Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Davlat byudjeti daromadlarining



Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/444
Sana22.12.2021
Hajmi5,3 Mb.
#122845
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   444
Bog'liq
Moliya 2020 (darslik)

Davlat byudjeti daromadlarining davlat byudjeti kategoriya-

larining  ko‘rinishlaridan  biri  sifatida  ajratilishi  ularning  umumiy 

iqtisodiy  asoslari  va  xarakterli  belgilarini  yaxshiroq  tushunishga 

imkon yaratadi. Davlat byudjeti daromadlari davlatning subyektlar 

(xo‘jaliklar  va  aholi)  bilan  o‘zaro  munosabatlarining  aniq 

chegaralangan,  aniqlangan  qismini  ifoda  etadi.  Bu  munosabatlar 

xilma-xil  bo‘lishiga  qaramasdan,  ular  umumiy  belgilarga  ega  va 

umumlashtirilgan,  abstrakt  holda  ishlab  chiqarish  (byudjet) 

munosabatlarining  alohida  elementi  sifatida  maydonga  chiqadi. 

Davlat  byudjeti  daromadlari  o‘zlarining  iqtisodiy  tabiatiga  ko‘ra 

obyektiv bo‘lib, ular davlatning subyektlar (xo‘jaliklar va aholi) bilan 

barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning obyektiv zarurligi davlatning 

o‘ziga xos funksiyalarga ega bo‘lgan mavjudligi bilan belgilanadi.  

Keng ma’noda daromadlar moliya fanining emas, balki iqtisod 

ilmining  kategoriyasi  hisoblanadi.  Ular  taqsimlash  obyekti 

(masalan,  korxonaning  yalpi  yoki  sof  daromadi)  yoki  taqsimlash 

natijasi  (masalan,  aholining  oxirgi  daromadlari)  bo‘lishi  mumkin. 

Davlat  byudjeti  daromadlarining  farqlanuvchi  belgisi  shundan 

iboratki,  ular  taqsimlash  natijasi  (byudjetga  to‘lovlar)  va  yanada 

taqsimlash  obyekti  (davlat  byudjeti  ichidagi  fondlarni  shakllantirish 

va  moliyalashtirish)  sifatida  maydonga  chiqadi.  Demak,  davlat 



330 

mablag‘lar  ajratib  olingan  bo‘lib,  ular  qat’iy  chegaralanmagan. 

Ularning  barchasi  hozircha  yagona  maqsadga  –  umumdavlat 

ehtiyojlarini  qondirishga  yo‘naltirilgan.  Davlat  pul  fondining 

alohidaligiga 

aniq 


maqsadlarga 

mo‘ljallangan 

fondlarni 

kristallizatsiya qilish boshlanganda barham beriladi. 

Davlat  byudjeti  fondini  shakllantirishda  ikki  xil  tushunchadan 

foydalaniladi:  

1) byudjetga to‘lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar); 

2) davlat byudjetining daromadlari. 

Bu  tushunchalar  bir  xil  ma’noni  anglatadi.  Chunki  ularning 

ikkalasi  ham  davlat  va  mablag‘  to‘lovchilar  o‘rtasida  vujudga 

keladigan  bir  xildagi  taqsimlash  munosabatlarini  ifoda  etadi.  Bu 

yerda faqat ma’no jihatidan emas, balki miqdoriy jihatdan ham bir 

xillikka  erishilgan.  Zero,  ularning  har  ikkalasi  ham  milliy 

daromadning yagona qismiga tegishlidir. Biroq bu tushunchalarning 

ikkiyoqlamalik xaraktyerga egaligini ham unutmaslik lozim. 

Davlat  byudjetiga  to‘lovlar  (soliqlar,  ajratmalar,  bojlar  va 

boshqalar),  eng  avvalo,  to‘lovchilarning  xarajatlaridan  iborat 

bo‘lib,  ularning  daromadlaridan  chegirilsada,  bir  vaqtning  o‘zida 

ular 

davlat 


byudjetida 

davlatning 

daromadlari 

sifatida 

gavdalanadi. Ana shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan 

ishtirokchilar  (tomonlar)  o‘rtasidagi  manfaatlarda  ba’zi  bir  farqli 

jihatlar  vujudga  keladi.  Davlat  davlat  byudjetining  daromadlarini 

oshirishdan  manfaatdor  bo‘lsa,  bu  narsa  u  yoki  bu  darajada 

to‘lovchilarning  (yuridik  va  jismoniy  shaxslarning)  manfaatdorligini 

(qiziquvchanligini) pasaytiradi. 

Shunday  qilib, “byudjetga  to‘lovlar”  va  “davlat  byudjetining 

daromadlari” tushunchalari yuqorida ko‘rsatilgan umumiylikka ega 

bo‘lsalar-da,  bir  vaqtning  o‘zida,  ular  o‘rtasida  obyektiv  farqlar 

ham mavjud. Byudjetga to‘lovlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki 

to‘lovchilar  moliyasining  tarkibiy  elementlaridan  hisoblanadi  va 

boshqa taqsimlash munosabatlari bilan o‘zaro organik bog‘liqlikda 

ko‘riladi; davlat byudjetida ular daromadlar shaklini oladi va davlat 

byudjetining 

subyektlar 

(xo‘jaliklar) 

bilan 

davlat 


byudjeti 

munosabatlari  keng  sohalarining  boshqa  elementlari  bilan  o‘zaro 

bog‘liqlikda  tahlil  qilinadi.  Bu  holda,  taqsimlanayotgan  milliy 

daromadning yagona qismi ikki xil iqtisodiy mazmun kasb etadi va 

moliya  tizimining  turli  bo‘linmalarida  turlicha  ko‘rinishga  ega 

bo‘ladi. 

327 


Download 5,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish