Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
• Davlat byudjeti qanday omillarga bog‘liq holda vujudga
keladi va rivojlanadi?
• Davlat byudjeti o‘zida qanday munosabatlarni ifodalaydi?
• Davlat byudjeti uchun qanday xarakterli xususiyatlar xos?
• “Davlat byudjeti” tushunchasiga terminologik jihatdan yana
qanday tushunchalar qo‘shiladi?
• Mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti davlat byudjeti
orqali taqsimlanganda qanday bosqichlarni bosib o‘tadi?
• Davlat byudjeti fondini shakllantirishda qanday ikki tushun-
chalardan foydalaniladi?
• Qanday davlat byudjeti kategoriyalarini bilasiz?
364
• davlat mulkiga tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olingan
tushumlar;
• davlat zaxiralari va rezervlar bo‘yicha daromadlarning
xarajatlardan o‘sgan qismi summasi;
• davlat byudjeti mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraq-
laridagi mablag‘lar qoldig‘ining o‘zgarishi;
• va boshqalar.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning tashqi manba-
lari qatoriga quyidagilar kiradi:
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‘ozlarni
chiqarish orqali xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat
zayomlari;
• xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati
tomonidan jalb qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar,
xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kreditlari.
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar
va xalqaro huquqning boshqa subyektlari oldidagi (davlat
kafolatlari bo‘yicha majburiyatlarni qo‘shgan holda) mamlakat
hukumatining qarz majburiyatlari hukumatning davlat qarzini
vujudga keltiradi. Bu qarz davlat byudjetini tashkil yetadigan
davlat mulki bilan to‘liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi
kerak. Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining
qarz majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika
byudjetining
daromadlarini
shakllantirish
bo‘yicha
barcha
vakolatlardan foydalanadilar.
Mamlakatning qarz majburiyatlari quyidagi shakllarda bo‘lishi
mumkin:
• qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit
tashkilotlari, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan
tuzilgan kredit bitimlari va shartnomalari;
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‘ozlarni
chiqarish orqali amalga oshirilgan davlat zayomlari;
• mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish
to‘g‘risidagi shartnomalar;
• o‘tgan yillardagi mamlakatning qarz majburiyatlarini
restrukturizatsiya qilish va muddatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi
mamlakat hukumati nomidan tuzilgan (shu jumladan, xalqaro)
bitimlar va shartnomalar;
357
• boshqa xarajatlar.
Davlat byudjetining xarajat qismi tarkibida O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining,
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
respublika
byudjetining,
viloyatlar
viloyat
byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining tumanlar
va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg‘armalari hisobga olinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari
uning daromadlari bilan uzviy bog‘langandir. Bunday o‘zaro
bog‘liqlik xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq
kelishi va ularning bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatishi orqali
ifodalanadi. Bir tomondan, aksariyat hollarda, davlat byudjeti
xarajatlarining hajmi davlat byudjeti daromadlarining hajmi bilan
cheklanadi. O‘z navbatida, davlat byudjeti daromadlarining hajmi
esa davlatning iqtisodiy imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuning
uchun ham bu yerda davlat byudjeti xarajatlarining shunday
hajmini va milliy xo‘jalikda pul fondlarini shakllantirishda davlat
byudjeti mablag‘laridan foydalanishning shunday muddatlarini
o‘rnatish kerakki, ular minimal xarajatlar qilib maksimal samaraga
erishish orqali davlat oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni
muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasin. Boshqa tomondan esa,
ishlab chiqarishning o‘sishiga ijobiy ta’sir qilish, ilmiy-texnika
taraqqiyotini tezlashtirish va milliy xo‘jalikdagi proporsiyalarni
optimallashtirish orqali davlat byudjetining xarajatlari uning
daromadlari darajasining ortishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Davlat byudjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi
ularni
milliy
xo‘jalikning
samaradorligi
nuqtayi
nazaridan
baholashni dolzarb muammoga aylantirib qo‘yadi. Bunda milliy
xo‘jalikning yakuniy natijasini baholab, faqat unga tegishli bo‘lgan
daromadlarning qo‘shimcha ravishda o‘sganligiga e’tibor berish
bilan cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bunda, bir vaqtning
o‘zida, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muam-
molarning qay darajada hal etilganligi ham nazardan chetda
qolmasligi kerak. Albatta, milliy xo‘jalikning yakuniy natijasi davlat
byudjeti xarajatlarining umumiy hajmiga, ularning tarkibiy
tuzilishiga, davlat byudjeti mablag‘laridan to‘g‘ri, tejamli va
samarali foydalanishga bevosita bog‘liq. Shuning uchun ham
hozirgi sharoitda davlat byudjeti xarajatlarining ilmiy asoslangan
holda rejalashtirilishiga, davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanish
358
ustidan o‘rnatilgan moliyaviy nazorat tizimiga alohida e’tibor berish
lozim.
Milliy xo‘jalikni moliyaviy tartibga solishning muhim vositalaridan
biri ham davlat byudjetining xarajatlaridir. Moliyaviy tartibga solish
deyilganda, milliy xo‘jalikdagi oqilona nisbat (proporsiya)larni
ta’minlash maqsadida davlat byudjeti mablag‘larini tarmoqlar va
hududlar bo‘yicha taqsimlash va qayta taqsimlashning shakllari va
metodlari majmui tushuniladi. Milliy xo‘jalikni moliyaviy tartibga
solishning
obyektiv
zarurligi
katta
o‘zgaruvchanlik
bilan
xarakterlanadigan, uning murakkab organizmi turli qismlarida
moliyaviy resurslarni jamg‘arish sur’atlarining turlichaligi bilan
izohlanadi. Davlat byudjeti resurslarini sarf qilish orqali davlat pul
mablag‘larini taqsimlashda vujudga kelgan proporsiyalarni
o‘zgartirishi va buning oqibatida ba’zi bir tarmoqlarning
(hududlarning) rivojlanishini tezlashtirishi va boshqalarining
rivojlanishini rag‘batlantirmasdan, milliy xo‘jalikning rivojlanishini
tartibga solishi mumkin. Davlat byudjeti mablag‘larining katta
qismini
muhim
ishlab
chiqarish-hududiy
komplekslarni
rivojlantirishga
sarflash
sekin-astalik
bilan
chuqur
sifat
o‘zgarishlarining sodir bo‘lishiga – ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibiy
tuzilmasining o‘zgarishiga olib keladi.
Mamlakat iqtisodiyotini moliyaviy jihatdan tartibga solish
davlat byudjeti daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan
moliyalashtirish
jarayonlari
davomida
amalga
oshiriladi.
Rejalashtirish
jarayonining
o‘zidayoq
davlat
byudjeti
xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga (tarmoq, vazirlik va
maqsadli yo‘nalishlarga) va vertikaliga (boshqaruvning turli
darajalariga muvofiq ravishda) taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy
o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi.
Byudjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat o‘zining
ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag‘larini rejalashtirilgan
tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng xarajat qilish
imkoniga ega bo‘ladi. Mablag‘larni konkret taqsimlovchilarga
davlat byudjeti kreditlarini ochish, davlat byudjeti mablag‘larini
berish va ulardan samarali foydalanishni nazorat qilib, moliya
organlari iqtisodiyotning rivojlanishi ustidan kuzatuv olib boradilar
va
zarur
holatlarda
taqsimlanayotgan
davlat
byudjeti
mablag‘larining proporsiyalarini o‘zgartiradilar.
363
moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri davlatning qarz
olishidir.
Davlatning qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy
davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va
kreditlarni olishdan iborat bo‘lib, hukumat oldida qarz oluvchi yoki
boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarishi bo‘yicha kafolatchi
sifatidagi majburiyatlari vujudga keladi.
Davlatning ichki qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy
davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom
va kreditlarni olishdan iborat bo‘lib, ular bo‘yicha qarz oluvchi yoki
boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo‘yicha ham
kafolatchi sifatida hukumatning o‘z milliy valyutasida ifodalangan
qarz majburiyatlari paydo bo‘ladi.
Davlatning tashqi qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy
davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom
va kreditlarni olishdan iborat bo‘lib, ular bo‘yicha qarz oluvchi yoki
boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo‘yicha kafolatchi
sifatida
hukumatning
xorijiy
valyutada
ifodalangan
qarz
majburiyatlari vujudga keladi.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning barcha manbalari
jalb qilingan mablag‘larning asosiy turlari bo‘yicha navbatdagi
moliyaviy yilga mo‘ljallangan davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonunda
qonunchilik hokimiyati organlari tomonidan albatta tasdiqlanishi
kerak.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning manbai sifatida
mamlakat Markaziy bankining kreditlari va Markaziy bank
tomonidan hukumatning sotib olingan qarz majburiyatlari
maydonga chiqishi maqsadga muvofiq emas.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning barcha manba-
larini ikki guruhga bo‘lish qabul qilingan:
1) ichki manbalar;
2) tashqi manbalar.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning ichki manbalari
sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
• mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy
valyutasida kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar;
• mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‘ozlarni
chiqarish orqali amalga oshirilayotgan davlat zayomlari;
362
• davlat byudjetining balansliligi, daromadlarning xarajatlardan
ko‘pligi
ba’zan
iqtisodiyotning
sog‘lom
va
uzluksiz
rivojlanayotganligidan dalolat bermaydi;
• davlat byudjeti defitsitining darajasi, odatda, mamlakat yalpi
ichki (milliy) mahsuloti miqdorining 2-3%idan oshmasligi lozim.
Ana shu chegaradan oshilsa, uni tezroq kamaytirish (yoki shu
darajaga keltirish) choralarini ko‘rish kerak;
• davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat
kreditining turli shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek,
davlat qimmatbaho qog‘ozlarini moliyaviy bozorga joylashtirish
ham maqsadga muvofiq. Muomalaga ko‘proq miqdorda pul
chiqarish yo‘lidan esa foydalanmaslik kerak;
• davlat byudjeti defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga
barham berish uchun, birinchi navbatda, iqtisodiyotning o‘zini
“davolamoq” lozim. Aks holda, ana shu maqsadga erishish uchun
ko‘zda tutilgan har qanday tadbir, albatta, muvaffaqiyatsizlikka
uchraydi.
Davlat byudjeti defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga
barham berish borasidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-
tadbirlarning eng asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
• davlat byudjeti mablag‘larining investitsion yo‘nalishini
o‘zgartirish, ularni eng ko‘p samara beradigan tarmoq va
sohalarga sarflash;
• xo‘jalik yuritishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi
moliyaviy imtiyoz va jazolardan keng foydalanish;
• Davlat byudjetidan moliyalashtirish va davlat iqtisodiyoti
sohasini qisqartirish;
• harbiy xarajatlar miqdori ni kamaytirish;
• eng muhim ijtimoiy dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab
qolish, yirik davlat byudjeti xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni
qabul qilishni to‘xtatib turish;
• Markaziy bankning qarzlarni davlat qimmatbaho qog‘ozlari
shaklida rasmiylashtirmasdan turib hukumat organlariga kredit
berishini taqiqlab qo‘yish;
• xorijiy sarmoyalarni jalb etish;
• va boshqalar.
Davlat
byudjeti
defitsiti
vujudga
kelgan
paytda
uni
moliyalashtirish
manbalarini
aniqlab
olmoq
zarur.
Uni
359
Daromadlarni davlat byudjetidagi xarajatlarning aniq turlari va
yo‘nalishlari bo‘yicha biriktirilishi prinsipi bo‘lmaganligi uchun bu
yerda davlat byudjeti resurslarini keng miqyosda o‘tkazish va
shunga muvofiq ravishda davlatning ixtiyoriga kelib tushuvchi pul
mablag‘laridan har qanday zarur yo‘nalishlarda foydalanilishi
mumkin.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi
davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga,
milliy xo‘jalikning ehtiyojlariga bog‘liq hamda davlat byudjeti
mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir
omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan
belgilanadi.
Davlat byudjetining xarajatlaridan foydalanish byudjetdan
moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan,
byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko‘zda tutilgan
tadbirlarni amalga oshirish uchun subyektlarga byudjetdan
mablag‘larni taqdim etish tizimi tushuniladi. U pul mablag‘larini
taqdim etishning o‘ziga xos bo‘lgan shakl va metodlari bilan
xarakterlanadi
hamda
ma’lum
bir
prinsiplarga
tayanadi.
Byudjetdan moliyalashtirishning prinsiplari, shakllari va metodlari
bu tizimning tarkibiy elementlari bo‘lib hisoblanadi va uning amal
qilish natijalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Muhim ijtimoiy-iqtisodiy
vazifalar hal etilayotgan paytda byudjetdan oqilona va samarali
moliyalashtirish tizimining ahamiyati yanada ortadi.
Byudjetdan moliyalashtirishning oqilona tizimini tashkil etishda,
eng avvalo, moliyalashtirish prinsiplari muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi
amaliyotda foydalanilayotgan byudjetdan moliyalashtirishning
prinsiplarini umumiy va xususiy guruhlarga bo‘lish mumkin.
Umumiy
prinsiplar
byudjetdan
mablag‘
oladigan
barcha
subyektlarning faoliyatiga tegishlidir. Xususiy prinsiplar esa
subyektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog‘liq ravishda davlat
byudjeti mablag‘larining taqdim etilish tartibini belgilab beradi.
Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy prinsiplari quyidagi-
lardan iborat bo‘lishi mumkin:
– minimum xarajatlardan maksimum samara olish;
– davlat byudjeti mablag‘laridan foydalanishning maqsadli
xarakterdaligi;
360
– ko‘zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan
mablag‘lardan foydalanilganligini inobatga olgan holda davlat byudjeti
mablag‘larini taqdim etish.
Byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida umumiy tamoyillar bilan
birgalikda xususiy prinsiplardan ham foydalaniladi. Ularning tarkibiga
quyidagilar kiradi:
– davlat byudjeti mablag‘larini faqat ishlab chiqarishni kengay-
tirish xarajatlariga ajratish;
– davlat byudjeti mablag‘larining miqdorini aniqlashda “qoldiq”
yondashuvidan foydalanish;
– byudjetdan moliyalashtirish rejalashtirilayotgan xarajatlardan
kredit metodini ta’minlash bilan birgalikda foydalanish;
– korxonalarning moliyaviy holatini byudjetli tartibga solish
prinsipi va boshqalar.
Amaliyotda byudjetdan moliyalashtirishning turli shakllaridan
foydalaniladi. Smetali moliyalashtirish, dotatsiya, subvensiya,
subsidiya, davlat byudjeti ssudalari, baholardagi farqni qoplash va
boshqalar byudjetdan moliyalashtirishning shakllaridir
70
.
Do'stlaringiz bilan baham: |