Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

17.4. Umumdavlat soliqlari 

 

Soliq  qonunchiligiga  muvofiq  ravishda  o‘rnatiladigan  va 

mamlakatning  barcha  hududlarida  undiriladigan  soliqlar 

umumdavlat  soliqlari  deyiladi.  Ularning  tarkibiga  quyidagilar 

kirishi mumkin: 

•  qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS); 

•  aksizlar; 

•  korxonalarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq; 

•  jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 

•  bojxona bojlari; 

393 


•  va boshqalar. 

Qo‘shilgan  qiymat  solig‘i  (QQS)  hozirgi  davr  soliq  tizimida 

eng  muhim  soliqlardan  biri  hisoblanadi.  Keyingi  yillarda  uning 

hisobidan  davlat  byudjeti  daromadlarining  25-30%  tashkil 

topmoqda.  QQS  fiskal  nuqtayi  nazardan  eng  samarali  soliq 

hisoblanadi.  Uni  joriy  etuvchi  mamlakat  birdaniga  juda  katta 

miqdordagi  daromadni  byudjetga  olish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi. 

Bu  soliq  mamlakatimizda  1992-yilning  1-yanvaridan  joriy  etilgan 

bo‘lib, u xorijda o‘tgan asrning 50-yillaridanoq mavjud edi. 

 Ijtimoiy-iqtisodiy  mohiyatiga  ko‘ra  QQS  ishlab  chiqarilgan 

mahsulot,  bajarilgan  ish  va  ko‘rsatilgan  xizmatning  barcha 

bosqichlarida  yaratilgan  qiymat  o‘sganining  bir  qismini  mahsulot 

(ish,  xizmat)ning  sotilishiga  muvofiq  ravishda  byudjetga  olinish 

shakli  bo‘lib  hisoblanadi.  U  realizatsiya  qilingan  mahsulotlar 

(bajarilgan  ishlar,  ko‘rsatilgan  xizmatlar)  qiymati  bilan  ishlab 

chiqarish  va  muomala  xarajatlarining  tarkibiga  kiritilgan  moddiy 

xarajatlarning  qiymati  o‘rtasidagi  farq  sifatida  aniqlanadi.  Bu  soliq 

yordamida  mahsulotning  barcha  aylanmasi  emas, balki  qiymatning 

ortgan  qismi  soliqqa  tortiladi.  Qo‘shilgan  qiymat  deyilganda 

korxona  ishchi-xodimlariga  to‘lanadigan  mehnat  haqi  (ajratma 

tariqasida  hisoblangan  summalar  bilan  birgalikda)  va  yalpi 

foydaning yig‘indisi tushuniladi. 

QQS baholarni shakllantiruvchi omil hisoblanadi. Uning miqdoriga 

mos ravishda mahsulotlarning bahosi avtomatik ravishda ortadi. 

Sobiq 


SSSRda 

1930-1932-yillarda 

o‘tkazilgan 

soliq 


islohotlariga  muvofiq  ravishda  joriy  etilgan  oborot  solig‘i  va 

baholar  ustidan  qattiq  davlat  nazorati  bo‘lgan  bir  paytdagidan  va 

1991-yilning  1-yanvaridan  kiritilgan  sotuvdan  olinadigan  soliqdan 

farqli  o‘laroq  QQS  bir  necha  muhim  afzalliklarga  ega. 

Afzalliklarning ba’zi birlari quyidagilardan iborat: 

•  QQS oborot solig‘iga nisbatan samaraliroq hisoblanadi. Chunki 

u tovar aylanmasining barcha bosqichlarini qamrab oladi. Shunga 

muvofiq  ravishda  soliqqa  tortiladigan  baza  kengayib,  byudjetga 

tushumlar ortishi mumkin; 

•  alohida  olingan  ishlab  chiqaruvchi  uchun  bu  soliq  nisbatan 

kamroq  og‘irlik  yuklaydi.  Chunki  bunda  soliqqa  tortishga  butun 

tovar  aylanmasi  emas,  balki  qiymat  o‘suvining  bir  qismi  jalb 

qilinadi  va  uning  og‘irligi  ishlab  chiqarish  va  muomalaning  butun 

zanjiri 


bo‘ylab 

taqsimlanadi. 

Buning 

natijasida 

bozor 



416 

•  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini; 

•  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini;  

•  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini; 

•  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Inson  huquqlari 

bo‘yicha vakili (ombudsman) kotibiyatini; 

•  qonun  hujjatlarida  O‘zbekiston  Respublikasining  respublika 

byudjeti  mablag‘laridan  saqlab  turilishi  nazarda  tutilgan  davlat 

boshqaruvi organlarini;  

•  O‘zbekiston  Respublikasining  chet  ellardagi  muassasalarini 

saqlab turish xarajatlari; 

•  adliya va prokuratura organlarini. 

6) sudlarni saqlab turish xarajatlari; 

7)  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  zaxira 

jamg‘armasini shakllantirish xarajatlari; 

8) boshqa xarajatlar: 

•  siyosiy  partiyalarga  ularning  ustavida  belgilangan  faoliyatini 

moliyalashtirish uchun ajratiladigan mablag‘lar;  

•  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  qo‘shilgan  qiymat 

solig‘ining o‘rnini qoplash; 

•  O‘zbekiston  Respublikasi  ishtirokchi  bo‘lgan  xalqaro 

tashkilotlarga  a’zolik  badallarini  to‘lash  va  ularni  moliyalashtirishda 

ishtirok etish xarajatlari; 

•  davlat  qarzi  bo‘yicha  xizmat  ko‘rsatish  va  O‘zbekiston 

Respublikasining  kafolatlangan  majburiyatlarini  bajarish  bilan 

bog‘liq xarajatlar; 

•  davlat buyurtmasi bo‘yicha statistika ishlariga haq to‘lash; 

•  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  saylov  komissiyasining 

saylovlar  va  referendumlarga  tayyorgarlik  ko‘rish  hamda  ularni 

o‘tkazish  bo‘yicha  xarajatlari,  shu  jumladan  okrug  va  uchastka 

saylov komissiyalarini, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish; 

•  xo‘jalik  jamiyatlaridagi  davlat  ulushini  boshqarish  bo‘yicha 

davlat ishonchli vakillarining xizmatlariga haq to‘lash; 

•  davlat  zaxiralari  va  strategik  zaxiralarni  vujudga  keltirish, 

saqlab va yangilab turish bilan bog‘liq xarajatlar;  

•  mudofaaga,  jamoat  tartibi  va  xavfsizligini  ta’minlashga, 

bojxona  organlariga  ajratiladigan  mablag‘lar,  shu  jumladan  harbiy 

xizmatni,  ichki  ishlar  organlarida,  bojxona  organlarida  xizmatni 

o‘tagan shaxslar  hamda  ularning  oilalariga pensiyalar va  nafaqalar 

401 



Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish