20-BOB. DAVLAT BYUDJETI JARAYONI
20.1. Davlat byudjeti jarayoni: ta’rifi, bosqichlari,
vazifalari, ishtirokchilari va prinsiplari
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish,
ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini
nazorat qilish, davlat byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi
to‘g‘risidagi hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek‚ ular
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarga davlat byudjeti jarayoni
deyiladi
97
.
Uning mazmuni mamlakatning davlat va davlat byudjeti
tuzilishi, tegishli organlar va yuridik shaxslarning davlat byudjeti
huquqlari talablari bilan belgilanadi. Shuningdek, davlat byudjeti
jarayonining mazmunini belgilashda byudjetni ishlab chiqish, tartibi,
uning normativ-huquqiy va tashkiliy asosi, mamlakat byudjetini
tuzishning nazariy va uslubiy masalalari muhim rol o‘ynaydi.
Davlat byudjeti jarayoni, odatda, davlat byudjeti faoliyatining
quyidagi to‘rt bosqichini o‘z ichiga oladi:
• davlat byudjeti loyihasini tuzish;
• byudjetni muhokama qilish va tasdiqlash;
• byudjetni ijro etish;
• davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash va
uni tasdiqlash.
Davlat byudjeti jarayonining davomiyligi yuqoridagi to‘rt
bosqichning barchasidan iborat bo‘lib, odatda, uch yilga yaqin
davom etadi. Buning bir yilga yaqini davlat byudjeti loyihasini
ishlab chiqish, uni muhokama qilish va tasdiqlashga, bir kalendar
yili (1 yanvardan 31 dekabrgacha) byudjetni ijro etishga (davlat
byudjeti davri) va besh oyi yaqini davlat byudjetining ijrosi
to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlashga va uni tasdiqlashga to‘g‘ri
keladi.
Davlat byudjeti jarayonining oldiga quyidagi muhim vazifalar
qo‘yiladi:
• alohida soliqlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha, shuningdek,
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishning
bashoratlari
va
maqsadli
97
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi”, 3 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
453
• davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari
oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar
bilan tuzilgan shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
• davlat byudjeti tizimi byudjetlarida mablag‘lar nazarda
tutilgan yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning
topshirig‘iga ko‘ra to‘lovlarni amalga oshiradi;
• davlat byudjeti tizimi byudjetlari ijrosining davlat byudjeti
hisobini yuritadi va davlat byudjeti hisobotini qabul qiladi;
• davlat qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi, O‘zbekiston
Respublikasining davlat kafolatlarini bajaradi;
• O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan insonparvarlik
yordami hamda texnik ko‘maklashish mablag‘lari hisobini yuritadi;
• davlat
byudjeti
tizimi
byudjetlari
daromadlari
va
xarajatlarining balansliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi normativ-huquqiy
hujjatlarni moliyaviy hamda iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazadi;
• o‘z vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy
hujjatlar qabul qiladi.
• O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonun hujjatlariga
muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga
oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |