Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


va  davlat  byudjeti  xarajatlarining  turkumlanishiga  muvofiq



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

va  davlat  byudjeti  xarajatlarining  turkumlanishiga  muvofiq, 

kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar 

davlat byudjetining joriy xarajatlari deyiladi.  

Aniqroq  ravishda  davlat  byudjetining  joriy  xarajatlari  tarkibi 

quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 

•  davlat iste’moli xarajatlari (iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmani, 

milliy  xo‘jalikning  davlat  tarmoqlarini  saqlash,  fuqarolik  va  harbiy 

xarakterdagi 

tovarlar 

va 


xizmatlarni 

sotib 


olish, 

davlat 


muassasalarining joriy xarajatlari); 

•  hokimiyatning  quyi  organlari,  davlat  korxonalari  va  xususiy 

korxonalarga joriy subsidiyalar; 

•  transfert to‘lovlari; 

•  davlat qarzlari bo‘yicha foizlarni to‘lash; 

•  boshqa xarajatlar. 

Bu  xarajatlar  oddiy  byudjetda  yoki  joriy  xarajatlar  va 

daromadlar byudjetida aks etgan xarajatlarga mos keladi. 

Takror  ishlab  chiqarishdagi  roliga  ko‘ra  davlat  byudjeti 

xarajatlari  milliy  iqtisodiyotga  (xo‘jalikka)  qilinadigan  xarajatlar  va 

ijtimoiy 

soha 


hamda 

aholini 


ijtimoiy 

qo‘llab-quvvatlash 

xarajatlariga  bo‘linadi.  Bu  xarajatlarga,  eng  avvalo,  davlat 

korxonalari  va  davlat  ulushi  bor  bo‘lgan  korxonalarning  ustav 

kapitalini shakllantirish, ularni yanada kengaytirish va rivojlantirish, 

davlat  moddiy  zaxiralarini  yaratish  xarajatlari  kiradi.  Davlat 

byudjetining ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 

xarajatlari  ham  ijtimoiy  jihatdan  zarur  bo‘lgan  xarajatlardir.  Bu 

xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish bilan bog‘liq. Ularning  bir 

qismi jamiyat a’zolarining individual ehtiyojlarini, boshqa bir qismi 

esa  butun  jamiyatning  ehtiyojlarini  qondirishga  mo‘ljallangan.  Bu 

yerda  davlat  byudjeti  xarajatlari  ijtimoiy  iste’mol  fondlarini 

(mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar) 

shakllantirishni  to‘liq,  shaxsiy  iste’mol  fondlarini  esa  qisman 

(markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar bilan birgalikda) ta’min-

laydi.  Shu  bilan  birgalikda,  davlat  byudjeti  mablag‘larining  katta 

qismi  shaxsiy  iste’mol  fondlarining  ijtimoiy  iste’mol  fondlariga 

(maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat  va sport,  fan,  ijtimoiy  sug‘urta 

va  ijtimoiy  ta’minot,  aholi  uchun  ijtimoiy  ahamiyat  kasb  etgan 

xizmatlar  bahosi  o‘rtasidagi  farqlarni  qoplash,  ko‘p  bolali  va  kam 

ta’minlangan  oilalarga  nafaqalar  fondlari  va  boshqalar)  tegishli 

bo‘lgan qismini shakllantirishda keng foydalaniladi. 




408 

Funksional  nuqtayi  nazardan  davlat  byudjeti  xarajatlarining 

tasniflanishi 

pul 


mablag‘larini 

ijtimoiy 

faoliyat 

sohalariga 

yo‘naltirilganligini  aks  ettiradi.  Bunda  davlat  byudjeti  xarajatlari 

quyidagi yirik guruhlarga bo‘linishi mumkin: 

•  davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish; 

•  sud hokimiyati; 

•  xalqaro faoliyat; 

•  milliy mudofaa; 

•  huquqni muhofaza qilish va davlat xavfsizligini ta’minlash; 

•  fundamental  tadqiqotlar  va  ilmiy-texnika  taraqqiyotini 

ta’minlash; 

•  sanoat, energetika va qurilish; 

•  qishloq xo‘jaligi va baliqchilik; 

•  atrof-muhitni  va  tabiiy  resurslarni  muhofaza  qilish, 

gidrometeorologiya, xaritashunoslik va geodeziya; 

•  transport, yo‘l xo‘jaligi, aloqa va informatika; 

•  uy-joy va kommunal xo‘jaligi; 

•  maorif; 

•  sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya; 

•  madaniyat, san’at va kinematografiya; 

•  ommaviy axborot vositalari; 

•  davlat qarziga xizmat qilish; 

•  boshqa darajadagi byudjetlarga moliyaviy yordam; 

•  maqsadli davlat byudjeti fondlari; 

•  davlat zaxiralari va rezervlarini to‘ldirish; 

•  ijtimoiy siyosat; 

•  boshqa xarajatlar. 

Davlat 


byudjeti 

xarajatlarining 

yuqoridagi 

tartibda 

klassifikatsiya 

qilinishi 

davlatning 

ijtimoiy 

hayotning 

turli 


jabhalaridagi rolini ko‘rsatadi. 

Davlat  byudjeti  xarajatlarining  tarmoq  belgisi  bo‘yicha 

guruhlarga  ajratishga  asos  qilib  milliy  iqtisodiyot  (xo‘jalik)ning 

umume’tirof  etilgan  tarmoqlarga  bo‘linishi  qabul  qilingan.  Shunga 

muvofiq,  davlat  byudjeti  xarajatlari  sanoat,  qishloq  xo‘jaligi, 

qurilish,  transport,  aloqa,  maorif,  sog‘liqni  saqlash,  madaniyat  va 

sport, fan, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, 

mudofaa  va  h.k.  xarajatlariga  bo‘linishi  mumkin.  Davlat  byudjeti 

xarajatlari  iqtisodiyot  tarmoqlarining  pul  fondlarini  shakllantirishda 

409 


mustahkam moliyaviy asos yaratish bilan birgalikda xarajatlarning 

tarmoqlararo  bo‘linishi  moliyaviy  resurslarni  taqsimlashdagi 

nisbatlarni  aniqlashga  ham  imkon  beradi,  milliy  xo‘jalikning 

tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yo‘nalishda o‘zgartiradi. Masalan, 

hozirgi  paytda  mamlakatimizda  yaratilgan  milliy  daromadning 

hajmi davlat byudjeti mablag‘larining katta qismini ijtimoiy soha va 

aholini  bevosita  ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlashga  yo‘naltirish  imkonini 

berayapti. 

Bir 

vaqtning 



o‘zida 

iqtisodiyotning 

ustuvor 

tarmoqlarining  (mashinasozlik,  qishloq  xo‘jaligi,  elektroenergetika 

va boshqalar) katta ko‘lamlarda byudjetdan  moliyalashtirilishi  ham 

ta’minlanayapti. 

Idoraviy belgiga ko‘ra davlat byudjeti xarajatlarining tasniflanishi 

davlat  byudjeti  mablag‘larini  oluvchi  vazirlik,  boshqa  davlat 

muassasasi  yoki  yuridik  shaxsning  ajratib  olinishiga  imkon  beradi. 

Davlat  byudjeti  xarajatlarining  ana  shunday  klassifikatsiya  qilinishi 

natijasida  boshqaruv  tizimining  o‘zgarishi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

xarajatlar tuzilmasidagi o‘zgarishlar o‘z vaqtida ko‘rsatiladi. 

Ijtimoiy 

mo‘ljallanganligi 

bo‘yicha 

davlat 


byudjeti 

xarajatlarining  iqtisodiy  guruhlarga  ajratilishi  davlatning  toifasi  va 

u  tomonidan  bajarilayotgan  funksiyalarni  o‘zida  aks  ettiradi.  Ana 

shunga  muvofiq  ravishda  davlat  byudjetining  barcha  xarajatlarini 

quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 

•  ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari; 

•  milliy xo‘jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar; 

•  mudofaa xarajatlari; 

•  boshqaruv xarajatlari; 

•  boshqa mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar taqdim etish 

xarajatlari; 

Ijtimoiy  soha  va  aholini  ijtimoiy  qo‘llab-quvvatlash  xarajatlari 

o‘z  tarkibiga  maorif,  sog‘liqni  saqlash,  madaniyat  va  sport,  fan, 

ijtimoiy  ta’minot,  aholi  uchun  ijtimoiy  ahamiyat  kasb  etgan 

xizmatlar  baholaridagi  farqlarni  byudjetdan  qoplash  va  oilalarga 

ijtimoiy  nafaqalarni  oladi.  Davlatning  ijtimoiy  funksiyasini  o‘zida 

aks  ettirib,  bu  guruhdagi  davlat  byudjetining  xarajatlari  xalq  ta’limi 

tizimini  rivojlantirish  va  takomillashtirishga,  fan  va  madaniyatni 

moliyalashtirishga,  aholining  tibbiy  xizmatga  bo‘lgan  ehtiyojini 

qondirishga,  ijtimoiy  sug‘urta  va  ijtimoiy  ta’minotni  amalga 

oshirishga keng yo‘l ochib beradi. 



432 

3)  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi, 

viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklari  buyurtmachi  bo‘lgan 

markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari; 

4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu 

jumladan: 

•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesini; 

•  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  Qora-

qalpog‘iston  Respublikasi  vazirliklari,  davlat  qo‘mitalari  va 

idoralari,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimliklari,  ularning 

boshqarmalari va bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari; 

5)  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  respublika  byudjeti-ning, 

viloyatlar  viloyat  byudjetlarining  va  Toshkent  shahri  shahar 

byudjetining zaxira jamg‘armalarini shakllantirish xarajatlari; 

6) davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yyer uchastkalarining 

olib  qo‘yilishi  munosabati  bilan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga 

yyetkazilgan zararning o‘rnini qoplash xarajatlari; 

7)  harbiy-ma’muriy  sektorga  yuklatilgan  tadbirlarni  va 

vazifalarni amalga oshirish va hal qilish xarajatlari. 

8)  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  respublika  byudjetining, 

viloyatlar  viloyat  byudjetlarining  va  Toshkent  shahri  shahar 

byudjetining 

mablag‘lari 

hisobidan 

moliyalashtiri-ladigan 

tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari. 

Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  respublika  byudje-tidan, 

viloyatlarning  viloyat  byudjetlaridan  va  Toshkent  shahrining 

shahar  byudjetidan  tumanlar  va  shaharlar  byudjetlariga  davlat 

byudjeti ssudalari, dotatsiyalar, subvensiyalar o‘tkazib beriladigan 

daromadlar va maqsadli ijtimoiy transfertlar ajratilishi mumkin. 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish