Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish
idoralari, davlat byudjeti tashkilotlarining joriy faoliyatini
ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat byudjeti xarajatlari, boshqa
byudjetlar va iqtisodiyotning alohida tarmoqlariga dotatsiya,
subsidiya va subvensiya shaklida ko‘rsatiladigan, davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar
va davlat byudjeti xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq
kapital xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar
davlat byudjetining joriy xarajatlari deyiladi.
Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra davlat byudjetining
xarajatlari iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha
hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlariga bo‘linadi. Bu
xarajatlarga, dastlab, davlat korxonalari va davlat ulushi bor
bo‘lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni
yanada kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralarini
yaratish xarajatlari kiradi.
Davlat byudjetining ijtimoiy soha hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo‘lgan
xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish bilan
bog‘liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining shaxsiy, boshqa bir
354
qismi
esa
butun
jamiyatning
ehtiyojlarini
qondirishga
mo‘ljallangan. Bunda davlat byudjetining xarajatlari ijtimoiy
iste’mol fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar
fondi va boshqalar) shakllantirishni to‘liq, shaxsiy iste’mol
fondlarini esa qisman (markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar
bilan birgalikda) ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda, davlat byudjeti
mablag‘larining katta qismidan shaxsiy iste’mol fondlarining
ijtimoiy iste’mol fondlariga (maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va
sport, fan, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy
ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosi o‘rtasidagi farqlarni
qoplash, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga nafaqalar
fondlari va boshqalar) tegishli bo‘lgan qismini shakllantirishda
keng foydalaniladi.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo‘yicha
guruhlarga ajratishga asos qilib milliy iqtisodiyotning umume’tirof
etilgan tarmoqlarga bo‘linishi qabul qilingan. Shunga muvofiq
ravishda davlat byudjeti xarajatlari sanoat, qishloq xo‘jaligi,
qurilish, transport, aloqa, maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va
sport, fan, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi,
mudofaa va h.k. xarajatlariga bo‘linishi mumkin.
Davlat
byudjeti
xarajatlari
milliy
iqtisodiyot
(xo‘jalik)
tarmoqlarining
pul
fondlarini
shakllantirishda
mustahkam
moliyaviy
asosni
yaratish
bilan
birgalikda,
xarajatlarning
tarmoqlararo bo‘linishi moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi
nisbatlarini aniqlashga ham imkon beradi, milliy xo‘jalikning
tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli yo‘nalishga o‘zgartiradi. Masalan,
hozirgi paytda mamlakatimizda yaratilgan milliy daromadning
hajmi davlat byudjeti mablag‘larining katta qismini ijtimoiy soha va
aholini bevosita ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirish imkonini
berayapti. Bir vaqtning o‘zida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini
(mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, elektroenergetika va boshqalar)
keng
ko‘lamlarda
byudjetdan
moliyalashtirilishi
ham
ta’minlanmoqda.
Ijtimoiy yo‘nalishi bo‘yicha davlat byudjeti xarajatlarining
iqtisodiy guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan
bajarilayotgan funksiyalarni o‘zida aks ettiradi. Ana shunga
muvofiq davlat byudjetining barcha xarajatlarini quyidagi gu-
ruhlarga bo‘lish mumkin:
– ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy-qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
367
• Mulkchilik shakliga ko‘ra davlat byudjetining daromadlari
qanday ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin?
• Subyektlarning daromadlari qanday metodlarni qo‘llash
evaziga davlat byudjeti ixtiyoriga olinayapti?
• Hozirgi sharoitda davlat byudjeti daromadlarining tarkibi
nimalardan iborat va uning tuzilmasi qanday?
• Mamlakatimizda qo‘llanilayotgan davlat byudjeti daromadlari
tizimining samaradorligi bevosita nimaga bog‘liq va u o‘z ichiga
nimalarni oladi?
• “Davlat byudjeti daromadlari” va “Davlat daromadlari”
tushunchalari o‘rtasiga barobarlik (tenglik) belgisini qo‘yish mumkinmi?
• Davlat byudjetining xarajatlari qanday xarakterli belgilarga
ega?
• Davlat byudjeti xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi
nimalar bilan izohlanadi?
• Davlat byudjetining xarajatlari qanday belgilarga ko‘ra
turkumlashtiriladi?
• Iqtisodiy mazmuniga ko‘ra davlat byudjetining xarajatlari
qanday xarajatlarga bo‘linadi?
• Davlat byudjetining kapital xarajatlari deyilganda nimalar
tushuniladi va ularning tarkibi nimalardan iborat?
• Davlat byudjeti joriy xarajatlarining mazmuni va tarkibini
bilasizmi?
• Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko‘ra davlat byudjetining
xarajatlari qanday guruhlarga bo‘linadi?
• Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo‘yicha
guruhlarga ajratishning asosida nimalar yotadi?
• Ijtimoiy yo‘nalishi bo‘yicha davlat byudjetining xarajatlari
qanday guruhlardan tashkil topgan?
• Davlat byudjeti xarajatlarining konkret turlari tarkibini aytib
bering.
• Davlat byudjetining xarajatlari tashkiliy jihatdan qanday
guruhlarga ajratiladi?
• Davlat byudjetining xarajatlari hududiy belgilariga muvofiq
qanday guruhlardan tashkil topadi?
• Faqat
Respublika
byudjetidan
moliyalashtiriladigan
xarajatlar tarkibini bilasizmi?
366
• Davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni nimalardan iborat?
• Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi deyilganda nima
nazarda tutiladi?
• Davlat byudjetining ta’rifini ayting.
• Davlat byudjetining mohiyatini tushuntirib bering.
• Davlat byudjeti boshqa iqtisodiy (moliyaviy) kategoriyalar
bilan qanday bog‘langan?
• Davlat byudjeti qanday funksiyalarni bajaradi?
• Davlat byudjetining taqsimlash va nazorat funksiyalari qanday
xarakterli xususiyatlarga ega?
• Davlat byudjetining taqsimlash va nazorat funksiyalarining
miqdoriy va sifat tomonlari nimalardan iborat?
• Davlat byudjeti mexanizmini qanday tushunasiz?
• Davlat byudjetining ahamiyatini tushuntirib bering.
• Davlat byudjeti mamlakatning moliya tizimida qanday o‘rinni
egallaydi?
• Davlat byudjetining daromadlari nima uchun oraliq
xaraktyerga ega?
• Davlat byudjeti daromadlarining moddiy-buyumlashgan
shaklini nimalar tashkil etadi?
• Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayonining
asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
• Davlat byudjetining daromadlari qanday mezonlar asosida
tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin?
• Davlat byudjetining daromadlari o‘z manbalariga ko‘ra
qanday guruhlarga bo‘linadi?
• Davlat byudjetining soliq daromadlari tarkibini bilasizmi?
• Davlat byudjetining soliq bo‘lmagan daromadlari tarkibiga
nimalar kiradi?
• Tushumlarning qanday turlari (ko‘rinishlari) davlat byudjeti
daromadlarining tarkibi hisobiga olinishi mumkin?
• Hozirgi amaliyotda davlat byudjetining daromadlari qanday
tartibda tasniflanadi?
• To‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlarning tarkibini aytib
bering.
• O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko‘ra davlat byudjetining
daromadlari qanday guruhlarga bo‘linishi mumkin?
355
– milliy xo‘jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar;
– mudofaa xarajatlari;
– boshqaruv xarajatlari.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari
o‘z tarkibiga maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport, fan,
ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan
xizmatlar baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga
ijtimoiy nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini o‘zida
aks ettirib, bu guruhdagi davlat byudjetining xarajatlari xalq ta’limi
tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga, fan va madaniyatni
moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bo‘lgan talabini
qondirishga, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minotni amalga
oshirishga keng yo‘l ochib beradi.
Iqtisodiyotga byudjetdan xarajat qilinishi davlatning xo‘jalik
yurituvchi asosiy subyektlardan biri ekanligidan darak beradi.
Aynan bu xarajatlar keng miqyoslarda yangi sanoat korxonalarini
qurish, zamonaviy industriya asosida qishloq xo‘jaligida ishlab
chiqarishni rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning boshqa
tarmoqlarini texnika vositalari bilan qayta ta’minlashga imkon
yaratadi. Shuning uchun ham davlat byudjetining bu xarajatlari
orasida iqtisodiyot va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalash-
tirish xarajatlari alohida o‘rin egallaydi.
Davlat byudjetining mudofaa xarajatlari ham davlatning
funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning o‘z mudofaa
qobiliyatini mustahkamlashi
zarurligi bilan
bog‘liqdir. Qurolli
Kuchlarning barcha turlari davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan
moliyalashtiriladi.
Boshqaruv shaklidagi faoliyat turining davlat tomonidan amalga
oshirilishi,
uning
xo‘jalik-tashkilotchilik
funksiyasi
davlat
byudjetidan boshqaruv xarajatlari deb nomlangan alohida
xarajatlar ajratilishini taqozo etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati
organlari, sud va prokuratura fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqaruv
organlari) xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy asosini
tashkil etib, jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik
qilishga imkon yaratadi.
Davlat byudjetining barcha xarajatlari yuqoridagi to‘rtta
guruhdan qaysi biriga kirishidan qat’iy nazar, ular o‘zlarining aniq
maqsadlarga mo‘ljallanganligi bo‘yicha ham bir necha qismlarga
bo‘linadi. Bu qismlar davlat byudjeti xarajatlarining aniq turlaridan
356
tarkib topadi. Kapital qo‘yilmalar, dotatsiyalar, subvensiyalar,
subsidiyalar, davlat byudjeti ssudalari, ish haqi, ovqatlanish
xarajatlari, kapital va joriy remont, kanselyariya va xo‘jalik
xarajatlarini davlat byudjeti xarajatlarining aniq turlari sifatida
ko‘rsatish mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarining ma’lum aniq
maqsadlarga mo‘ljallanganligi bo‘yicha turkumlanishi davlat byudjeti
mablag‘laridan oqilona foydalanishga sharoit yaratadi, davlat
byudjeti mablag‘laridan foydalanish ustidan samarali va ta’sirchan
moliyaviy nazoratni amalga oshirishning zaruriy asosi hisoblanadi.
Davlat byudjetini iqtisodiy nuqtayi nazardan turkumlarga ajratish
bilan birga xarajatlarning tashkiliy jihatidan ham guruhlarga ajratish
mumkin. Buning asosida yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uyushmalar,
assotsiatsiyalar, birlashmalar, konsernlar, kompaniyalar va h.k.),
davlat byudjeti xarajatlari va hududiy belgilar yotishi mumkin. Davlat
byudjeti xarajatlarining yuqori tashkilotlar bo‘yicha guruhlanishi
davlat byudjeti mablag‘larini aniq oluvchilarni ko‘rsatadi va ular
tarmoq ichida pul fondlarini shakllantirishda mas’ul bo‘lib, ajratilgan
davlat byudjeti mablag‘laridan o‘z vaqtida, samarali va qonuniy
foydalanish ustidan javobgardirlar.
Davlat byudjeti xarajatlarini hududiy belgiga mos holda
bo‘linishi ular markazlashuvining turli darajalarini o‘zida aks
ettiradi. Shu munosabat bilan, davlat boshqaruvi darajasiga ko‘ra,
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining xarajatlari respublika
va mahalliy byudjetlarning xarajatlaridan tarkib topadi.
Davlat byudjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat
69
:
• ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
• nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining
boshqa institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
xarajatlari;
• iqtisodiyot xarajatlari;
• markazlashtirilgan
investitsiyalarni
moliyalashtirish
xarajatlari;
• davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va
prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;
• sudlarni saqlab turish xarajatlari;
• fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish
xarajatlari;
69
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”ning
69- moddasi. -T.: “Adolat”, 2014 y. 9-b.
365
• va boshqalar.
Mamlakatning qarz majburiyatlari o‘zining muddatiga qarab
qisqa muddatli (bir yilgacha), o‘rta muddatli (bir yildan ortiq va
besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan yuqori) bo‘lishi
mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda
(zayom shartlarini, jumladan, to‘lov muddatlari, foiz to‘lovlarining
miqdori, muomala muddatlarini o‘zgartirmasdan) qaytarilishi
kerak.
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan
iborat bo‘lishi mumkin:
• hukumatning davlatni qimmatbaho qog‘ozlari bo‘yicha
qarzining asosiy nominal summasi;
• hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarzning
hajmi;
• mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo‘yicha
majburiyatlar hajmi;
• va boshqalar.
O‘z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:
• xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va
xalqaro moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan
taqdim etilgan davlat kafolatlari bo‘yicha majburiyatlar hajmi;
• xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va
xalqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo‘yicha
asosiy qarz hajmidan iborat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |