining alohida hisobini yuritadi. 

Jamg‘arib 

boriladigan 

pensiya 

tizimi 


mablag‘larini 

ko‘paytirish  hamda  ularni  pul  qadrsizlanishidan  himoya  etish 

maqsadida  bunday  mablag‘lardan  investitsiya  va  kredit  resurslari 

sifatida,  shuningdek‚  moliyaviy  vositalarga  joylashtirish  uchun 

foydalanilishi  mumkin.  Jamg‘arib  boriladigan  pensiya  tizimi 

mablag‘laridan investitsiya va kredit resurslari sifatida foydalanish 

O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  bilan  kelishilgan  holda 

Xalq  banki  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Jamg‘arib  boriladigan 

pensiya  tizimi  mablag‘larini  moliyaviy  vositalarga  joylashtirish 

tartibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  va  O‘zbekiston 

Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. 

Jamg‘arib  boriladigan  majburiy  pensiya  badallaridan,  shaxsiy 

jamg‘arib  boriladigan  pensiya  hisobvaraqlaridagi  mablag‘larga 

hisoblab  chiqarilgan  foizlardan  hamda  bunday  mablag‘lar 

foydalanilishidan  fuqarolar  va  Xalq  banki  oladigan  boshqa 

daromadlardan,  jamg‘arib  boriladigan  pensiya  to‘lovlaridan, 

shuningdek  jamg‘arib  boriladigan  pensiya  tizimi  mablag‘lari 

aylanmasidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar olinmaydi. 

Jamg‘arib  boriladigan  pensiya  tizimida  ishtirok  etuvchi 

fuqarolar  pensiya  to‘lovlari  oluvchi  sifatida  jamg‘arib  boriladigan 

pensiya  to‘lovlarini  qonun  hujjatlariga  muvofiq  davlat  pensiyasini 

olish  huquqi  yuzaga  kelgan  taqdirda  olish  huquqiga  ega.  Fuqaro 

vafot  etgan  taqdirda,  shaxsiy  jamg‘arib  boriladigan  pensiya 

hisobvarag‘ida 

jamg‘arilgan 

mablag‘lar 

qonun 

hujjatlarida 



belgilangan  tartibda  merosga o‘tadi va merosxo‘rga bir  yo‘la to‘la 

hajmda  to‘lanadi.  uqaro  O‘zbekiston  Respublikasi  hududidan 

tashqariga  doimiy  yashash  joyiga  chiqib  ketayotgan  bo‘lsa, 

shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ida jamg‘arilgan 

mablag‘lar bir yo‘la to‘la hajmda to‘lanadi. 

Jamg‘arib 

boriladigan 

pensiya 


to‘lovlari 

O‘zbekiston 

Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  byudjetdan  tashqari 

Pensiya  jamg‘armasining  tuman  (shahar)  bo‘limi  tomonidan 

berilgan  jamg‘arib  boriladigan  pensiya  to‘lovlarini  olish  huquqi 

to‘g‘risidagi  guvohnoma  asosida  bunday  to‘lovlarni  oluvchining 

yashash joyidagi Xalq banki filiali tomonidan to‘lanadi. 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish