Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish 

organlari,  davlat  byudjeti  tashkilotlarining  joriy  faoliyatini 

ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat byudjeti xarajatlari, boshqa 

byudjetlar  va  iqtisodiyot  alohida  tarmoqlariga  dotatsiya, 

subsidiya  va  subvensiya  shaklida  ko‘rsatiladigan,  davlat 

tomonidan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar 

411 


tarkibiy  o‘zgarishlarni  amalga  oshirish  maqsadida  uning  ayrim 

tarmoqlarida davlat kafolati ostida davlat subsidiyalari yoki imtiyozli 

bank kreditlari ko‘rinishida tanlanma yordam ko‘rsatilayapti. 

Iqtisodiyotning  qishloq  xo‘jaligi  tarmog‘iga  byudjetdan  katta 

miqdordagi  mablag‘lar  taqdim  etilayapti.  Bu  tarmoq  ustuvor 

ravishda  qo‘llab-quvvatlanishi  lozim  bo‘lgan  soha  hisoblanadi. 

Qishloq xo‘jaligiga beriladigan subsidiyalar ikki ko‘rinishda taqdim 

etilmoqda: 

1)  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlariga  kafolatlangan  baholarni 

qo‘llab-quvvatlash; 

2)  ishlab  chiqarish  maqsadlari  –  qishloq  xo‘jaligi  mashinalari, 

mineral o‘g‘itlar sotib olish va omborxonalar qurish uchun. 

Milliy  mahsulotlarni  eksport  qiluvchi  firmalar  faoliyatiga 

byudjetdan  yordam  ko‘rsatilishi  jahon  bozorlaridagi  shiddatli 

raqobat sharoitida ularning ahvolini ancha yengillashtiradi. 

Davlatning  davlat  byudjeti  xarajatlari  orqali  iqtisodiyotga 

aralashuvi  iqtisodiy  o‘sishning  nisbatan  yuqori  sur’atlarda 

bo‘lishini  rag‘batlantiribgina  qolmasdan,  balki  uning  davriy 

tebranishini ham yumshatadi (sekinlashtiradi). 

Davlat  byudjetining  mudofaa  xarajatlari  ham  davlatning 

funksiyalaridan  kelib  chiqadi.  Ular  har  bir  davlatning  o‘z  mudofaa 

qobiliyatini  mustahkamlashi  bilan  bog‘liqdir.  Davlat  byudjeti 

mablag‘lari 

hisobidan 

Qurolli 

Kuchlarning 

barcha 

turlari 


moliyalashtiriladi. 

Harbiy  (mudofaa)  xarajatlar(i)  to‘g‘ri  (bevosita)  va  egri 

(bilvosita) xarajatlarga bo‘linadi. To‘g‘ri (bevosita) harbiy xarajatlar 

strategik  qurollarni  ishlab  chiqarish  yoki  sotib  olish,  Qurolli 

Kuchlarning  shaxsiy  tarkibini  tayyorlash  va  saqlash,  harbiy 

xarakterdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish xarajatlaridan 

iborat  bo‘lishi  mumkin.  Bu  turdagi  mudofaa  xaraatlari  urush 

harakatlari  sodir  etilayotgan  paytda  va  mamlakat  iqtisodiyotining 

militarizatsiyalashuvi sharoitida keskin oshadi.  

Egri  (bilvosita)  harbiy  xarajatlariga  urush  nogironlari  va  vafot 

etganlar  oilalariga  beriladigan  pensiya  va  nafaqalar,  fuqarolik 

idoralarining 

moddalari 

bo‘yicha 

o‘tadigan 

xarajatlarning 

(masalan, yo‘l va strategik obyektlarni qurish xarajatlari) bir qismi 

kiradi.  

Davlat tomonidan boshqaruv shaklidagi faoliyat turining amalga 

oshirilishi,  uning  xo‘jalik-tashkilotchilik  funksiyasi  byudjetdan 




410 

Mamlakatimizda  davlat  tomonidan  kafolatlangan  ta’lim  va 

sog‘liqni  saqlash  xizmatlarining  tekin  (bepul)  ekanligi  hamon 

ustuvorligicha  qolayapti.  Umumiy  ta’limni  tekin  va  kasbiy  ta’limni 

tanlov  asosida  olish  kafolatlangan.  Aholining  kam  ta’minlangan 

qatlamlarini  ijtimoiy  himoya  qilishga  katta  e’tibor  berilmoqda.  Ish 

haqining  eng  kam  darajasini  oshirish,  ishsizlik  bo‘yicha  berilishi 

lozim  bo‘lgan  nafaqalarning  miqdorini  ko‘paytirish,  maktab 

yoshigacha  bo‘lgan  bolalar,  maktab  o‘quvchilari,  studentlarning 

ovqatlanish  xarajatlarini  kompensatsiya  qilish,  davlat  byudjeti 

tashkilotlari  xodimlarining  ish  haqini  tartibga  solish  bo‘yicha 

choralar ko‘rilmoqda. 

Iqtisodiyotga  byudjetdan  xarajatlarning  qilinishi  davlatning 

hamon  xo‘jalik  yurituvchi  asosiy  subyektlardan  biri  ekanligidan 

darak beradi. Aynan bu xarajatlar katta ko‘lamlarda  yangi sanoat 

korxonalarini qurish, zamonaviy industrial asosda qishloq xo‘jaligi 

ishlab chiqarishini rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning 

boshqa  tarmoqlarini  texnikaviy  qayta  qurollanishini  ta’minlashga 

imkon  yaratadi.  Shuning  uchun  ham  hozirgi  sharoitda  davlat 

byudjetining  bu  xarajatlari  orasida  iqtisodiyotga  xarajatlar  va 

markazlashtirilgan  investitsiyalarni  moliyalashtirish  xarajatlari 

alohida o‘rin egallaydi. 

Hozirgi  sharoitda  takror  ishlab  chiqarish  jarayonlariga  va 

ishlab  chiqarish  kuchlarini  rivojlantirishga  davlat  byudjetining 

ma’lum  maqsadlarga  yo‘naltirilgan  ta’sirchanligi  kuchaymoqda. 

Davlat  byudjeti  xarajatlari  iqtisodiyot  rivojiga  rag‘batlantiruvchi 

ta’sir  ko‘rsatadi.  Shuning  uchun  ham  jahonning  ko‘pgina 

mamlakatlaridagi  (masalan,  Germaniya,  Yaponiya,  Janubiy 

Koreya,  Tayvan  va  boshqa  mamlakatlarda)  “iqtisodiy  mo‘jiza” 

aynan  davlatning  moliyaviy  qo‘llab-quvvatlashi  natijasida  sodir 

bo‘ldi. 

Davlat  byudjetining  iqtisodiyotga  yo‘naltirilgan  xarajatlari 

tarkibi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, iqtisodiy 

va ijtimoiy infratuzilma, qishloq xo‘jaligini va iqtisodiyotning davlat 

tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash, milliy xo‘jalikning ayrim tarmoqlari 

va  mamlakat  mintaqalarida  bandlikni  ta’minlash,  eksportni 

rag‘batlantirish xarajatlaridan iborat. 

Keyingi  yillarda  davlat  kapital  qo‘yilmalarining  hajmi  keskin 

oshmoqda.  Xususiy  firmalarga,  ayniqsa,  taraqqiyot  mintaqalariga 

berilayotgan  subsidiyalar  miqdori  ko‘paymoqda.  Iqtisodiyotda 

407 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish