Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

asosiy 

moliyaviy 

rejasi 

ko‘rinishida 

qonuniy 

rasmiylashtirilgan, 

davlat 

pul 

fondlarini 

yaratish 

(shakllantirish)  va  ulardan  foydalanish  borasidagi  iqtisodiy 

(moliyaviy) munosabatlar majmui davlat byudjeti deyiladi. 

Davlat  byudjetiga  uning  faqat  amaliy  ahamiyatini  tavsiflovchi 

quyidagicha 

ta’rif 


berish 

ham 


mumkin: 

“O‘zbekiston 

Respublikasining 

Davlat 

byudjeti 

(Davlat 

byudjeti) 

– 

davlatning  davlat  vazifalari  va  funksiyalarini  moliyaviy 

jihatdan  ta’minlash  uchun  mo‘ljallangan  markazlashtirilgan 

pul jamg‘armasi”

65

Davlat  byudjetining  mohiyatini  ochib  berishda  uning  boshqa 

taqsimlash  instrumentlari  va  moliya  tizimining  bo‘linmalari  bilan 

o‘zaro  aloqalari  muhim  rol  o‘ynaydi.  Shu  bois  ta’kidlash  joizki, 

davlat  byudjeti  jamiyatning  boshqa  taqsimlash  instrumentlari 

(baho,  kredit,  ish  haqi  va  boshqalar)  va  moliya  tizimining 

bo‘linmalari  bilan  uzviy  bog‘langandir.  Bunday  o‘zaro  bog‘liqlik 

davlat  byudjetining  mohiyatidan,  taqsimlash  munosabatlari 

tizimidagi roli va o‘rnidan kelib chiqadi. Davlat byudjetdan markaziy 

taqsimlash  mexanizmi  sifatida  foydalanadi,  u  ijtimoiy-iqtisodiy 

hayotdagi nisbat (proporsiya)larni tartibga solishga yordam beradi. 

Davlat  byudjetining  baho  bilan  o‘zaro  bog‘liqligi  ikki  yoqlamalik 

xaraktyerga ega. Bir tomondan, davlat byudjeti baho mexanizmidan 

moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun foydalanadi. Masalan, davlat 

                                                 

65

 “O‘zbekiston Respublikasining  Byudjet kodeksi”: T.: “Adolat”, 2014 y. -  9-b.  




338 

byudjeti daromadlarning bir qismi qo‘shilgan qiymat solig‘i shaklida 

bo‘lib,  bu  soliq  bahoning,  aniqrog‘i,  sof  daromadning  elementlari 

tarkibiga kiradi. Bu baho ko‘rinishida  davlat byudjeti tomonidan sof 

daromadning  bir  qismini  davlatning  ixtiyoriga  olishda  alohida 

mexanizm  rolini  o‘ynamoqda.  Boshqa  tomondan  esa,  davlat 

byudjeti  mol yetkazib  beruvchilarning  yo‘qotganlarini  qoplash 

(kompensatsiya 

qilish) 

yo‘li 


bilan 

bahoning 

qiymatdan 

farqlanishida 

moliyaviy 

imkoniyatlar 

yaratib, 

baholarni 

shakllantirishda  ham  ishtirok  etadi.  Masalan,  mamlakatimizda 

agrar  soha  uchun  qishloq  xo‘jaligi  texnikalari  va  mineral  o‘g‘itlar 

yetkazib  berish  bu  sohada  faoliyat  ko‘rsatuvchi  subyektlarga 

ularning  haqiqiy  qiymatidan  past  baholarda  amalga  oshirilib, 

baholar  o‘rtasidagi  farq  davlat  byudjeti  hisobidan  qoplanadi. 

Bunday 


hollarda 

davlat 


byudjeti 

baholarni 

shakllantirish 

mexanizmidan  foydalangan  holda  qishloq  xo‘jaligi  tarmog‘ini 

bilvosita qo‘shimcha moliyalashtiradi. Aholi uchun ijtimoiy ahamiyat 

kasb etuvchi xizmatlar bahosidagi farqlarni byudjetdan qoplanishi 

ham xuddi shu mexanizmga asoslangan. 

Davlat  byudjetining  uzoq  va  qisqa  muddatli  kreditlar  bilan 

o‘zaro  bog‘liqligi  ham  o‘ta  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Eng 

avvalo,  amaliyotda  davlat  byudjeti  va  kredit  resurslarining  o‘zaro 

almashuvchanligi 

tarkib 


topganligini 

e’tirof 


etish 

kerak. 


Mablag‘larning kredit va davlat byudjeti manbalari bir-birini to‘ldirib 

turishi  mumkin.  Albatta,  bunday  o‘zaro  ta’sirchanlik  (bog‘liqlik) 

obyektiv  ravishda  o‘zining  chegarasiga  ega  bo‘lib,  undan  chetga 

chiqish  iqtisodiy  jihatdan  maqsadga  muvofiq  emas.  Masalan, 

shunday  faoliyat  sohalari  va  moliyalashtirish  obyektlari  mavjudki, 

unda  faqat  davlat  byudjeti  va  aksincha,  faoliyatning  tijorat 

turlarida, asosan, kredit hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin. 

Davlat  byudjeti  va  kreditning  o‘zaro  bog‘liqligi  banklarning 

kredit  resurslarini  shakllantirish  jarayonida  ham  yaqqol  namoyon 

bo‘ladi.  Davlat  byudjeti,  avvalo,  zarur  hollarda  banklarning  qat’iy 

passivlarini  shakllantirishning  muhim  manbai  sifatida  maydonga 

chiqadi.  Ular,  o‘z  navbatida,  uzoq  muddatli  kreditlashtirish  (ustav 

fondi,  zaxira  fondi,  banklarning  kredit  resurslarini  to‘ldirish  uchun 

ajratiladigan davlat byudjeti mablag‘lari va boshqalar) uchun zarur. 

Bundan tashqari, davlat byudjeti hisobvaraqlarida va davlat byudjeti 

tashkilotlarining  hisobvaraqlarida  bo‘lgan  davlat  byudjetining 

vaqtincha  bo‘sh  mablag‘lari  qisqa  muddatli  kreditlashtirish  yo‘li 

351 


Soliq xarakteriga ega bo‘lmagan daromadlar davlatga tegishli 

bo‘lgan korxona va tashkilotlardan olinadigan to‘lovlardir. 

Davlat  mulkiga  aylanadigan  va  qaytarishni  talab  etmaydigan 

mablag‘lar  ham  davlat  byudjetining  daromadlari  bo‘lishi  mumkin. 

Biroq  ayrim  to‘lovlar  davlatning  ixtiyoriga  vaqtinchalik  foydanish 

uchun  o‘tkazilishi  ham  mumkin.  Bunday  holda  davlat  olingan 

mablag‘larni  sarf  etsa-da,  u  bu  mablag‘larni  belgilangan 

muddatlarda  va  to‘liq  ravishda  qaytarishga  majbur.  Ana  shunday 

davlat  byudjeti  daromadlarining  ko‘rinishlaridan  biri  davlat 

obligatsiyalarini  sotishdan  olingan  tushumlar  hisoblanadi.  Davlat 

byudjetining  daromadlariga  ular  shartli  ravishda,  faqat  shu  yilning 

byudjeti daromadlari nuqtayi nazaridan kiritilishi mumkin. 

Davlat  byudjeti  daromadlarining  deyarli  barchasi  sarflanish 

nuqtayi nazaridan oldindan mo‘ljallangan maqsadlarga ega emas. 

Ular  umumiy  fondga  tushiriladi  va  odatdagi  moliyalashtirish 

tartibida  foydalaniladi.  Byudjet  daromadlarining  faqat  ba’zi 

birlarigina  oldindan  belgilangan  maqsadlar  uchun  mo‘ljallangan. 

Ularning tarkibiga ijtimoiy sug‘urta badallarini kiritish mumkin. 

Soliqlar,  to‘lovlar,  yig‘imlar,  bojlar  va  majburiy  ajratmalarning 

alohida 


shakllari 

va 


turlarining 

yig‘indisi 

davlat 

byudjeti 

daromadlarining  yagona  tizimini  tashkil  etadi.  Turli  subyektlardan 

kelib  tushadigan  davlat  byudjetining  daromadlari  umumdavlat 

ehtiyojlarini ta’minlab, bir-biri bilan o‘zaro bog‘langandir. 

Davlat  byudjeti  daromadlarining  tarkibi  va  uning  tuzilmasi 

doimiy  emas.  Ular  mamlakat  taraqqiyoti  va  davlatning  oldidagi 

vazifalarning o‘zgarishiga muvofiq ravishda o‘zgarib boradi. 

Milliy iqtisodiyotda qo‘llanilayotgan davlat byudjeti daromadlari 

tizimining  samaradorligi  mablag‘larning  byudjetga  tushumini 

tashkil etishga bevosita bog‘liq. Bu jarayon o‘z ichiga quyidagilarni 

oladi: 


–  byudjetga tegishli bo‘lgan daromadlarni (soliqlar, to‘lovlar, bojlar, 

ajratmalar va boshqalar) huquqiy jihatdan rasmiylashtirish; 

– mablag‘lar tushumining hajmi va muddatlarini aniqlash tartibi; 

– daromadlarni (to‘lovlarni) byudjetga o‘tkazish tartibi; 

– byudjetga daromad o‘tkazuvchilarni hisobga olish; 

– byudjetga daromad o‘tkazuvchilarning javobgarligi; 

–  byudjetga  daromadlarni  o‘z  vaqtida  va  to‘liq  o‘tkazilishini 

ta’minlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimi; 




350 

tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, daromad (foyda) solig‘i 

va boshqalar kiradi.  

Shuningdek,  davlat  mulkidan  olinadigan  daromadlar  tarkibi 

bojxona  daromadlaridan,  egasiz  va  musodara  qilingan  mol-

mulkni, talab qilib olinmagan yuklar va pochta jo‘natmalarini, meros 

huquqi bo‘yicha davlatga o‘tgan mol-mulklarni realizatsiya qilishdan 

olingan  tushumlardan  iborat.  Davlat  tashkilotlari  va  muassasalari 

tomonidan  ko‘rsatilgan  xizmatlar  uchun  olingan  daromadlarga 

davlat  avtomobil  inspeksiyalari  tomonidan  undiriladigan  yig‘imlar, 

tovar belgilarini qayd etganlik uchun  yig‘imlar, o‘lchov asboblarini 

davlat  tekshiruvidan  o‘tkazilganligi  uchun  haq,  sud  va  arbitraj 

organlari  hamda  notarial  idoralari  tomonidan  aholiga  ko‘rsatilgan 

xizmatlar uchun olinadigan haq va boshqalar kiradi. 

Davlat  byudjetining  daromadlari  majburiy  yoki  ixtiyoriy  tarzda 

olinishi  mumkin. Bunda  daromadlarni  majburiy  shaklda  jalb  qilish 

hal  qiluvchi  rol  o‘ynaydi.  Ixtiyoriy  shakldagi  to‘lovlarga  davlat 

obligatsiyalarini  va  pul-buyum  lotereyalarini  realizatsiya  qilishdan 

olingan 

tushumlar 

kiradi. 

Davlat 


byudjeti 

daromadlarini 

shakllantirishdagi  majburiylik  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 

tomonidan  ma’lum  bir  mablag‘lar  belgilangan  muddatlarda 

byudjetga  o‘tkazilishi  zarurligini  anglatadi.  U  yoki  bu  to‘lovni 

qonun  tomonidan  majburiy  deb  e’tirof  etilishi  to‘lanmagan 

summalarning  majburiy  undirilishini  ko‘zda  tutadi.  Bu  holat  davlat 

byudjetiningijrosi  uchun  juda  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lib, 

mablag‘larni  to‘liq  va  o‘z  vaqtida  byudjetga  jalb  etish  uchun  xizmat 

qiladi. 


Subyektlarning  daromadlari  davlat  byudjeti  ixtiyoriga  ikki  xil 

usulda olinishi mumkin: 

1) soliq usulida; 

2) soliq bo‘lmagan usulda. 

Soliq  usuli  uchun  mablag‘larning  davlat  byudjeti  foydasiga 

aniq belgilangan miqdorlarda va oldindan o‘rnatilgan muddatlarda 

undirilishi xarakterlidir. Soliqlarning undirilishi mamlakat yalpi ichki 

(milliy)  mahsuloti  va  milliy  daromadining  taqsimlanishi  va  qayta 

taqsimlanishi  bilan  bog‘liq.  Ular  yordamida  xo‘jalik  yurituvchi 

subyektlar  va  aholiga  tegishli  bo‘lgan  mablag‘larning  bir  qismi 

davlat  ixtiyoriga  o‘tkaziladi.  Soliqlarning  tarkibiga  qo‘shilgan 

qiymat  solig‘i,  aksizlar,  daromad  (foyda)  solig‘i,  yer solig‘i,  mol-

mulk solig‘i va boshqa soliqlar kiradi. 

339 


bilan  banklarning  kredit  resurslarini  to‘ldirishi  mumkin.  Shu  bilan 

birgalikda, 

banklarning 

kredit 


operatsiyalari 

daromadlarni 

shakllantirib,  bu  ularning  daromadining  bir  qismini  byudjetga 

olishda manba bo‘lib xizmat qiladi. 

Iqtisodiy kategoriya sifatida ish haqi ham davlat byudjeti bilan 

uzviy 


bog‘langan. 

Xususan, 

ijtimoiy 

sohada 


faoliyat 

ko‘rsatayotgan  xodimlarning  ish  haqi  fondini  shakllantirishda 

davlat byudjetining mablag‘lari hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 

Davlat  byudjeti  mamlakatning  moliya  tizimida  markaziy  o‘rin 

egallab,  uning  barcha  bo‘linmalari  bilan  bog‘langan.  Bunday 

bog‘lanish  ikki  yo‘nalish  –  byudjetga  to‘lovlar  va  byudjetdan 

moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi.  

Davlat  byudjeti  moliyaning  tarkibiy  qismi  sifatida,  uning 

boshqa bo‘linmalari singari ikki xil funksiyani bajaradi: 

1) taqsimlash; 

2) nazorat. 

Davlat  byudjetining  taqsimlash  funksiyasi  orqali  uning 

mohiyati  namoyon  bo‘ladi.  Bu  davlat  byudjeti  tomonidan  amalga 

oshirilayotgan  taqsimlash  munosabatlarining  mazmunida  yaqqol 

ko‘rinadi.  Davlat  byudjeti  orqali  amalga  oshiriladigan  taqsimlash 

bu  jarayonning  ikkinchi  (oraliq)  bosqichidir.  Shuning  uchun  ham 

davlat  byudjetining  taqsimlash  funksiyasi  o‘ziga  xos  bo‘lgan 

xususiyatga  ega  bo‘lib,  undan  taqsimlangan  yalpi  ichki  (milliy) 

mahsulotni qayta taqsimlashda foydalaniladi. Agar taqsimlashning 

birinchi bosqichida davlat byudjeti mablag‘lari (byudjetga to‘lovlar) 

milliy  daromadda  davlatning  ulushi  sifatida  maydonga  chiqsa, 

uning  ikkinchi  bosqichida  esa  ana  shu  ulush  qismlarga  bo‘linadi 

va  ko‘p  sonli  kanallar  orqali  turli  tadbirlarni  moliyalashtirishga  va 

fondlarni shakllantirishga yo‘naltiriladi. 

Aholining 

byudjetga 

to‘lovlari 

ham 


qayta 

taqsimlash 

xarakteriga ega. Ularning byudjetga turli soliqlar ko‘rinishida kelib 

tushishi  ikkinchi  taqsimlash  aktidan  iboratdir.  Ayniqsa,  ijtimoiy 

sohada 

faoliyat 

ko‘rsatayotgan 

xodimlar 

tomonidan 

turli 


ko‘rinishdagi 

soliqlarning 

byudjetga 

to‘lanishi 

ham 

bu 


mablag‘larning  ko‘p  sonli  taqsimlash  bosqichlaridan  o‘tishini 

taqozo  etadi.  Chunki  juda  ko‘p  hollarda  bu  mablag‘lar  ancha 

oldinroq davlat byudjeti yordamida taqsimlanish bosqichidan o‘tib, 

ijtimoiy  sohaga  davlat  byudjeti  mablag‘lari  shaklida  yetib  borgan 

bo‘ladi. 



340 

Demak,  mamlakatda  yaratilgan  yalpi  ichki  (milliy)  mahsulot 

(milliy  daromad)ning  alohida  olingan  bir  qismi  taqsimlashning 

davlat  byudjeti  mexanizmi  orqali  bir  necha  marta  taqsimlanishi 

(qayta  taqsimlanishi)  mumkin.  Bu  davlat  byudjeti  taqsimlash 

funksiyasining birinchi xarakterli xususiyatidir. 

Amalga oshiriladigan operatsiyalar ko‘lamining, pul oqimlarining 

kengligi va tashkil topadigan maqsadli fondlarning xilma-xilligi davlat 

byudjeti  taqsimlash  funksiyasining  ikkinchi  xususiyati  bo‘lib 

hisoblanadi.  Davlat  byudjeti  yalpi  ichki  (milliy)  mahsulotning 

kattagina  qismini  taqsimlab,  turli  maqsadlarga  mo‘ljallangan  turli 

fondlarni  shakllantiradi.  Davlat  byudjeti  bilan  iqtisodiyot  va  ijtimoiy 

sohaning barcha bo‘linmalari bevosita yoki bilvosita bog‘langandir. 

Davlat  byudjetining  taqsimlash  funksiyasining  uchinchi 

xarakterli  xususiyati  shundan  iboratki,  bunda  taqsimlashning 

asosiy obyekti bo‘lib jamiyatning  sof daromadi (qo‘shilgan qiymat 

solig‘i,  foyda  va  boshqalar)  maydonga  chiqadi.  Lekin  bu  milliy 

daromad,  yalpi  ichki  (milliy)  mahsulot  va  milliy  boylikning  boshqa 

elementlarining  ham  qisman  taqsimlanishi  mumkinligini  inkor 

etmaydi.  Davlat  byudjeti  orqali  soliqlar  shaklida  jismoniy 

shaxslarning  daromadlari  ham  qayta  taqsimlanadi.  Shuningdek, 

davlat  byudjeti  mexanizmi  orqali  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar 

o‘rtasida ham mablag‘lar qayta taqsimlanishi mumkin. 

Davlat  byudjeti  kanallari  bo‘yicha  qiymatning  jamg‘arish  va 

iste’mol  fondlari  tomon  harakati  sodir  bo‘ladi.  Iqtisodiyotga 

xarajatlarning ma’lum bir qismi, markazlashtirilgan investitsiyalarni 

moliyalashtirish va ijtimoiy sohani saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xa-

rajatlarning  asosiy  qismi  davlat  byudjeti  mablag‘lari  hisobidan 

amalga  oshiriladi.  Davlatning  moddiy  rezervlari  o‘sgan  qismining 

hammasi  ham  byudjetdan  to‘liq  moliyalashtiriladi.  Davlat  byudjeti 

ijtimoiy  iste’mol  fondlarini  shakllantirishning  asosiy  manbai  bo‘lib 

xizmat  qiladi,  ijtimoiy  soha  xodimlari  uchun  iste’mol  fondining 

yaratilishini ta’minlaydi. 

Davlat  byudjeti  orqali  taqsimlash  jarayoni  ko‘p  bosqichda 

amalga  oshiriladi.  Agar  uning  birinchi  bosqichi  iqtisodiyot  sohala-

rida  (birlamchi  taqsimlash)  amalga  oshirilsa,  davlat  byudjeti  orqali 

yalpi  ichki  (milliy)  mahsulotning  ikkilamchi  taqsimlanishi  (qayta 

taqsimlanishi)  sodir  bo‘ladi.  Uning  uchinchi  bosqichi  (byudjetdan 

moliyalashtirish)  iqtisodiyot  va  ijtimoiy  sohalarning  bo‘linmalarini 

qamrab  oladi.  Biroq  taqsimlanayotgan  yalpi  ichki  (milliy) 

349 

ovqatlanish  korxonalari  uchun  yagona  soliq  to‘lovidan  davlat 



byudjetiga  ajratmalar;  yagona  soliq  to‘lovidan  (mikrofirmalar  va 

kichik  korxonalar  bilan  birgalikda)  davlat  byudjetiga  ajratmalar; 

jismoniy  shaxslarning  daromadidan  olinadigan  soliqlar  va 

tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug‘ullanayotgan  yuridik  va  jismoniy 

shaxslarning daromadidan olinadigan qat’iy soliqlar kiradi. 

2.  Egri  (bilvosita)  soliqlar.  Bu  soliqlarning  tarkibi  qo‘shilgan 

qiymat  solig‘i;  aksizlar;  bojxona  bojlari;  jismoniy  shaxslardan 

olinadigan  yagona  boj  to‘lovi;  transport  vositalari  uchun  benzin, 

dizel yoqilg‘isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan 

soliqdan iborat. 

3.  Resurs  to‘lovlari  va  mol-mulk  solig‘i.  Bu  guruhga  kiruvchi 

soliqlar  va  to‘lovlar  mol-mulk  solig‘i;  yer solig‘i;  yerosti 

boyliklaridan  foydalanganlik  uchun  soliq  va  suv  resurslaridan 

foydalanganlik uchun soliqni o‘z ichiga oladi. 

4. Ustama foydadan olinadigan soliq. 

5. Boshqa daromadlar. 

O‘zining  ijtimoiy-iqtisodiy  belgisiga  ko‘ra  davlat  byudjetining 

daromadlari ikki guruhga bo‘linishi mumkin: 

– xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olinadigan daromadlar; 

– aholidan tushumlar. 

Mulkchilik  shakliga  ko‘ra  davlat  byudjetining  daromadlari 

quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin: 

– nodavlat sektordan olinadigan daromadlar; 

– davlat xo‘jaliklaridan olinadigan daromadlar; 

– aholidan olinadigan mablag‘lar. 

Davlat byudjeti daromadlarining yuqorida sanab o‘tilgan har bir 

guruhlari  daromadlarning  manbalari,  to‘lovlarning  turlari  va 

hokazolar  bo‘yicha  kichik  guruhlarga  bo‘linishi  ham  mumkin. 

Masalan,  davlat  xo‘jaliklaridan  olinadigan  daromadlarga  davlat 

korxona  va  tashkilotlarining  to‘lovlari,  davlat  mulkini  sotishdan 

olinadigan 

daromadlar, 

davlat 

tashkilotlari 

tomonidan 

ko‘rsatiladigan 

xizmatlardan 

olinadigan 

daromadlar 

kiradi. 


Aholidan  byudjetga  kelib  tushadigan  mablag‘lar  esa  soliqlar  va 

boshqa ixtiyoriy to‘lovlardan iborat bo‘lishi mumkin. O‘z navbatida, 

har  bir  kichik  guruhlarga  biriktirilgan  davlat  byudjetining 

daromadlari tushumlarning alohida turidan iborat. Masalan, davlat 

korxonalari  tomonidan  byudjetga  o‘tkaziladigan  daromadlarning 



348 

bo‘yicha  olingan  mablag‘lar  hamda  majburiy  undirilgan  boshqa 

mablag‘lar; 

•  moliyaviy  yordam ko‘rinishidagi daromadlar (davlat byudjeti 

ssudalari va davlat byudjeti kreditlaridan tashqari); 

•  boshqa soliq bo‘lmagan daromadlar. 

Tushumlarning quyidagi ko‘rinishlari ham davlat byudjeti daro-

madlarining tarkibida hisobga olinishi mumkin: 

•  davlat  mulkini  vaqtinchalik  foydalanishga  berish  natijasida 

ijara haqi yoki boshqa ko‘rinishda olinadigan mablag‘lar; 

•  kredit  muassasalaridagi  hisobvaraqlarda  davlat  byudjeti 

mablag‘larining  qoldig‘i  bo‘yicha  foizlar  ko‘rinishida  olinadigan 

mablag‘lar; 

•  davlat  mulkiga  tegishli  bo‘lgan  mol-mulkni  garovga  yoki 

ishonchli boshqaruvga berishdan olinadigan mablag‘lar; 

•  qaytarish  va  haq  olish  asosida  boshqa  byudjetlarga,  xorijiy 

davlatlarga  yoki  boshqa  yuridik  shaxslarga  berilgan  davlat 

byudjeti mablag‘laridan foydalanganlik uchun haq; 

•  davlatga  qisman  tegishli  bo‘lgan  xo‘jalik  jamiyatlari  ustav 

kapitalining  hissasiga  yoki  aksiyalar  bo‘yicha  dividendlarga  to‘g‘ri 

keladigan foyda ko‘rinishidagi daromadlar; 

•  davlat  unitar  korxonalari  foydasining  bir  qismi  (soliqlar  va 

yig‘imlar  to‘g‘risidagi  qonunchilikka  muvofiq  to‘langan  soliq  va 

yig‘imlardan so‘ng); 

•  davlatga tegishli bo‘lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida 

olinadigan qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa daromadlar. 

Davlat 

byudjetining 

daromadlar 

qismini 


to‘ldirishning 

manbalaridan biri davlat byudjeti tizimida boshqa darajada turgan 

dotatsiyalar,  subvensiyalar  va  subsidiyalar  yoki  mablag‘larni 

qaytarilmaslik  va  tiklamaslikning  boshqa  shakllarida  olinadigan 

moliyaviy  yordamdir.  Bunday  moliyaviy  yordamlar  mablag‘larni 

oluvchi  davlat  byudjetining  daromadlarida  o‘z  ifodasini  topishi 

kerak.  Jismoniy  va  yuridik  shaxslardan,  xalqaro  tashkilotlar  va 

xorijiy  davlatlar  hukumatlaridan  qaytarilmaydigan  yoki  tiklan-

maydigan  shaklda  o‘tkazilayotgan  mablag‘lar  ham  davlat 

byudjetining shunday daromadlari tarkibiga kiradi.  

Hozirgi  amaliyotda  davlat  byudjetining  daromadlari  quyidagi 

tartibda tasniflanadi (klassifikatsiyalanadi): 

1.  To‘g‘ri  (bevosita)  soliqlar.  Ularning  tarkibiga  yuridik 

shaxslarning  foydasidan  olinadigan  soliq;  savdo  va  umumiy 

341 

mahsulotning  ayrim  elementlari  davlat  byudjeti  orqali  ko‘p 



martalab  ham  taqsimlanishi  mumkin.  Masalan,  ijtimoiy  soha 

tashkilotlarining  ijtimoiy  sug‘urta  fondiga  to‘lovlari  byudjetli 

taqsimlashning  mahsulidir. Chunki  bu  soha  tashkilotlarida  ish  haqi 

fondi  byudjetdan  moliyalashtirish  asosida  vujudga  keladi.  Lekin 

taqsimlashning  ikkinchi  bosqichidan  o‘tib,  ular  yana  ijtimoiy 

sug‘urtaga ajratmalar shaklida byudjetga kelib tushadi. 

Shunday  qilib,  davlat  byudjetining  taqsimlash  funksiyasi 

taqsimlashning  ko‘p  martaligi  bilan  xarakterlanadi.  U  ijtimoiy 

munosabatlarning  barcha  sohalarida  namoyon  bo‘ladi.  Jamiyat 

iqtisodiyot,  sog‘liqni  saqlash,  maorif,  madaniyat,  fan,  san’at, 

mudofaa  va  aholining  turmush  tarzini  yaxshilashda  undan 

foydalanadi.  Faqat  davlat  byudjetidagina  yalpi  ichki  (milliy) 

mahsulotni  taqsimlashning  ana  shunday  xilma-xil  shakllari  va 

metodlari namoyon bo‘ladi. 

Davlat  byudjetining  nazorat  funksiyasi  ham  o‘ziga  xos 

xususiyatlarga  ega.  Davlat  byudjetining  milliy  iqtisodiyot  bilan 

uzviy  bog‘liqligi  takror  ishlab  chiqarishning  barcha  bo‘linmalarida 

ahvolning  qandayligi  to‘g‘risida  ma’lumotlar  bilan  doimiy  ta’minlab 

turadi.  

Mablag‘larning byudjetga kelib tushishi, byudjetdan ajratiladigan 

mablag‘larning  yo‘nalishi  va  ulardan  foydalanish  ishlab  chiqarish, 

taqsimlash, 

almashuv 

va 


iste’moldagi 

muvaffaqiyat 

va 

kamchiliklarni 



ifoda 

etadi. 


Ular 

milliy 


iqtisodiyotda 

nomutanosibliklarning 

vujudga 

kelayotganligi, 

rivojlanish 

sur’atlaridagi  buzilishlar,  milliy  iqtisodiyotda  sodir  bo‘layotgan 

taqsimlash  jarayonlarining  to‘g‘riligi  va  o‘z  vaqtida  amalga 

oshirilayotganligi, ishlab chiqarishning samaradorligi va hokazolar 

to‘g‘risida  go‘yo  signal  berib  turadi.  Milliy  iqtisodiyotning  istalgan 

bir  sohasi  yoki  korxonaning  moliyaviy  ahvoli,  albatta,  davlat 

byudjeti  bilan  bo‘ladigan  o‘zaro  munosabatlarga  –  soliqlarga, 

to‘lovlarga, byudjetdan moliyalashtirish hajmlariga va hokazolarga 

ta’sir  ko‘rsatadi.  Demak,  davlat  byudjeti  orqali  rejadan  og‘ish 

tufayli  tarmoqlararo  moliyaviy  aloqalar  va  davriy  qisman 

disproportsiyalar, 

jamg‘armalarning 

hajmi, 

mablag‘larni 

o‘zlashtirish  sur’atlari  va  boshqalardagi  o‘zgarishlar  yaqqol 

ko‘rinib  turadi.  Bularning  barchasi  davlat  byudjetining  nazorat 

funksiyasiga  umumiylik,  universallik  xarakterini  beradi  (birinchi 

xususiyat).  Bu  esa,  o‘z  navbatida,  milliy  iqtisodiyotni  boshqarishda 




342 

davlat byudjetining nazorat funksiyasidan keng foydalanish uchun 

sharoit yaratadi. 

Davlat  byudjetining  nazorat  funksiyasiga  tegishli  bo‘lgan 

ikkinchi  xarakterli  xususiyat  moliyaviy  munosabatlarning  alohida 

sohasi 


sifatida 

davlat 


byudjetining 

yuqori 


darajada 

markazlashtirilganligidan  kelib  chiqadi.  Markazlashtirilganlik  har 

doim  yuqori  organlar  oldida  quyi  organlarning  hisobot  berib 

turishini,  ma’lum  ketma-ketlikda  bo‘ysunishning  tizimliligini 

anglatadi.  Bu  esa,  o‘z  navbatida,  yuqoridan  quyigacha  davlat 

moliyaviy nazoratini tashkil etishga shart-sharoit yaratib beradi. 

Kuchli  majburiylik,  imperativlik  davlat  byudjetining  nazorat 

funksiyasiga tegishli bo‘lgan uchinchi xususiyatdir. Davlat byudjeti 

davlatniki  bo‘lganligi  uchun  uning  nazorat  funksiyasi  milliy 

iqtisodiyotni  boshqarish  vositalaridan  biri  hisoblanadi.  Nazorat 

funksiyasining obyektiv ravishda byudjetga  xosligi, uning iqtisodiy 

kategoriya  sifatidagi  xususiyati  davlatning  huquqiy  asosga 

egaligini  taqozo  etadi.  Shuning  uchun  ham  davlat  byudjeti 

nazorati  o‘ta  ta’sirchan  va  samarali  hisoblanadi.  Davlat  bunday 

nazoratni amalga oshira borib, subyektlarning moliyaviy faoliyatiga 

tezkor ravishda aralashuvi, kerakli hollarda esa, u yoki bu jazolarni 

qo‘llashi mumkin. 

Obyektiv  ravishda  byudjetga  xos  bo‘lgan  nazorat  funksiyasi 

faoliyatning  barcha  sohalarida  davlat  tomonidan  keng  qo‘llaniladi. 

Byudjetni rejalashtirish jarayonlarida va uni ijro etishda subyektlar 

faoliyatining  barcha  tomonlari  tekshirilishi  yoki  nazorat  qilinishi 

mumkin.  Bunday  nazorat,  odatda,  quyidagi  maqsadlarni  ko‘zda 

tutadi:  

1)  davlat  byudjetining  daromadlarini  oshirish  uchun  pul 

mablag‘larini jalb qilish; 

2) mablag‘larni sarflashning qonuniyligini ta’minlash; 

3)  moliyaviy  (byudjet)  mexanizm  orqali  ishlab  chiqarishning 

samaradorligini oshirish. 

Davlat  byudjetining  funksiyalari  uning  iqtisodiy  mohiyatini 

ifoda etib, byudjetni rejalashtirish jarayoni va uni ijro etishda o‘zini 

namoyon etadi. 

Davlat  byudjetining  taqsimlash  va  nazorat  funksiyalari  o‘z 

harakatlari davomida miqdoriy va sifat tomonlarga egadir. 

Taqsimlash  funksiyasining  miqdoriy  tomoni  u  yoki  bu  fondning 

hajmini  ifodalashi  bilan  xarakterlanadi.  Bunda  turli  fondlarning 

347 


faoliyatining  sifat  ko‘rsatkichlariga  to‘lovlarning  ta’sirchanligini 

kuchaytirishdir; 

– davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok 

etish.  Bu  prinsip  davlat  byudjeti  daromadlarini  aholi  mablag‘lari 

hisobidan  shakllantirishda  qo‘llanilib,  uning  natijasida  aholi 

daromadlari  darajasiga  bog‘liq  ravishda  bir  qismi  byudjetga 

o‘tkaziladi. 

Kezi  kelganda  shuni  ham  alohida  qayd  etish  kerakki,  davlat 

byudjetini  adolat  prinsiplari  asosida  tashkil  etish  masalasiga 

xalqimizning buyuk mutafakkirlari va davlat arboblari juda katta hissa 

qo‘shishgan

67



Davlat byudjetining daromadlari o‘zlarining manbalari, ijtimoiy-

iqtisodiy  xarakteri,  mulkchilik  shakli,  soliq  va  to‘lovlarning  turi, 

mablag‘larning  tushish  shakli  va  ularni  byudjetga  undirish 

usullariga muvofiq tasniflanishi ( klassifikatsiya qilinishi) mumkin. 

Davlat  byudjetining  daromadlari  o‘z  manbalariga  ko‘ra 

quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 

•  soliq tushumlari (soliq shaklidagi daromadlar); 

•  soliq bo‘lmagan daromadlar; 

•  tiklanmaydigan  (qaytarilmaydigan)  tarzda  o‘tkaziladigan  pul 

mablag‘lari. 

Davlat  byudjetining  soliq  shaklidagi  daromadlari  tarkibi  mam-

lakat  soliq  qonunchiligiga  muvofiq  umumdavlat  soliqlari  va 

yig‘imlari,  mahalliy  soliqlar  va  yig‘imlar,  bojxona  bojlari,  boj 

yig‘imlari  va  boshqa  boj  to‘lovlari,  davlat  boji,  penya  va 

jarimalardan iborat.  

Davlat  byudjetining  soliq  bo‘lmagan  daromadlari  tarkibiga 

quyidagilar kiradi: 

•  davlat  mulkidan  foydalanish  tufayli  olingan  daromadlar 

(soliqlar  va  yig‘imlar  to‘g‘risidagi  qonunchilikka  muvofiq  to‘langan 

soliq va yig‘imlardan so‘ng); 

•  davlat  byudjeti  tashkilotlari  tomonidan  ko‘rsatilgan  to‘lovli 

xizmatlardan  kelgan  daromadlar  (soliqlar  va  yig‘imlar  to‘g‘risidagi 

qonunchilikka muvofiq to‘langan soliq va yig‘imlardan so‘ng); 

•  fuqarolik-huquqiy,  ma’muriy  va  jinoiy  choralarni  qo‘llash 

natijasida  olingan  mablag‘lar,  jumladan,  jarimalar,  musodaralar, 

tovon to‘lashlar va davlat subyektlariga yyetkazilgan zararlarni tiklash 

                                                 

67

 Bu to‘g‘risida dasrlikning 1.5 -paragrafida  umumiy tushuncha berilgan. 




346 

–  soliqlarning  byudjetga  olinishi  mamlakat  milliy  boyligi 

manbalarining tugashiga olib kelmasligi kerak; 

– soliqlar ularni to‘lovchilar o‘rtasida teng taqsimlanmog‘i lozim; 

– soliqlarni ishlab chiqaruvchilarning aylanma fondlari hajmiga 

ta’sir ko‘rsatmasligi; 

– soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi; 

–  davlat  uchun  soliqlarning  undirilishi  iloji  boricha  kamxarajat 

bo‘lishi lozim; 

–  soliqlarning  undirilish  jarayoni  xususiy  sektorni  siqib 

chiqarmasligi kerak;  

–  subyektlarning  mustaqil  faoliyat  ko‘rsatishiga  sharoit  yaratish. 

Ya’ni, subyektlarga tegishli bo‘lgan mablag‘larning bir qismini davlat 

byudjetiga  olinishi  ularning  mustaqil  rivojlanishiga  salbiy  ta’sir 

ko‘rsatmasligi  kerak.  Chegaradan  o‘tib  ketilganda  subyektlarning 

mustaqilligini  yo‘qotishiga,  kasodga  uchrash  hollarining  vujudga 

kelishiga, ichki rezervlarni qidirib topishga va ishlab chiqarishning 

o‘sish  sur’atlarini  ta’minlashga 

intilish  susayadi, 

xufyona 


iqtisodiyotning rivojlanishi boshlanadi; 

  – subyektlarning xatti-harakati va intilishiga bog‘liq bo‘lmagan 

holda  vujudga  kelgan  daromadlarning  to‘liq  yoki  qisman  byudjetga 

olinishi. Ma’lum bir xarajatlarni amalga oshirmasdan olingan barcha 

daromadlar  davlatning ixtiyoriga  o‘tishi kerak. Bu  prinsipning ta’siri 

ostiga  subyektlar  ma’muriyatining  noto‘g‘ri,  noqonuniy  harakati 

(masalan,  davlat  standartlarini  buzish  va  boshqalar)  natijasida 

olingan daromadlar ham kiritilmog‘i lozim; 

  – ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun 

korxonaning 

rejalashtirilgan 

ehtiyojidan 

ortgan 

summalarni 

byudjetga  olish.  Bu  prinsip  davlat  byudjeti  daromadlarini  davlat 

korxonalarining  mablag‘lari  hisobidan  tashkil  etishda  qo‘llanilishi 

mumkin. U davlat korxonalarining moliyaviy holatini tartibga soladi 

va  bir  vaqtning  o‘zida  ijtimoiy  ehtiyojlarni  qondirishda  davlatning 

manfaatlarini ta’minlaydi; 

–  davlat  byudjeti  mexanizmining  rag‘batlantiruvchi  ta’sirini 

ta’minlash. Mablag‘larni subyektlar ixtiyoridan  byudjetga o‘tkazilishi 

ularni  samarali  faoliyat  ko‘rsatishga  rag‘batlantirishi  kerak.  Bunda 

maqsad  faqat  davlat  byudjeti  daromadlarini  miqdoriy  jihatdan 

ta’minlash  emas,  balki  shu  yo‘l  bilan  korxonada  faoliyat 

ko‘rsatayotgan 

mehnat 


jamoalarining 

manfaatlariga, 

ular 

343 


nisbatlari  va  ularning  miqdoriy  parametrlarini  to‘g‘ri  aniqlash 

nazarda  tutilayapti.  Bu  yerda  har  ikki  funksiyaning  harakati  bir 

xilda  muhimdir.  Agar  davlat  byudjetining  taqsimlash  funksiyasi  u 

yoki  bu  fondni  oshirish  yoki  kamaytirish  yo‘li  bilan  uni  ko‘zlangan 

darajaga  yetkazishga  sharoit  yaratar  ekan,  uning  nazorat 

funksiyasi esa ana shunday taqsimlashning natijasini, uning ijobiy 

va salbiy tomonlarini aniqlashga imkon beradi. 

Taqsimlashning  sifat  tomoni  davlat  byudjeti  tomonidan 

subyektlar  faoliyatiga  har  tomonlama  faol  ta’sir  ko‘rsatadi  va 

o‘zida 


chuqur 

aloqalarni 

ifodalaydi. 

Byudjetdan 

moliyalashtirishdan 

to‘g‘ri 


foydalangan 

holda 


fondlarning 

shakllantirilishi  davlat  byudjeti  mablag‘larini  iqtisod  qilib,  ulardan 

samarali  foydalanishiga,  iqtisod  rejimiga  rioya  qilinishiga, 

subyektning  barcha  bo‘linmalarida  samaradorlikni  oshirishga 

xizmat  qiladi.  Bunga  davlat  byudjetinin  gtaqsimlash  funksiyasi 

faqat  miqdoriy  omillarga  bo‘ysundirilganda  emas,  balki  u  sifat 

ko‘rsatkichlariga  ham  bog‘langandagina  erishilishi  mumkin.  Bu 

holatda davlat byudjetining nazorat funksiyasi ham o‘z yo‘nalishini 

biroz 

o‘zgartiradi: 



faqat 


fondlarning 

miqdoriy 

jihatdan 

nomuvofiqligi  to‘g‘risida  emas,  balki  ana  shu  nomuvofiqliklar  sifat 

ko‘rsatkichlariga ham ta’sir ko‘rsatganligi to‘g‘risida signal beradi. 

Davlat byudjetining ikkala funksiyasidan foydalanish natijasida 




Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish