Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

  

Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar 

 

•  Davlat byudjeti tizimining mazmunini tushuntirib bering. 

•  Mamlakatning davlat byudjeti tizimi qanday omillarga bog‘liq 

bo‘ladi? 

•  U yoki bu mamlakatning davlat byudjeti tizimi necha bo‘g‘inli 

bo‘lishi mumkin? 

•  Davlat byudjeti tizimi qanday prinsiplarga tayanadi? 

•  Davlat  byudjeti  tizimining  yagonaligi  prinsipini  izohlab 

bering. 

•  Davlat  byudjeti  tizimining  darajalari  o‘rtasida  daromadlar  va 

xarajatlarning chegaralanganligi prinsipining mazmuni nimada? 

•  Byudjetlarning mustaqilligi prinsipining mazmuni nimada? 

•  Davlatning  byudjetdan tashqari  maxsus fondlari  byudjetlari, 

byudjetlarning  daromadlar  va  xarajatlarining  to‘liq  aks  etishi 

prinsipi nimalarni anglatadi? 

•  Byudjetlarning balansliligi prinsipini tushuntirib bering. 

•  Davlat  byudjeti  mablag‘laridan  foydalanishning  samarador-

ligi va tejamliligi prinsipining mazmunini aytib bering. 

•  Davlat  byudjeti  xarajatlarini  qoplashning  umumiyligi  prinsipi 

nimani anglatadi? 

•  Davlat  byudjeti  tizimidagi  oshkoralik  prinsipining  ma’nosini 

aytib bering. 

•  Davlat byudjetining haqqoniyligi prinsipining ma’nosi nimada? 

•  Davlat  byudjeti  mablag‘larining  manzilliligi  va  maqsadli 

xarakterdaligi prinsipi nimani nazarda tutadi? 

•  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  davlat 

byudjeti tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlarini aytib bering. 

•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va mahalliy 

hokimiyat  vakillik  organlariga  davlat  byudjeti  tizimini  boshqarish 

sohasida qanday vakolatlar xos? 

•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli 

hokimiyatlar  davlat  byudjeti  tizimini  boshqarish  sohasida  qanday 

vakolatlarga ega? 

455 


madaniy  xarakterdagi  u  yoki  bu  ehtiyojlarning  qondirilish  darajasini 

aniqlashda davlat byudjeti klassifikatsiyasi muhim rol o‘ynaydi. 

Davlat  byudjeti  ijrosi  jarayonida  ham  davlat  byudjeti 

klassifikatsiyasi  (tasnifi)  alohida  ahamiyatga  ega.  Tasdiqlangan 

davlat  byudjeti  va  davlat  byudjeti  tashkilotlarining  xarajatlar 

smetasida 

ko‘zda 

tuzilgan 

tadbirlarning 

maqsadli 

moliyalashtirilishini  ta’minlashda  u  zaruriy  shart  hisoblanadi. 

Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) moliya organlarida, davlat 

byudjeti  tashkilotlarida  va  boshqa  muassasalarda  davlat  byudjeti 

daromadlari  va  xarajatlarining  sintetik  va  analitik  hisobi 

yagonaligining  asosini  tashkil  etadi.  U  O‘zbekiston  Respublikasi 

davlat  byudjetining  ijrosi  to‘g‘risidagi  hisobotni  tayyorlash  uchun 

ham zarurdir. 

Davlat  byudjeti  tasnifi  davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlarining 

daromadlari va xarajatlari, shuningdek‚ Davlat byudjeti taqchilligini 

qoplash  manbalarini  guruhlashdan  iborat  bo‘lib,  davlat  byudjeti 

tizimi  byudjetlarini  shakllantirish,  tuzish  va  ijro  etishni  tizimlash-

tirish  uchun  foydalaniladi.  Davlat  byudjeti  tasnifi  xalqaro  tasnif 

tizimlariga  muvofiq  ishlab  chiqiladi  va  O‘zbekiston  Respublikasi 

Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi

91



Davlat  byudjeti  tasnifining  asosiy  prinsiplari  to‘liqlik, 



yagonalik va o‘zaro muvofiqlikdan iboratdir

92

.  



Davlat  byudjeti  tasnifining  to‘liqlik  prinsipi  davlat  byudjeti 

jarayonining  barcha  ishtirokchilari  qamrab  olinishini  nazarda 

tutadi.  

Davlat  byudjeti  tasnifining  yagonalik  prinsipi  davlat  byudjeti 

jarayonining  barcha  ishtirokchilari  tomonidan  yagona  davlat 

byudjeti tasnifi qo‘llanilishini anglatadi.  

Davlat  byudjeti  tasnifining  o‘zaro  muvofiqligi  prinsipi  davlat 

byudjeti  tasnifining  kodlari  bir  vaqtning  o‘zida  davlat  byudjeti 

jarayonining  turli  xil  operatsiyalarini  hisobga  olish  uchun 

qo‘llanilmasligini anglatadi. 

Davlat 

byudjeti 

klassifikatsiyasi 

(tasnifi)da 

belgilangan 

daromadlar  va  xarajatlarning  iqtisodiy  guruhlanishi  byudjetni  tuzish 

va ijro etish hamda uning resurslaridan foydalanishda moliya-davlat 

byudjeti intizomiga rioya etilishini nazorat qilishga imkon beradi. 

Davlat  byudjeti  klassifikatsiyasi  (tasnifi)  tashkiliy  ahamiyatga 

ham egadirki, bu uning bo‘linmalariga muvofiq ravishda byudjetni 

tuzish  va  ijrosini  ta’minlash  borasida  katta  ishlarning  amalga 

                                                 

91

 “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 18 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. -  9-b. 



92

 “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 20 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. -  9-b. 




456 

oshirilishi  orqali  namoyon  bo‘ladi.  Bu  yana  shu  narsa  orqali 

ifodalanadiki, davlat byudjeti tasdiqlanganidan so‘ng barcha xo‘jalik 

yurituvchi  subyektlar  va  ularning  yuqori  organlari  davlat  byudjeti 

daromadlari  tushumining  to‘liqligini  ta’minlashga  va  tasdiqlangan 

byudjetdagi  klassifikatsiyaning  bo‘linmalariga  muvofiq  ravishda 

xarajatlarni amalga oshirishga majburdirlar. Demak, davlat byudjeti 

klassifikatsiyasining  tashkiliy  ahamiyati  byudjetni  rejalashtirish  va 

uning ijrosini ta’minlashga bir xilda tegishlidir. 

Tasdiqlangan davlat byudjeti qonun kuchiga ega bo‘lganligi va 

uning ko‘rsatkichlarini barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar aniq va 

to‘liq  bajarishga  majbur  bo‘lganligi  uchun  davlat  byudjeti 

klassifikatsiyasi huquqiy ahamiyat ham kasb etadi. 

Davlat 


byudjeti 

klassifikatsiyasi 

(tasnifi) 

o‘z 


ichiga 

quyidagilarni oladi

93



•  davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifini; 



•  davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifini; 

•  Davlat  byudjeti  defitsiti  (taqchilligi)ni  qoplash  manbalari 

tasnifini o‘z ichiga oladi. 

Davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlari  daromadlarining  tasnifi 

tuzilmasi quyidagilardan iborat

94



•  davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va 

darajalari tasnifi; 

•  daromadlarning turlari; 

•  tashkiliy tasnif; 

•  hududiy tasnif. 

Davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlari  mablag‘larining  manbalari 

va  darajalari  tasnifi  kelib  tushayotgan  daromadlarning  tegishli 

mablag‘lar  manbalariga  va  ushbu  byudjetlar  darajalariga 

mansubligini  aniqlash  uchun  qo‘llaniladi.  Daromadlarning  turi 

bo‘lim,  paragraf  va  daromad  tipidan  iboratdir.  Daromadlar  bo‘limi 

daromadlarni  ularni  olish  manbalari  bo‘yicha  kodlashdan  iborat 

bo‘ladi.  Daromadlar  paragrafi  soliqlar  va  boshqa  majburiy 

to‘lovlarni,  shuningdek‚  soliq  bo‘lmagan  to‘lovlarni  ularni  undirish 

bazasi  bo‘yicha  kodlashdan  iborat  bo‘ladi.  Daromad  tipi  davlat 

byudjeti tizimi byudjetlari daromadining aniq turidan iborat bo‘ladi. 

Tashkiliy  tasnif  kelib  tushayotgan  daromadlarning  ana  shu 

daromadlarni  ma’muriy  jihatdan  idora  qiluvchi  tegishli  organga 

mansubligini  identifikatsiyalash  maqsadida  qo‘llaniladi.  Hududiy 

tasnif  kelib  tushayotgan  daromadlarning  ushbu  daromadlar 

                                                 

93

 “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 19 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. -  9-b. 



94

 “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 21 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. -  9-b. 

457 

shakllantirilayotgan yoxud o‘tkazib berilayotgan tegishli ma’muriy-



hududiy  birlikka  mansubligini  identifikatsiyalash  maqsadida 

qo‘llaniladi. 

Davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifi davlat 

byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat bo‘ladi va 

ularning  yo‘nalishini  aks  ettiradi.  Davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlari 

xarajatlari tasnifining tuzilmasi quyidagilardan iborat

95



•  davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag‘larining manbalari va 



darajalari tasnifi; 

•  vazifa jihatidan tasnif; 

•  tashkiliy tasnif; 

•  iqtisodiy tasnif; 

•  hududiy tasnif. 

Davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlari  mablag‘larining  manbalari 

va  darajalari  tasnifi  amalga  oshirilayotgan  xarajatlarning  tegishli 

mablag‘lar  manbalari  va  byudjetlar  darajalariga  mansubligini 

aniqlash  uchun  qo‘llaniladi.  Xarajatlarning  vazifa  jihatidan  tasnifi 

davlat  funksiyalarini  bajarish  uchun  mablag‘lar  yo‘nalishini  aks 

ettiruvchi  xarajatlarni  guruhlashdir.  Xarajatlarning  tashkiliy  tasnifi 

davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlarining  mablag‘larini  taqsimlovchilar 

bo‘yicha  kodlashdan  iborat  bo‘ladi.  Xarajatlarning  iqtisodiy  tasnifi 

xarajatlarni  iqtisodiy  yo‘nalishiga  ko‘ra  kodlashdan  iborat  bo‘ladi. 

Hududiy  tasnif  davlat  byudjeti  tashkilotlarining  va  davlat  byudjeti 

mablag‘lari  oluvchilarning  tegishli  ma’muriy-hududiy  birlikka 

mansubligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. 

Davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlarining  iqtisodiy  belgilar 

bo‘yicha xarajatlari quyidagi xarajatlar guruhlarini o‘z ichiga oladi

96



birinchi  guruh  —  ish  haqi,  pensiyalar,  nafaqalar, 

stipendiyalar,  kompensatsiya  to‘lovlari  va  kam  ta’minlangan 

oilalarga moddiy yordam; 

ikkinchi guruh — ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;  

uchinchi  guruh  —  kapital  qo‘yilmalar  (rivojlanish  davlat 

dasturlarida  nazarda  tutilgan  aniq  yo‘naltirilgan  ro‘yxatlarga 

muvofiq); 

to‘rtinchi guruh — boshqa xarajatlar.  

 

 

 



                                                 

95

 “O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” 22 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. -  9-b. 



96

  



480 

bosqichma-bosqich,  tayinlash  sertifikatini  muayyan  davrga  va 

tegishli summaga rasmiylashtirish yo‘li bilan: 

•  Respublika  byudjetidan  moliyalashtiriladigan  tashkilotlar 

bo‘yicha – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan; 

•  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  byudjetidan  yoki  mahalliy 

byudjetlardan  moliyalashtiriladigan  tashkilotlar  bo‘yicha  –  tegishli 

moliya organlari tomonidan sarflanadi. 

Tayinlash  sertifikatlarini  tayyorlash,  rasmiylashtirish,  berish, 

ijro etish va hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya 

vazirligi tomonidan belgilanadi. 

Davlat 


byudjetining 

ijrosini 

ta’minlash 

jarayonida 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  byudjeti  va  barcha  darajadagi 

mahalliy  byudjetlar  hisobvaraqlaridagi  davlat  byudjeti  mablag‘lari 

qoldiqlari  tasdiqlangan  miqdorda  aylanma  kassa  mablag‘i 

me’yorini  shakllantirishga  yo‘naltirilishi  kerak.  Qoldiqlarning 

aylanma  kassa  mablag‘i  me’yorining  tasdiqlangan  miqdoridan 

ortiq  qismi  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashining 

hamda tegishli hokimliklarning  qaroriga  ko‘ra qo‘shimcha xarajat-

larni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin. 

Davlat  byudjeti  tashkilotlari  hisobvaraqlaridagi  davlat  byudjeti 

mablag‘lari  qoldiqlari  olib  qo‘yilmasligi  va  davlat  byudjeti 

tashkilotlarining  maxsus  mablag‘lari  hisobvaraqlariga  o‘tkazilmog‘i 

lozim (kapital qo‘yilmalarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan 

mablag‘lar  bundan  mustasno).  Davlat  byudjeti  tashkilotlarining 

maxsus mablag‘larini shakllantirish va sarflash tartibi O‘zbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 

Ayrim  vaziyatlarda  turli  sabablarga  ko‘ra  yil  boshlangunga 

qadar  kelgusi  moliya  yili  uchun  davlat  byudjeti  qabul  qilinmasligi 

mumkin.  U  holda  davlat  byudjeti  qabul  qilingunga  qadar  bo‘lgan 

davrda  davlat  xarajatlari  quyidagi  shartlarga  rioya  etilgan  holda 

amalga oshirilishi mumkin: 

•  boshlangan 

moliya 


yilidagi 

xarajatlar 

O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilangan  tartibda 

davlat  byudjeti  mablag‘larining avvalgi moliya yili so‘nggi 3 oyining 

uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda har oyda amalga 

oshirilmog‘i lozim; 

•  avvalgi  moliya  yilida  qilinmagan  davlat  byudjeti  xarajatlari 

amalga oshirilmasligi kerak; 

•  avvalgi  moliya  yilida  amalda  bo‘lgan  soliqqa  tortish  va 

majburiy  to‘lovlarni  to‘lash  tartibi  davlat  byudjeti  qabul  qilingunga 

qadar o‘z kuchini yo‘qotmasligi zarur. 

465 

tegishli byudjetlar loyihalarini tayyorlash uchun — tuman va 



shahar hokimlariga; 

davlat  byudjeti  so‘rovlarini  tuzish  uchun  —  Qora-

qalpog‘iston 

Respublikasining 

respublika 

byudjetidan, 

viloyatlarning  viloyat  byudjetlaridan  va  Toshkent  shahrining 

shahar 


byudjetidan 

moliyalashtiriladigan 

davlat 

byudjeti 

tashkilotlari  hamda  davlat  byudjeti  mablag‘lari  oluvchilarga 

yuboradi. 

Tuman  va  shahar  hokimlari  kelgusi  davr  uchun  davlat 

byudjeti  so‘rovini  tuzish  tartibini  olgandan  so‘ng  uch  ish  kuni 



ichida  tegishli  byudjetlar  loyihalarini  tuzish  to‘g‘risida  va  ularni 

tayyorlash muddatlarini belgilash haqida qarorlar qabul qiladi. 

Tumanlar  va  shaharlar  hokimliklarining  moliya  bo‘limlari 

qarorlar  qabul  qilinganidan  so‘ng  uch  ish  kuni  ichida  kelgusi 

davr  uchun  davlat  byudjeti  so‘rovini  tuzish  tartibini  tumanlar  va 

shaharlar 

byudjetidan 

moliyalashtiriladigan 

davlat 

byudjeti 

tashkilotlariga  va  davlat  byudjeti  mablag‘lari  oluvchilarga  davlat 

byudjeti so‘rovlarini tuzish uchun yuboradi. 

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarini 

tuzish  jarayonida  davlat  byudjeti  so‘rovining  juda  katta  ahamiyati 

bor.  

Davlat byudjeti so‘rovi o‘z tarkibiga: 



-  davlat  byudjeti  tashkilotining,  davlat  byudjeti  mablag‘lari 

oluvchining  va  davlat  byudjeti  mablag‘larini  taqsimlovchining 

davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlari  mablag‘laridan  foydalanish  bilan 

bog‘liq  faoliyatining  miqdor  va  sifat  ko‘rsatkichlarini  o‘z  ichiga 

oluvchi,  o‘tgan  yilda  erishilgan  natijalar  va  joriy  yilda  kutilayotgan 

natijalar to‘g‘risidagi tahliliy hisobotni;  

•  xarajat  majburiyatlarining  ularni  kiritish  (ijro  etish)  uchun 

asos  bo‘ladigan  hamda  moliyalashtirish  manbalari  va  amal  qilish 

muddatlarini  belgilaydigan  normativ-huquqiy  hujjatlar,  shartno-

malar va (yoki) ularning alohida qoidalari ko‘rsatilgan reestrini; 

•  davlat  byudjeti  mablag‘larini  taqsimlovchining  rivojlantirish 

dasturini;  

•  davlat  byudjeti  mablag‘larini  taqsimlovchining  rivojlantirish 

dasturi bilan uzviy bog‘liq holda tuzilgan kelgusi davr uchun davlat 

byudjeti buyurtmasini o‘z ichiga oladi. 

Tumanlar  va  shaharlar  byudjetidan  moliyalashtiriladigan 

davlat  byudjeti  tashkilotlari  va  davlat  byudjeti  mablag‘lari 



466 

oluvchilar bo‘yicha davlat byudjeti so‘rovini ko‘rib chiqish tumanlar 

va  shaharlar  hokimliklarining  moliya  bo‘limlari  tomonidan, 

Qoraqalpog‘iston 

Respublikasining 

respublika 

byudjetidan, 

viloyatlarning  viloyat  byudjetlaridan  va  Toshkent  shahrining 

shahar 

byudjetidan 

moliyalashtiriladigan 

davlat 


byudjeti 

tashkilotlari  va  davlat  byudjeti  mablag‘lari  oluvchilar  bo‘yicha, 

shuningdek‚  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlari  loyihalari  bo‘yicha 

davlat  byudjeti  so‘rovini  ko‘rib  chiqish  Qoraqalpog‘iston  Respub-

likasi 

Moliya 


vazirligi, 

viloyatlar 

va 

Toshkent 



shahar 

hokimliklarining  moliya  boshqarmalari  tomonidan,  O‘zbekiston 

Respublikasining  respublika  byudjetidan  moliyalashtiriladigan 

tasarrufdagi  davlat  byudjeti  tashkilotlari  va  davlat  byudjeti 

mablag‘lari  oluvchilar  bo‘yicha  davlat  byudjeti  so‘rovlarini  ko‘rib 

chiqish 


esa 

davlat 


byudjeti 

mablag‘larini 

taqsimlovchilar 

tomonidan  amalga  oshiriladi.  Davlat  byudjeti  mablag‘larini 

taqsimlovchilar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar 

va  Toshkent  shahar  mahalliy  byudjetlari  loyihalari,  shuningdek 

davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari loyihalari bo‘yicha davlat 

byudjeti so‘rovlarini ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Moliya 

vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Davlat 


soliq 

qo‘mitasi, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  bojxona  qo‘mitasi  va  boshqa 

vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari  hamda  idoralarning  Davlat  byudjeti 

loyihasining  daromad  qismi  bo‘yicha  takliflarini  ko‘rib  chiqish 

O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tomonidan  amalga 

oshiriladi. 

Davlat byudjeti so‘rovlari ko‘rib chiqilayotganda O‘zbekiston 

Respublikasi 

Moliya 


vazirligiga 

davlat 


byudjeti 

so‘rovlari 

olinganidan  keyin  o‘n  ish  kuni  ichida  quyidagilarga  yozma 

bildirishlar yuborish huquqi beriladi: 

•  davlat  byudjeti  mablag‘larini  taqsimlovchilarga  va  davlat 

maqsadli  jamg‘armalarini  taqsimlovchi  organlarga  —  amalga 

oshirish  uchun  asoslar  mavjud  bo‘lmagan,  ijtimoiy-iqtisodiy 

samaradorligi  past  bo‘lgan,  davlat  byudjeti  daromadlarining 

tegishli  o‘sishi  bilan  ta’minlanmagan  xarajatlarni  kamaytirish 

to‘g‘risida,  shuningdek‚  davlat  byudjeti  tashkilotlari  va  davlat 

byudjeti 

mablag‘lari 

oluvchilar 

faoliyatining 

samaradorlik 

ko‘rsatkichlari  pasaygan  hollarda  xarajatlarni  maqbullashtirish 

haqida; 

479 


•  davlat  byudjeti  majburiyatlarining  limitlari  to‘g‘risidagi 

xabarnomani  tasdiqlash  va  uni  davlat  byudjeti  mablag‘larini 

oluvchilar va taqsimlovchilarga yetkazish; 

•  davlat  byudjeti  mablag‘larini  oluvchilarning  pulli  majbu-

riyatlarini qabul qilish. 

Byudjetni  xarajatlar  bo‘yicha  ijro  etish  har  bir  bosh 

taqsimlovchi  (quyi  idoralar  va  davlat  byudjeti  mablag‘larini 

oluvchilar  bo‘yicha  davlat  byudjeti  mablag‘larini  taqsimlash 

huquqiga  ega  bo‘lgan  davlat  hokimiyati  organlari)  va  davlat 

byudjeti  mablag‘larini  taqsimlovchilar  (idoraviy  belgisi  bo‘yicha 

davlat 

byudjeti 

mablag‘larini 

oluvchilarga 

davlat 

byudjeti 

mablag‘larini  taqsimlash  huquqiga  ega  bo‘lgan  davlat  hokimiyati 

organlari  yoki  mahalliy  o‘zini-o‘zi  boshqarish  organlari)  uchun 

G‘aznachilikning  yagona  hisob  registrida  ochiladigan  shaxsiy 

hisobvaraqlaridan foydalanish yordamida amalga oshiriladi. 

G‘aznachilik tizimi byudjetga kelib tushayotgan daromadlar va 

davlat  byudjeti  defitsitini  moliyalashtirish  manbalaridan  tushumlar 

bilan  bog‘liq  bo‘lgan  barcha  operatsiyalarni,  shuningdek,  davlat 

byudjeti  xarajatlarini  moliyalashtirish  va  sanksiyalashtirishni

 

o‘zining Bosh daftarida qayd etadi. 



Davlat byudjeti daromadlari qismining ijrosini soliqlar va boshqa 

to‘lovlarni  byudjetga  undirish  bilan  shug‘ullanadigan  O‘zbekiston 

Respublikasi  Davlat  soliq  qo‘mitasi  va  O‘zbekiston  Respublikasi 

Davlat bojxona qo‘mitasi hamda ularning quyi organlari ta’minlaydi. 

Moliyaviy  yil  joriy  yilning  31-dekabrida  nihoyasiga  yetishi 

kerak.  Davlat  byudjeti  majburiyatlarining  limitlari  ham  o‘zlarining 

harakatini  31-dekabrda  to‘xtatadi.  Odatda, 25-dekabrdan  so‘ng 

pulli  majburiyatlarning  qabul  qilinishiga  yo‘l  qo‘yilmasligi  kerak. 

Davlat  byudjetining  ijrosiga  oid  foydalanilgan  hisobvaraqlar  31- 

dekabrda yopilishi zarur. 

Davlat  byudjetining  ijrosini  ta’minlash  jarayonida  uning 

daromadlarini  shakllantirish  O‘zbekiston  Respublikasining  “Byudjeti 

kodeksi”,  “Soliq  kodeksi”, “Bojxona  kodeksi”  va  boshqa  qonun 

hujjatlariga 

muvofiq 

amalga 


oshiriladi. 

Bunda 


hisoblab 

chiqarilgan,  biroq  joriy  yilning  31-dekabrigacha  davlat  byudjetiga 

to‘lanmagan daromadlar kelgusi yilda davlat byudjetiga  o‘tkazilishi 

kerak. 


Tasdiqlangan davlat byudjeti mablag‘lari doirasida va xarajatlar 

smetasiga  muvofiq  davlat  byudjeti  mablag‘lari  davlat  byudjeti 

mablag‘lari 

oluvchilar 

tomonidan 

moliya 


yili 

mobaynida 




478 

shahar 


byudjetidan 

moliyalashtiriladigan 

davlat 

byudjeti 

tashkilotlari  va  davlat  byudjeti  mablag‘lari  oluvchilarning  shaxsiy 

g‘azna  hisobvaraqlari  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklarining  moliya 

boshqarmalari  tomonidan,  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlaridan 

moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti 

mablag‘lari  oluvchilarning  shaxsiy  g‘azna  hisobvaraqlari  tumanlar 

va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan ochiladi. 

Davlat byudjeti ijrosi davomida barcha operatsiyalar va davlat 

byudjetining  mablag‘lari  G‘aznachilikning

 

balans  hisobvaraqlarida 



aks  ettiriladi.  Bu  hisobvaraqlari  Markaziy  bank  va  kredit 

tashkilotlarida  joylashgan.  G‘aznachilik  tizimi

 

davlat  byudjeti 



mablag‘lariga  nisbatan  kassaning  yagonaligi  prinsipini  ta’minlaydi. 

Bu  prinsip  barcha  kelib  tushuvchi  daromadlar  va  davlat  byudjeti 

defitsitini  moliyalashtirish  manbalaridan  tushumlarni  hamda 

ko‘zda  tutilgan  barcha  xarajatlarni  amalga  oshirishni  davlat 

byudjetining  yagona  hisobvarag‘idan  amalga  oshirilishini  taqozo 

etadi.  Mamlakat  davlat  byudjeti  tizimi  barcha  darajalarining 

byudjetlari kassaning yagonaligi prinsipi asosida ijro etilishi kerak.  

Davlat 


byudjetining 

daromadlar 

bo‘yicha 

ijro 


etilishi 

quyidagilarni ko‘zda tutadi: 

•  daromadlarni  davlat  byudjetining  yagona  hisobvarag‘iga 

o‘tkazish va yozish; 

•  tasdiqlangan byudjetga muvofiq ravishda tartibga keltiruvchi 

(soluvchi) daromadlarni taqsimlash; 

•  byudjetga ortiqcha to‘langan daromadlar summasini qaytarish; 

•  davlat  byudjeti  daromadlarini  hisobga  olish  va  daromadlar 

to‘g‘risida hisobot tuzish. 

Xarajatlar  bo‘yicha  byudjetlar  ijrosi  davlat  byudjetining  yagona 

hisobvarag‘ida  davlat  byudjeti  mablag‘larining  haqiqatda  mavjudligi 

doirasida 

hamda 

moliyalashtirish 



va 

sanksiyalashtirishning 

(sanksiya  qo‘llashning)

 

ketma-ket  majburiy  amalga  oshiriladigan 



tartiblariga  rioya  qilgan  holda  amalga  oshiriladi.  Davlat  byudjeti 

xarajatlarining  ijrosi 

davomida  sanksiyalashtirishning

 

asosiy 



bosqichlari quyidagilar hisoblanadi: 

•  davlat byudjeti xarajatlari ro‘yxatini tuzish va tasdiqlash; 

•  davlat  byudjeti  mablag‘lari  to‘g‘risidagi  xabarnomani 

tasdiqlash va ularni davlat byudjeti mablag‘larini oluvchilar hamda 

taqsimlovchilarga 

yetkazish, 

shuningdek, 

davlat 


byudjeti 

tashkilotlari  va  davlat  byudjeti  mablag‘larini  taqsimlovchilarning 

daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash; 

467 


•  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyat-

lar,  Toshkent  shahar  hokimliklari  va  davlat  maqsadli  jamg‘ar-

malarini  taqsimlovchi  organlarga  –  tegishli  byudjetlar  va  davlat 

maqsadli 

jamg‘armalari 

byudjetlari 

daromadlari 

hamda 


xarajatlarining  prognozlari  asossiz  ravishda  pasaytirilgan  yoki 

oshirilgan  hollarda,  mazkur  prognozlarga  tuzatish  kiritish 

to‘g‘risida. 

Davlat 


byudjeti 

mablag‘larini 

taqsimlovchilar, 

Qora-


qalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar,  Toshkent 

shahar 


hokimliklari 

va 


davlat 

maqsadli 

jamg‘armalarini 

taqsimlovchi 

organlar 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Moliya 


vazirligining  yozma  bildirishlarini  olgandan  keyin  uch  ish  kuni 

ichida mazkur yozma bildirishlarda ko‘rsatilgan fikr-mulohazalarni 

hisobga  olgan  holda  yangilangan  davlat  byudjeti  so‘rovlarini 

taqdim etishi shart. 

Kelgusi davr uchun davlat byudjeti so‘rovlari: 

• Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetidan, 

viloyatlarning  viloyat  byudjetlaridan  va  Toshkent  shahrining 

shahar  byudjetidan,  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlaridan 

moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti 

mablag‘lari  oluvchilar  tomonidan  tegishli  moliya  organlariga, 

shuningdek‚ O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan 

moliyalashtiriladigan  tasarrufdagi  davlat  byudjeti  tashkilotlari  va 

davlat  byudjeti  mablag‘lari  oluvchilar  tomonidan  davlat  byudjeti 

mablag‘larini taqsimlovchilarga – joriy yilning 1 iyunigacha

•  davlat  byudjeti  mablag‘larini  taqsimlovchilar  tomonidan 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga – joriy yilning 1 iyuli-



gacha

•  davlat  maqsadli  jamg‘armalarini  taqsimlovchi  organlar  to-

monidan  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligiga  —  joriy 

yilning 1 iyuligacha taqdim etiladi. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Davlat 

soliq 


qo‘mitasi, 

O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  bojxona  qo‘mitasi  va  boshqa 

vazirliklar,  davlat  qo‘mitalari  hamda  idoralar  Davlat  byudjeti  va 

davlat  maqsadli  jamg‘armalari  daromadlarining  prognozi  bo‘yicha 

takliflarni  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligiga  va  davlat 

maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga — joriy yilning 




Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish