Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

Davlat  krediti

84

.  Hozirgi  paytda  sarflangan  mablag‘lari 

byudjetga 

qaytarilmaydigan 

(tiklanmaydigan) 

byudjetdan 

moliyalashtirish  bilan  bir  qatorda  davlat  kreditlarini  berish  orqali 

korxonalarni  kreditlashtirish  rivojlana  boshladi.  Davlat  byudjeti 

kreditlari  tijorat  banklari  kreditlari  va  davlat  byudjeti  mablag‘lari 

o‘rtasida  oraliq  holatni  egallaydi.  Bir  tomondan,  byudjetdan 

moliyalashtirishdan  farqli  ravishda  bu  kreditlar  qaytarilish  va 

tiklanish  sharti  bilan  berilsa,  ikkinchi  tomondan,  bu  ssudalar 

bo‘yicha  foizlar  umuman  olinmaydi  yoki  olinsa,  ularning  darajasi 

bank kreditlarining foizlari darajasidan ancha past bo‘ladi. 

Davlat  byudjeti  kreditlari  davlat  korxonalariga  va  shuningdek, 

xususiy yuridik shaxslarga ham berilishi mumkin. Birinchi holatda 

davlat  byudjeti  kreditlari  byudjetda  ko‘zda  tutilgan  limitlar 

chegarasida  va  shartlarda  taqdim  etiladi.  Ikkinchi  holatda  esa 

davlat  byudjeti  krediti  shartnoma  asosida  va  faqat  qarz  oluvchi 

tomonidan  kreditni  qaytarish  bo‘yicha  o‘z  majburiyatini  bajarish 

borasida  ta’minot  ta’minlangan  shartdagina  berilishi  mumkin. 

Davlat byudjeti kreditini qaytarish bo‘yicha majburiyatni ijro etishni 

ta’minlashning usullari faqat berilayotgan bu kreditning 100% dan 

kam bo‘lmagan miqdordagi bank kafolatlari, mol-mulk garovi, shu 

jumladan,  aksiyalar,  boshqa  qimmatli  qog‘ozlar,  badallar 

ko‘rishidagi  garovlar  va  boshqalar  bo‘lishi  mumkin. Majburiyatlarni 

ijro etish ta’minoti yuqori darajadagi likvidlikka ega bo‘lgan bo‘lishi 

kerak.  Moliya  organlari  tomonidan  qarz  oluvchining  moliyaviy 

                                                 

84

 Aslida bu yerda Davlat byudjeti hisobidan beriladigan kreditlar nazarda tutiladi. Shuning uchun biz bu o‘rinlarda 



“davlat  krediti”  bilan  bir  paytning  o‘zida  “davlat  byudjeti  krediti”  tushunchasining  ishlatilishini  ham  o‘rinli  deb 

hisoblaymiz. 




440 

ahvolini  oldindan  tekshirish  va  oldin  berilgan  davlat  byudjeti 

kreditlari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarning mavjud 

emasligi  davlat  byudjeti  kreditlarini  taqdim  etishning  majburiy 

shartlaridir. 

Navbatdagi yil uchun davlat byudjeti tasdiqlanayotgan paytda 

davlat  byudjeti  kreditlari  berilayotgan  maqsadlar,  ularni  taqdim 

etishning  shartlari  va  tartibi  ko‘rsatiladi.  Bir  vaqtning  o‘zida  ana 

shular bilan birgalikda davlat byudjeti yili doirasidagi muddatda va 

undan  chetga  chiqadigan  muddatlarda  taqdim  etilishi  mumkin 

bo‘lgan  davlat  byudjeti  kreditlarining  limitlari  hamda  qarz  oluvchi 

subyektlar bo‘yicha cheklanmalar o‘rnatiladi. 




Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish