21.6. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘ar-
masi
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“O‘zbekiston
Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot Jamg‘armasini tashkil etish
to‘g‘risida”gi 2006-yil 11-maydagi PF–3751-sonli Farmoniga
muvofiq tashkil etilgan. Jamg‘arma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
moliyaviy
muassasa
bo‘lib,
faoliyatining
asosiy
maqsadi
iqtisodiyotning
yetakchi,
eng
avvalo
bazaviy
tarmoqlarini
modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish bo‘yicha
loyihalarning
amalga
oshirilishini
ta’minlash,
shuningdek
mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda samarali tarkibiy va
investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat.
Jamg‘arma
loyihalarni
moliyalashtirish
(qo‘shma
moliyalashtirish) quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
• Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash qarori bilan
tasdiqlanadigan ro‘yxatga kiritilgan vakolatli banklarning (keyingi
o‘rinlarda — tijorat banklari) buyurtmanomalariga binoan —
muddatli, to‘lovli va qaytarish asosida kreditlar berish va kredit
liniyalarini ochish;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bo‘yicha
ayrim investitsiya loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnik-
iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun Iqtisodiyot vazirligi
buyurtmanomalariga binoan — grantlar yoki foizsiz kreditlar berish
(yiliga Jamg‘armaning o‘tgan yildagi foydasining 5 foizidan ko‘p
bo‘lmagan miqdorda);
• O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan
tijorat banklari va qarz oluvchining buyurtmanomalari bo‘yicha
520
hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari asosida —
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan imtiyozli
kreditlar berish;
• tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarning ta’sis
hujjatlariga va ularni tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarorlariga
muvofiq — yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarning ustav kapitaliga
investitsiya kiritish (korxona yoki tashkilot ustav kapitali (fondi)ning
25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda).
Shuningdek, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga ishlatilishi
mumkin:
• Moliya vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha va tegishli
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga asosan —
davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va
xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to‘lash;
• tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti qarorlari bo‘yicha — yangi zamonaviy
xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik
ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni xarid qilish uchun
imtiyozli kreditlar berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |