452
• O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining xarajatlari
yoyilmasiga moliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritadi;
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat
byudjeti, O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti va
davlat
maqsadli
jamg‘armalari
byudjetlari
parametrlariga
o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar taqdim etadi;
• Moliya yili mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy byudjetlarining tasdiqlangan parametrlariga
o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarini ko‘rib chiqadi;
• soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ularning manbalari
kesimida to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga
oshiradi;
• davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mablag‘laridan maqsadli
foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi
hisobotlar, shuningdek‚ davlat byudjeti tashkilotlari hamda davlat
byudjeti mablag‘lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari shakllarini
va ularni taqdim etish tartibini tasdiqlaydi;
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat
byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining tegishli
davrdagi ijrosi to‘g‘risida hisobot taqdim etadi;
• byudjetdan tashqari maxsus hisobvaraqlarda zaxiralar tashkil
etadi;
• Davlat byudjetini ijro etish jarayonida unga tushumlarni
ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha zaxiralarni aniqlaydi;
• davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag‘lari
oluvchilarning xarajatlarini maqbullashtirishni amalga oshiradi;
• davlat byudjeti ssudalarini beradi;
• davlat tomonidan mablag‘lar jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasining shartnomalari va davlat kafolatlarini ro‘yxatdan
o‘tkazadi;
• davlat qarzining hisobini va monitoringini yuritadi;
• davlat byudjeti tizimi byudjetlarining kassa ijrosini yuritadi;
• davlat byudjeti tizimi byudjetlarining Yagona g‘azna
hisobvarag‘idagi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larini
boshqaradi;
461
dasturlariga muvofiq davlat byudjeti daromadlari va ularning
umumiy hajmini aniqlash;
• maqsadga mo‘ljallanganligi bo‘yicha, shuningdek, byudjetda
ko‘zda tutilgan umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan barcha
tadbirlarni uzluksiz moliyalashtirish ehtiyojini inobatga olgan holda
davlat byudjeti xarajatlari va ularning umumiy hajmini belgilash
(o‘rnatish);
• iqtisodiyotdagi inflyatsion tendensiyalar va pul-kredit
tanazzulini bartaraf etishga, milliy pul birligining barqarorligini
ta’minlashga yo‘naltirilgan moliyaviy baqarorlashtirishning umumiy
dasturini davlat byudjeti bilan muvofiqlashtirish;
• iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan manbalar
hisobidan davlat byudjeti defitsitiga barham berish yoki uni
qisqartirish;
• muvozanatlashtirilgan bozor sari keskin taraqqiyotga erishish
maqsadida barcha moddiy va moliyaviy rezervlarni qidirib topish;
• iqtisodiy mintaqalar, xo‘jalik sohalari va byudjetlar o‘rtasida
davlat daromadlarining manbalarini qayta taqsimlash yo‘li bilan
turli darajadagi byudjetlarni balanslashtirish maqsadida byudjetli
tartibga solishni amalga oshirish;
• keng ko‘lamli barcha ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning
balansliligi va proporsionalligini ta’minlashga imkon beradigan
istiqbolli byudjetni rejalashtirishning rolini oshirish;
• soliq
majburiyatlarini
bajarishda
alohida
fuqarolar
daromadlari va yuridik shaxslarning moliyaviy faoliyatlari ustidan
nazoratni ta’minlash;
• zamonaviy elektron hisoblash texnikalaridan keng
foydalanish
asosida
va
moliyaviy
hisob-kitoblarning
avtomatlashtirilgan tizimi orqali byudjetlarni tuzish va ijro etish
jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqalar.
Umumiy tarzda, davlat byudjeti jarayonining ishtirokchilari
quyidagilar hisoblanadi:
• mamlakat Prezidenti va qonunchilik (vakillik) hokimiyat
organlari;
• ijroiya hokimiyat organlari (mamlakat subyektlarining yuqori
mansabdor shaxslari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari
rahbarlari, moliya organlari, davlat byudjeti daromadlarini undirish
bilan shug‘ullanadigan organlar va boshqa vakolatli organlar);