16.4. Davlat byudjeti defitsiti
71
va uni moliyalashtirish
Nazariy jihatdan olib qaralganda davlat byudjetining sog‘lom
(normal) faoliyat ko‘rsatishi unga tegishli bo‘lgan daromadlar va
xarajatlarning tengligini taqozo etadi. Haqiqatdan ham u yoki bu
miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun davlat byudjeti shu
miqdordagi daromadlarga ega bo‘lishi kerak. Aks holda bu
xarajatlarni to‘la amalga oshirishning iloji bo‘lmaydi. Davlat
byudjeti daromadlari va xarajatlari miqdorlarining o‘zaro tengligi
davlat byudjetining muvozanatlashtirilganligidan (balanslash-
tirilganligidan) dalolat beradi.
70
Davlat byudjeti xarajatlariga oid ushbu paragrafda ko‘tarilgan masalalar dars-likning 18-bobida yanada
batafsilroq ko‘rib chiqiladi.
71
O‘zbek tilida “davlat byudjeti defitsiti” iborasining o‘rnida ko‘pchilik hollarda “byud-jet kamomadi”, “davlat
byudjeti taqchilligi”, “davlat byudjeti etishmovchiligi” kabi iboralar ishlatilmoqda. Bu iboralarning mavjudligi ona
tilimizning nihoyatda boy ekanligini yana bir bor ko‘rsatsa-da, bizning fikrimizcha, bu ishlatilayotgan iboralarning
hech biri “davlat byudjeti defitsiti” iborasi bilan mazmun va mohiyat jihatidan teng kuchga emas. Shuning uchun
vaziyat, holat, jarayon yoki voqelikning asl holda aks ettirilishini nazarda tutib, o‘zbek tilida ham bu o‘rinda “davlat
byudjeti defitsiti” iborasini ishlatish maqsadga muvofiqdir. Muammoni hal etishga aynan shu tarzda yondashish
o‘zbek tilining sofligiga ziyon etkazmaydi. Aksincha, bu holat, jahon hamjamiyatida va xalqaro maydonda deyarli
bir xil shaklda qo‘llanilib, bir xil ma’noni anglatib kelayotgan yana bir xalqaro ibora bilan ona tilimizni boyitgan va
bir-birimizni bir xil tushunishda o‘zining munosib hissasini qo‘shgan bo‘lur edi.
361
Amaliyotda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari
hajmlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim
hollarda davlat byudjetiningdaromadlari uning xarajatlaridan ko‘p
bo‘lishi mumkin. Bunday davlat byudjeti profitsitli davlat byudjeti
deyiladi. Aksincha, ba’zi hollarda esa davlat byudjetining
xarajatlari uning daromadlaridan ko‘proq bo‘ladi. Shunga muvofiq
ravishda davlat byudjeti xarajatlarining davlat byudjeti daro-
madlaridan ko‘p bo‘lishi davlat byudjeti defitsiti deyiladi.
Boshqa hollar teng bo‘lgan sharoitda, davlat byudjeti defitsiti
vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat
bo‘lishi mumkin:
• iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik hajmdagi davlat kapital
qo‘yilmalarini ishlatish amaliyotining mavjudligi;
• favqulodda hodisalar yuz berishi;
• iqtisodiyotdagi inqiroz holatlar, uning yemirilishi;
• moliya-kredit tizimlarining yyetarli darajada samarali emasligi;
• hukumatning mamlakatdagi moliyaviy holatni yyetarli darajada
nazorat qilolmasligi;
• ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi nisbatan pastligi;
• tashqi iqtisodiy aloqalarning natijasi nomaqbul ekanligi;
• davlat byudjeti xarajatlari tarkibiy tuzilishi (strukturasi)ning
oqilona emasligi;
• mamlakat miqyosida mavjud bo‘lmagan mablag‘lar
hisobidan yashashga intilish;
• harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi;
• real ichki imkoniyatni yyetarli darajada hisobga olmagan holda
boshqa mamlakatlarga yordam berilishi;
• davlatga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishga
rag‘batlantiruvchi sifatida foydalanish imkonini bermaydigan va
yyetarli darajada
samarali
bo‘lmagan
davlat
byudjeti
mexanizmining mavjudligi;
• boshqa sabablar.
Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelganda unga nisbatan stra-
tegik yondashuv (strategiya) quyidagi holatlarga alohida e’tibor
berilishini taqozo etadi:
• davlat byudjeti defitsitining mavjudligini matematik yo‘l bilan
hal qilishga harakat qilmaslik kerak. Chunki, bu holda
iqtisodiyotning “davolanish”i o‘rniga “kasalligi” kuchayadi;
384
aralashuvi uchun ehtiyojni vujudga keltiradi. Bu narsa soliqni
tartibga solishni (rag‘batlantirishni) yangi pog‘onaga ko‘tardi.
Daromadlarni soliqqa tortishning kengayishi bilan korxonalarning
foydasi va aholining daromadlari asosiy soliq obyektlariga, jismoniy
va yuridik shaxslar esa, asosiy soliq subyektlariga aylanadi.
Soliqlar jami talab darajasi va uning tuzilmasiga ta’sir
ko‘rsatadi. Ular, bir vaqtning o‘zida, talabning bozor mexanizmi
orqali ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi yoki
uning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Soliqlarning miqdori
(hajmi) mehnatga haq to‘lash darajasini aniqlashga ham o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi. Chunki ular soliq to‘lovlarining tarkibiga
kiritiladi. Tadbirkorlar uchun ishlab chiqarish quvvatlarini sotish
yoki ulardan foydalanish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega
bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlar bahosi bilan ishlab chiqarish
xarajatlari o‘rtasidagi nisbat ham soliqlarga bog‘liq.
Soliqlar va ularning funksiyalari bazis munosabatlarini o‘zida
aks ettiradi. Ulardan davlat soliq mexanizmini tashkil etadigan turli
xildagi vositalar (soliq stavkalari, soliqqa tortish usullari, soliq
imtiyozlari va shunga o‘xshashlar) orqali soliq siyosatini
yurgizishda foydalanadi.
Soliqlarning asosiy elementlari quyidagilardan iborat:
• soliq subyekti – qonun bo‘yicha soliqni to‘lovchi shaxs
(yuridik yoki jismoniy);
• soliq obyekti – mavjudligi egasini soliqqa tortishga asos
bo‘ladigan predmet (mol-mulk, yer va boshqalar);
• soliq manbai – hisobidan soliq to‘lanadigan daromad (ish
haqi, foyda, foiz va boshqalar);
• soliqqa tortish birligi – soliq obyektini o‘lchash birligi
(masalan, yer solig‘i bo‘yicha yerning bir gektari);
• soliq stavkasi – soliqqa tortish birligiga nisbatan o‘rnatilgan
soliqning miqdori. Amaliyotda soliqlar regressiv, proportsional va
progressiv stavkalar yordamida yig‘ib olinadi. Regressiv usulda
(soliqlarni undirishning regressiv stavkasida) daromadning o‘sib
borishi bilan uni soliqqa tortish foizi kamayadi. Tovarlarning
bahosidan undiriladigan egri (bilvosita) soliqlar doimo regressiv
usulda
hisoblanadi.
Proporsional
soliqlarda
(soliqlarni
undirishning proporsional stavkasida) daromadning miqdoriga
bog‘liq bo‘lmagan holda ular bir xil stavkada undiriladi. Progressiv
soliqlarda (soliqlarni undirishning progressiv stavkasida) esa
369
Do'stlaringiz bilan baham: |