Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


davlat  byudjeti  mexanizmi



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

davlat  byudjeti  mexanizmi  vujudga  keladi.  Davlat  byudjeti 

mexanizmi  deyilganda,  odatda,  faqat  moliyaviy  resurslarni 

davlatning qo‘lida to‘plash (akkumulyatsiya qilish) va ularni davlat 

byudjeti  kanallari  bo‘yicha  taqsimlashning  amaldagi  tizimigina 

nazarda  tutilmasdan,  balki  takror  ishlab  chiqarishning  barcha 

bosqichlariga  bu  jarayonning  faol  ta’siri  ham  tushuniladi.  Bu 

mexanizmning  detallari  juda  ko‘p:  soliqlar  va  byudjetga  to‘lovlar, 

byudjetdan 

moliyalashtirishning 

turli 


shakllari, 

mablag‘larni 

byudjetlar 

ichida 


taqsimlash 

va 


boshqalar 

ana 


shular 

jumlasidandir. 

Davlat 

byudjeti 

mexanizmi 

ishlashining 

samaradorligi 

unga 


tegishli 

bo‘lgan 


detallarning 

o‘zaro 


ta’sirchanligi va ularning bir-biriga bog‘liqligi bilan belgilanadi. 

Mamlakatning  moliya  tizimida  davlat  byudjeti  markaziy  o‘rin 

egallaydi.  Markazlashtirilgan  pul  fondini  shakllantirish  orqali 

davlatning qo‘lida katta hajmdagi moliyaviy resurslar to‘planadi va 

ular  umumdavlat  ehtiyojlarini  qondirishga  sarf  etiladi.  Davlat 

byudjeti  umumdavlat  manfaatlarini  inobatga  olgan  holda  ustuvor 




344 

yo‘nalishlar  uchun  moliyaviy  resurslarni  jamlashda  asosiy  vosita 

bo‘lib xizmat qiladi. 

Ustuvor  yo‘nalishlar  uchun  davlat  byudjeti  yordamida 

moliyaviy resurslarni jamlash bir necha usullar yordamida amalga 

oshirilishi  mumkin.  Ayrim  hollarda,  iqtisodiyotning  yetakchi 

tarmoqlarini 

jadal 


sur’atlar 

bilan 


rivojlanishini 

ta’minlash 

maqsadida  byudjetdan  ajratilayotgan  mablag‘larning  hajmi 

oshiriladi.  Boshqa  hollarda  esa,  o‘sha  sektorlardan  mablag‘larni 

davlat byudjetiga olishda qulay sharoit yaratiladi. 

Davlat 


byudjeti 

iqtisodiyotning 

alohida 

tarmoqlarining 

rivojlanishida asosiy manba rolini ham o‘ynashi mumkin. Masalan, 

ilmiy-texnika  taraqqiyoti  asosida  milliy  iqtisodiyotda  yangi  tarmoq 

vujudga  kelayotgan  bo‘lsa,  uning  paydo  bo‘lishini  hozirgi 

sharoitda byudjetdan moliyalashtirishsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 

Faoliyat  ko‘rsatayotgan  subyektlarning  moliyaviy  barqa-

rorligini  ta’minlashda  davlat  byudjeti  katta  ahamiyat  kasb  etadi. 

Turli  obyektiv  va  subyektiv  omillarning  ta’siri  ostida  ayrim 

subyektlarning  o‘z  moliyaviy  resurslari  ularning  sog‘lom  faoliyat 

ko‘rsatishi  uchun  yetarli  bo‘lmay  qolganda  chetdan  mablag‘  jalb 

qilishga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday sharoitda davlat byudjeti tartibga 

soluvchi  manba  sifatida  maydonga  chiqishi  mumkin.  Albatta, 

bunday  hollarning  barchasida  davlat  byudjeti  mablag‘lari 

subyektlarning  o‘z  manbalari,  tarmoq  ichidagi  resurslar,  bank 

kreditlaridan  so‘ng  oxirgi  tartibga  soluvchi  manba  sifatida  foyda-

laniladi. 

Subyektlar  faoliyatini  moliyaviy  resurslar  bilan  ta’minlashda 

davlat  byudjetining  tartibga  soluvchi  roli  quyidagi  ko‘rinishda 

bo‘lishi mumkin: 

–  moliyaviy  resurslarga  bo‘lgan  yangi  talabni  kelgusi  davlat 

byudjeti yilida davlat byudjetining xarajatlari tarkibiga kiritish; 

–  moliyaviy  resurslarga  bo‘lgan  qo‘shimcha  ehtiyojni  mavjud 

davlat  byudjeti  resurslarini  manyovr  qilish,  ya’ni  davlat  byudjeti 

kreditlarini  bir  obyektdan  ikkinchisiga  o‘tkazish  yo‘li  bilan 

qondirish.  Bunday  imkoniyatning  mavjudligi  amaliyotda  ayrim 

subyektlarning  o‘zlariga  taqdim  etilgan  moliyaviy  resurslarni  to‘liq 

o‘zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan izohlanadi; 

  – qo‘shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan 

qoplash va boshqalar. 

345 

Davlat byudjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnika vositalari 



bilan  qayta  qurollantirishda  alohida  ahamiyatga  ega.  Byudjetdan 

iqtisodiyotga 

qilinayotgan 

xarajatlar 

va 

markazlashtirilgan 



investitsiyalarni  moliyalashtirish, eng  avvalo, ana  shu maqsadlarga 

xizmat  qiladi.  Ayniqsa,  ijtimoiy  soha  (maorif,  sog‘liqni  saqlash, 

madaniyat, 

sport, 


fan, 

ijtimoiy 

ta’minot) 

xarajatlarini 

moliyalashtirish, ijtimoiy nafaqa, aholi uchun muhim ahamiyat kasb 

etgan  xizmatlar  bahosidagi  farqlarni  byudjetdan  qoplash,  davlat 

hokimiyati  organlari,  boshqaruv  va  sud  organlarini  saqlash, 

fuqarolarning  o‘z-o‘zini  boshqarish  organlarini  moliyalashtirish, 

mamlakatning 

mudofaa 


qobiliyatini 

mustahkamlash 

kabi 

vazifalarning  o‘z  vaqtida  bajarilishini  ta’minlashda  davlat 



byudjetining ahamiyati beqiyosdir. 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish