Yoshga doir pensiya Pensiya jamg‘armasining xarajatlarida
asosiy o‘rin egallaydi. Bu pensiya 25 yildan kam bo‘lmagan,
umumiy mehnat stajiga ega bo‘lgan va 60 yoshga yetgan
erkaklarga, 20 yildan kam bo‘lmagan, umumiy mehnat stajiga ega
bo‘lgan va 55 yoshga yetgan ayollarga belgilanadi. Istiqbolda
mamlakatimizda
bosqichma-bosqich
fuqarolarning
pensiyaga
537
chiqish yoshlarini oshirish ko‘zlangan bo‘lib, ayollar uchun 58 yosh,
erkaklar uchun 63 yosh yoshga doir pensiyaga chiqish yoshi deb
belgilanishi rejalashtirilmoqda. Shaxslarning alohida toifalari (urush
nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, bolalikdan nogiron
farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar, kon sanoatidagi
yetakchi kasb egalari bo‘lgan xodimlar, bevosita erosti va ochiq kon
ishlarida ko‘mir, ma’danlar va boshqa foydali qazilmalarni qazib
olishda, shaxtalar va konlar qurilishida to‘liq ish kuni davomida band
bo‘lgan xodimlar, uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga
kiruvchi xodimlar, teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari
artistlarining ayrim toifalari, mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda
to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar, bolalikdan nogiron
farzandlarni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan onalar, nogiron bolalar
uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, «Mehribonlik» uylari,
harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o‘qituvchilari,
ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va o‘rta tibbiy
xodimlari, qariyalar, nogironlar va yolg‘iz fuqarolarga xizmat
ko‘rsatishda bevosita band bo‘lgan ijtimoiy xodimlar va boshqalar)
uchun yoshga doir (qarilik pensiyasi) imtiyozli tarzda tayinlanadi.
Pensiya yoshiga etgan, lekin to‘liq mehnat stajiga ega
bo‘lmaganlarga, agar u (hozirda 7 yil, istiqbolda bosqichma-
bosqich oshirish rejalashtirilgan, avval 10 yil, keyin 12 yil,
keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilab berilgan
mehyorga muvofiq ravishda kamida 15 yilni tashkil qilishi
rejalashtirilgan) yildan kam bo‘lmasa, to‘liqsiz staj bo‘yicha
yoshga doir pensiya belgilanadi.
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil
etishdagi
o‘zgarishlar,
xodimlar
soni
(shtati)
yoki
ish
xususiyatining
o‘zgarishiga
olib
kelgan
ishlar
hajmining
qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan
ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan erkaklar — 58
yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda,
ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan
taqdirda yoshga doir pensiyalarni muddatidan oldin olish
huquqiga ega bo‘ladilar.
Yoshga doir pensiyalar ishdagi tanaffuslar mavjudligidan
qat’iy nazar, oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan
ketma-ket besh yil uchun (pensiya tayinlashni so‘rab murojaat
etgan kishining tanlovi bo‘yicha) hisoblangan bir oylik o‘rtacha ish
560
to‘lanadi. Farzandlikka olingan bolalarga bola tug‘ilganda
beriladigan bir martalik nafaqa umumiy asoslarda beriladi.
Agar ayol homiladorlik bo‘yicha ta’til davrida ishdan
bo‘shab, shu davr mobaynida homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha
nafaqa olgan bo‘lsa, bir martalik nafaqa umumiy asoslarda
beriladi. Bola o‘lik tug‘ilgan hollarda nafaqa to‘lanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |