Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


-BOB.  DAVLAT BYUDJETI XARAJATLARI



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

 

18-BOB.  DAVLAT BYUDJETI XARAJATLARI 

   

18.1.  Davlat byudjeti xarajatlari: mazmun-mohiyati, 

tarkibi, tuzilmasi va tasniflanishi 

 

Davlatning  funksiyalari  va  vazifalarini  bajarish  uchun 

sarflanadigan  mablag‘lar  davlat  byudjeti  xarajatlari  deyiladi. 

Bu 


xarajatlar 

davlatning 

markazlashtirilgan 

pul 


fondlari 

mablag‘laridan  turli  yo‘nalishlar  bo‘yicha  foydalanish  jarayonida 

vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. 

Davlat  byudjeti  xarajatlari  umumiy  moliyaviy  kategoriya 

bo‘lgan  davlat  byudjetining  ko‘rinishlaridan  (tarkibiy  qismlaridan) 

biri  bo‘lib,  unga  tegishli  bo‘lgan  umumiy  xususiyatlarga  egadir, 

ya’ni  ular  taqsimlash  xarakteriga  ega,  ifodalanishning  pul  shakli 

xos,  pul  fondlarining  amal  qilishi  bilan  bog‘langan  va  davlat 

tomonidan  tashkil  qilinadi.  Shu  bilan  birgalikda  davlat  byudjeti 

xarajatlari  bir  butunning  o‘ziga  xos  qismi  bo‘lganligi  uchun  ular 

davlatning 

markazlashtirilgan 

pul 

fondlari 



mablag‘laridan 

foydalanish  va  tegishli  fondlarni  shakllantirish  bilan  bog‘liqdir.  Bu 

taqsimlash  munosabatlarining  moddiy-buyumlashgan  shakli  turli 

sohalarga  yo‘naltirilayotgan  davlat  byudjeti  mablag‘larining 

harakatidan iborat. 

Davlat  byudjeti  xarajatlarining  iqtisodiy  mazmun-mohiyati 

uning  turli-tuman  ko‘rinishlari  (turlari)  orqali  namoyon  bo‘ladi. 

Xarajatlarning 

har 

bir 


turi 

o‘zining 

miqdoriy 

va 


sifat 

xarakteristikasiga  ega.  Ularning  sifat  xarakteristikasi  voqelikning 

iqtisodiy 

tabiatini 

ifodalab, 

davlat 


byudjeti 

xarajatlarining 

mo‘ljallanganligini,  miqdoriy  xarakteristika  esa  ularning  miqdorini 

aniqlashga imkon beradi. 

Davlat  byudjeti  xarajatlari  konkret  turlarining  xilma-xilligi 

quyidagi  omillarning  mavjudligi  bilan  belgilanadi:  davlatning 

iqtisodiy  tabiati  va  funksiyalari;  mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy 

taraqqiyot  darajasi;  davlat  byudjetining  milliy  iqtisodiyot  bilan 

bog‘langanligi;  iqtisodiy  munosabatlarning  rivojlanganlik  darajasi; 

davlat byudjeti mablag‘larining namoyon bo‘lish shakllari va h.k. Bu 

omillarning  qo‘shilishi  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotning  ma’lum  bir 

bosqichida  har  qanday  davlat  byudjeti  xarajatlarining  u  yoki  bu 

tizimini vujudga keltiradi. 



406 

Jamiyatning  iqtisodiy  hayotida  davlat  byudjeti  xarajatlarining 

roli  va  ahamiyatini  aniqlash  uchun  ularni  ma’lum  belgilarga  ko‘ra 

tasniflash  (klassifikatsiya  qilish)  maqsadga  muvofiq.  Nazariya  va 

amaliyotda  davlat  byudjeti  xarajatlarini  tasniflashning  bir  necha 

belgilari mavjud. Ular o‘zlarining iqtisodiy mazmuni, funksionalligi, 

ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari 

va  faoliyat  turlari  yoki  idoraviy  bo‘linishi,  ijtimoiy  mo‘ljallanganligi 

bo‘yicha,  hududiy  turkumlanishi,  ma’lum  maqsadlari  va  yuridik 

nuqtayi nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga ko‘ra alohida 

guruhlarga ajratilishi mumkin.  

Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat byudjeti xarajatlari kapital va 

joriy  xarajatlarga  bo‘linadi.  Bu  xarajatlar  kengaytirilgan  takror 

ishlab  chiqarish  jarayoniga  ularning  qanday  ta’sir  ko‘rsatishi 

mumkinligini ifodalaydi. 

Davlat  byudjetining  kapital  xarajatlari  innovatsion  va  inve-

stitsion  faoliyatga  yo‘naltirilgan  xarajatlardir.  Bu  xarajatlarning 

tarkibiga:  

a)  tasdiqlangan  investitsion  dasturga  muvofiq  harakatdagi 

yoki yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar 

uchun mo‘ljallangan xarajatlar; 

b)  yuridik  shaxslarga  investitsion  maqsadlar  uchun  davlat 

byudjeti kreditlari sifatida beriladigan mablag‘lar; 

d)  kengaytirilgan  takror  ishlab  chiqarish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog‘liq 

bo‘lgan boshqa xarajatlar; 

e)  amalga  oshirilishi  davlat  mulkiga  tegishli  bo‘lgan  mulk 

miqdorini ko‘paytirish yoki uni yangidan  yaratishga olib keladigan 

xarajatlar; 

f)  davlat  byudjeti  xarajatlarining  iqtisodiy  tasniflanishiga 

muvofiq davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibiga kiritiladigan 

boshqa xarajatlar kiradi. 

Davlat  byudjetining  kapital  xarajatlari  tarkibida  Taraqqiyot 

byudjeti shakllantirilishi mumkin. 




Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish