Yetkazib berish va sotish shartlariga ko‘ra baholarni
quyidagicha farqlash mumkin:
• netto-baholar;
• brutto-baholar (fakturaviy baholar);
• jahon baholari.
Oldi-sotdi joyidagi baholar netto-baholar deyiladi.
Oldi-sotdi
shartlariga
(soliqlarning
turi
va
miqdori,
chegirmalarning mavjudligi va darajasi, frank turlari va sug‘urta
shartlariga) muvofiq ravishda aniqlanadigan baholar brutto-
baholar deb ataladi.
Jahon baholari yirik import va eksport operatsiyalari amalga
oshiriladigan baholardan iborat. Amaliyotda jahon baholari
xomashyo tovarlari bo‘yicha eksportyor mamlakatning darajasi
273
Amaliyotda hamma vaqt ham foydaning mazmuni bir xil
tarzda ifodalanaverilmaydi. Odatda, foyda deganda XYuS, firma,
korporatsiyalar va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlab
chiqarish-xo‘jalik faoliyatining umumlashtirilgan tarzda baholovchi
ko‘rsatkich, daromadning mahsulotni ishlab chiqarish va
realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar ustidan
oshgan qismi tushuniladi.
Amaliy faoliyatda esa “foyda”ning barcha tushunchalarini
quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkin:
• realizatsiya qilinadigan tovar (xizmat)lar sotish bahosi bilan
ularni ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi farq sifatida
aniqlanadigan foyda;
• sof aktivlarning yil oxiridagi va yil boshidagi miqdorlarining
farqi sifatida aniqlanadigan faoliyatning ayrim davriga tegishli
bo‘lgan foyda (uning kapitallashtirilganligi);
• foydani kapitaldan olingan daromad sifatida tushunish.
Foydaning mazmunini aniqlashga bo‘lgan yondashuvning
turlicha ekanligidan kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan
hisobot ma’lumotlarining standart paketlariga qarab turib, uning
miqdori to‘g‘risida aniq bir fikrni aytishning hamma vaqt ham iloji
yo‘q.
Faoliyatning moliyaviy natijalarini tahlil qilishda XYuSlar, ko‘p
hollarda, foydaning quyidagi ko‘rinishlariga (tushunchalariga)
tayanadi:
• asos foyda;
• balans foyda;
• sof foyda yoki sof daromad.
Asos foyda deyilganda hisobot davrida kutilayotgan foyda
tushuniladi. Bu ko‘rsatkich asos rentabellikni hisoblashda,
nomenklatura pozitsiyalari bo‘yicha miqdor va tannarx aniq
ma’lum
bo‘lmagan
paytda
keng
assortimentli
buyumlar
tayyorlovchi XYuSlar, birlashmalar bo‘yicha rejalashtirilayotgan yil
uchun foyda analitik metodda aniqlanayotganda qo‘llaniladi.
Balans foyda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
faoliyatning barcha turlari bo‘yicha olingan foydaning umumiy
summasidan iborat.
Sof foyda yoki sof daromad operatsion davr mobaynida
olingan
tushumdan
barcha
chegirmalar
va
xarajatlar
chiqarilganidan so‘ng vujudga keladi. Ma’lum bir miqdorda sof
274
foydaning (netto-foydaning) olinishiga erishilsagina tadbirkorlik
jarayonini amalga oshirish o‘zining mazmuniga ega bo‘ladi.
Hisobotlarda foyda quyidagi ko‘rinishlarda aks ettirilishi
mumkin:
• yalpi foyda;
• operatsion foyda;
• sof foyda.
XYuSlar faoliyatining umumiy moliyaviy natijalari foyda va
zararlar to‘g‘risidagi hisobotda o‘z aksini topadi. Bu hisobot
moliyaviy tahlil uchun zarur bo‘lgan quyidagi muhim ma’lumotlarni
o‘zida namoyon etadi:
• mahsulotni sotishdan olingan tushum summasi;
• soliqqa tortilgunga qadar foyda summasi;
• foydadan olinadigan soliq summasi;
• XYuSning ixtiyorida qoldiriladigan foyda (sof foyda yoki
foyda-netto) summasi.
Foydani tahlil qilish uchun ayrim ko‘rsatkichlar yuqoridagi
hisobotda mavjud bo‘lmaganligi uchun ba’zi bir analitik
indikatorlar qo‘shimcha tarzda hisoblanmog‘i lozim. Bundan
tashqari bu jarayonda XYuS faoliyatiga ichki va tashqi omillarning
hamda soliq omilining ta’sirini alohida-alohida tahlil qilish
imkoniyatiga ega bo‘lish juda zarur. Shuningdek, tahlil uchun
qulay shaklda har qanday ma’lumotni operativ ravishda olish ham
muhim hisoblanadi.
Foydani tahlil qilishda uni shakllantirishning turli manbalarini
hisobga olish kerak. Bu manbalarning ma’lum bir qismi foyda va
zararlar to‘g‘risidagi hisobotda ifodalangan, u yerda ular,
birinchidan, faoliyatning odatdagi ko‘rinishi bo‘yicha daromadlar
va xarajatlar, ikkinchidan esa, boshqa daromadlar va xarajatlar
sifatida guruhlashtiriladi.
Faoliyatning odatdagi ko‘rinishi bo‘yicha daromadlar va
xarajatlar quyidagi tarzda hisoblanadi: eng avvalo, sotilgan
tovarlar, mahsulotlar, ishlar, xizmatlardan (qo‘shilgan qiymat
solig‘i, aksizlar va shularga o‘xshash majburiy to‘lovlar
chegirilgan) olingan tushum va ularning tannarxi o‘rtasidagi
farqdan iborat bo‘lgan yalpi foyda aniqlanadi.
Yalpi foydadan tijorat va boshqaruv xarajatlari chegirilsa,
sotuvdan olingan foyda paydo bo‘ladiki, u faoliyatning odatdagi
ko‘rinishidan foydani xarakterlaydi. Undan so‘ng boshqa
287
Firmalarning
preykurantlarida,
ma’lumotnoma
(spra-
vochnik)larda va boshqa adabiyotlarda e’lon qilingan baholar
Do'stlaringiz bilan baham: |