2.Hammaga mumkinlik (lozimlik) prinsipi – barcha uchun
mumkin bo‘lgan u yoki bu pensiyani aniqlash (belgilash) huquqini
beruvchi shart. Masalan, hayotning o‘rtacha davomiyligi 73,6 yil
bo‘lganda qarilik bo‘yicha pensiya huquqi erkaklarda 60 yoshda,
ayollarda esa – 55 yoshda, mehnatning og‘ir turlarida band
bo‘lganlar uchun esa erkaklarda 50-55 yoshda, ayollarda esa –
539
• o‘limi harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish yoki ichki ishlar
organlarida xizmat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan harbiy xizmatchilar
va ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalariga va yangi
nikohga kirmagan beva xotinlariga (beva erlariga) — eng kam
oylik ish haqining 30 foizi;
• O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlarga ega
bo‘lgan shaxslarga — xizmatlarga qarab eng kam oylik ish
haqining 100 foizidan 150 foizigacha;
• O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
“O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni
qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmonni amalga oshirish masalalari haqida» 1995-yil 28-
oktyabrdagi 415-son qarorida ko‘rsatilgan tashkilotlarda ishlagan
imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan artistlarga yoshidan
qat’iy nazar — eng kam oylik ish haqining 75 foizi;
• O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
“O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni
qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-
oktyabrdagi 415-son qarorida ko‘rsatilgan lavozimlarda va
tashkilotlarda ishlagan (erkaklar uchun kamida 25 yil va ayollar
uchun kamida 20 yil) teatr, konsert tashkilotlarining artistlari va
badiiy xodimlariga, teatr va musiqa san’atining ijodiy xodimlarini
tayyorlash bilan band bo‘lgan ta’lim muassasalarining professor-
o‘qituvchilar tarkibiga va konsertmeysterlariga — eng kam oylik
ish haqining 50 foizi;
• “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni uchun ustamalar eng kam
oylik ish haqining 100 foizi miqdorida belgilanadi.
Respublika teatr-konsert tashkilotlaridan yoki teatr va musiqa
san’ati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi ta’lim muassasalaridan ishdan
bo‘shagandan so‘ng pensiyani qayta hisoblash uchun murojaat
etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab belgilanadi.
Ustama haqlardan tashqari, ishlamaydigan pensionerlarga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faxriy unvonlar uchun
to‘lovlar miqdorini oshirish to‘g‘risida” 2007-yil 17-dekabrdagi PF-
3942-son Farmoniga ilovaga muvofiq faxriy unvonlar uchun
qo‘shimcha haq, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar
pensiyasiga
esa
har
oyda
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy
538
haqining 55%i (biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100
foizidan kam bo‘lmagan miqdorda) yoshga doir pensiyaning
bazaviy miqdori hisoblanadi (bunda bugungi kunda pensiyani
hisoblash uchun qonun hujjatlarida pensiya tayinlanadigan
sanaga belgilangan eng kam oylik ish haqining o‘n baravari
miqdoridan ortiq bo‘lmagan summadagi o‘rtacha oylik ish haqi
qabul qilinadi hamda pensiya tayinlash uchun qabul qilinadigan
o‘rtacha oylik ish haqi eng kam oylik ish haqi miqdoridan kam
bo‘lgan yoki ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq mavjud
bo‘lmagan hollarda pensiya miqdori qonun hujjatlarida pensiya
tayinlashni so‘rab murojaat qilingan kunda belgilangan eng kam
oylik ish haqidan kelib chiqib mintaqaviy koeffitsiyent hisobga
olinmasdan hisoblab chiqiladi) hamda pensiyani belgilash uchun
talab qilinadigan umumiy mehnat stajidan ortiqcha bo‘lgan har bir
to‘liq yil uchun o‘rtacha oylik ish haqining 1% miqdorida
qo‘shimcha o‘rnatiladi. To‘liqsiz stajga ega bo‘linganda (bugungi
kunda kamida 7 yillik ish staji bo‘lganda) pensiyaning miqdori
erkaklarga nisbatan 25 yil va ayollarga nisbatan 20 yil qilib
belgilangan to‘liq stajlarga muvofiq ravishda tayinlangan to‘liq
pensiyalarga proportsional ravishda belgilanishi kerak. Biroq bunday
pensiyaning miqdori qonunchilikda belgilangan yoshga doir eng
kam pensiyaning 50 foizidan miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim.
Yoshga doir pensiyalar bo‘yicha quyidagi ustamalar belgilanishi
mumkin:
• I guruh urush nogironlariga — eng kam oylik ish haqining
150 foizi;
• II guruh urush nogironlariga — eng kam oylik ish haqining
125 foizi;
• ko‘rish bo‘yicha I guruh nogironlariga — eng kam oylik ish
haqining 100 foizi;
• I guruh nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 75 foizi;
• II guruh yolg‘iz nogironlariga — eng kam oylik ish haqining
50 foizi;
• urush qatnashchilariga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga
— eng kam oylik ish haqining 50 foizi;
• 1941-1945-yillardagi urush davrida front orqasida ishlagan
va harbiy majburiyatlarni bajargan shaxslarga — eng kam oylik
ish haqining 30 foizi;
535
45-50 yoshda vujudga keladi. Bu pensiyani olish uchun zarur
bo‘lgan mehnat staji erkaklar uchun 25 yil, ayollar uchun esa – 20
yil, mehnatning og‘ir turlarida band bo‘lganlar uchun bundan ham
pastroq qilib belgilangan. Demak, barcha xolis (sidqidildan) xizmat
qiluvchilar uchun bu stajga qarilik yoshiga yetgundan ancha oldin
erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |