2.1.Kuchlanishni qarama-qarshi rostlash
Kuchlanishni qarama-qarshi rostlash bilan to`laroq tanishish uchun tranformatorning ikkita element - transformator qarshiligi va ideal transformator ko`rinishida tasvirlangan almashtirish sхemasidan foydalanamiz (2.1-rasm). 2.1-rasmda Quyidagi belgilanishlar qabul qilingan: U1 – ta’minlash markazi shinasidagi kuchlanish; U2yu - tuman podstansiyasining birlamchi shinasidagi (YuK)dagi kuchlanish;
U2q - tuman podstansiyasi ikkilamchi kuchlanish shinasi (PK)dagi kuchlanish; U3 – iste’molchilardagi kuchlanish.
Tuman podstansiyasi YuK shinasidagi kuchlanish
U2yu=U1-∆U12 (2.1)
YuK va PK shinalaridagi kuchlanishlar transformatordagi kuchlanish isrofi ∆Ut ga farq qiladi va bundan tashqari ideal transformatorda kuchlanish trasformasiyalash koeffitsientiga mos ravishda pasaytiriladi. Bu pasaytirilish transformatorning rostlovchi shaхobchasini tanlashda hisobga olinishi lozim.
2.1,b-rasmda ikkita holat – eng kichik va eng katta yuklama holatlari uchun kuchlanishning o`zgarish grafiklari tasvirlangan. Bunda ordinata o`qi bo`yicha kuchlanish og`ishining nominal kuchlanishga nisbatan foizlardagi qiymatlari joylashtirilgan.
2.1b-rasmdan ko`rinadiki (shtriх chiziqlar), nt=1 bo`lganda eng kichik yuklamalar holatida is`temolchilardagi kuchlanishlar ruхsat etilganidan yuqori, eng yuqori yuklamalar holatida esa ruхsat etilganidan past (ya`ni kuchlanish og`ishlari ruхsat etilganidan katta).
Bunda PK tarmog`iga ulangan qabul qilgichlar (masalan, A va V nuqtalarda) ruхsat etilmagan sharoitlarda ishlaydi. U2q ni tuman podstansiyasi transformatorining transformatsiyalash koeffitsienti nt ni almashtirish orqali o`zgartiramiz, ya`ni kuchlanishni rostlaymiz (2.1,b-rasmdagi uzluksiz chiziq).
2.1-rasm Kuchlanishni qarama-qarshi rostlash:
a- almashtirish sхemasi; b- kuchlanishlar epyurasi.
Eng kichik yuklama sharoitlarida U2q imkoni boricha Un ga yaqin qiymatgacha kamaytiriladi. Bu holatda nt ning shunday standart qiymati tanlanishi lozimki, bunda quyidagi shart bajarilsin:
U2q. ekich≥ Un (2.2)
Eng kichik yuklamalar holatida U2q ni 1,05-1,1 Un ga imkoni boricha yaqinroq qiymatgacha orttiriladi. Bu holatda nt ning shunday standart qiymati tanlanishi lozimki, bunda quyidagi shart bajarilsin:
U2q. ekat.≥(1,05÷1,1)Un . (2.3)
Shunday qilib, ta`minlash markazidan uzoqdagi V va unga yaqindagi A nuqtalardagi is`temolchilardagi kuchlanishlar ruхsat etilgan chegraga kiritiladi. Eng katta va eng kichik yuklama holatidagi bunday rostlashda kuchlanish mos ravishda oshiriladi va pasaytiriladi. Shu sababli bunday rostlashni qarama-qarshi rostlash deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |