Har yili davlat byudjeti parametrlarini belgilashda har bir viloyat uchun
umumdavlat soliqlarining har bir turi bo‘yicha ajratmalar me‘yori belgilanadi.
35
daromadini boy va kambag‘al hududlar orasida qisman qayta taqsimlashni ko‘zda
tutadi. Biroq bunday mexanizm mahalliy hokimliklarni hududlarning iqtisodiy va
soliq bazasini rivojlantirishda rag‘batini pasaytiradi, ularni soliq tushumlarini
yaxshilashdan manfaatdor etmaydi. Bunday yondashuv moliyaviy rejalar va
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli dasturlarini ishlab
chiqish imkoniyatini istisno qiladi.
Har yili davlat byudjeti parametrlarini belgilashda har bir viloyat uchun
umumdavlat soliqlarining har bir turi bo'yicha ajratmalar me'yori belgilanadi.
Umumdavlat
soliqlaridan
ajratmalar
me'yorining
yillik
o'zgarishi
soliq
daromadini boy va kambag`al hududlar orasida qisman qayta taqsimlashni ko'zda
tutadi. Fikrimcha, bunday mexanizm mahalliy hokimliklarni hududlarning
iqtisodiy va soliq bazasini rivojlantirishda rag`batini pasaytiradi, ularni soliq
tushumlarini yaxshilashdan manfaatdor etmaydi. Bunday yondashuv moliyaviy
rejalar va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uzoq muddatli
dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatini cheklab qo`yadi. Mahalliy
byudjetlarning mavqeini yanada oshirish hukumatning byudjet siyosatini
samaradorligini oshirishda xizmat qiladigan muhim omil ekanligi ahamiyatga
molikdir. Biz yuqorida mahalliy byudjet daromadlari haqida umumiy ma`lumot
oldik. Endi mahalliy byudjetlar daromadlarining davlat byudjeti daromadlaridagi
salmog`ini tahlil qilish uchun quyidagi 1– jadval ma'lumotlaridan foydalanamiz.
2.1- jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, O'zbekiston Respublikasi
davlat byudjeti daromadlari keyingi yillarda zanjirli ravishda o'sib borgan.
Shuningdek, bir vaqtning o'zida mahalliy byudjetlarning daromadlari davlat
byudjeti daromadlariga nisbatan ancha ildamroq oshgan, ya'ni 2011 yilda
mahalliy byudjetlar daromadlari 6924409,3 mln. so'mni tashkil qilgan bo'lsa,
2012 yilda bu ko'rsatkich 8535616,1 mln. so'mni ya`ni Davlat byudjeti
daromadlariga nisbatan 41,4% ni tashkil qilgan. Lekin shunday bo'lishiga
qaramasdan, mahalliy byudjetlar daromadlarining davlat byudjetidagi salmog`i
Respublika byudjetining davlat byudjetidagi salmog`iga nisbatan past bo'lib
qolmoqda, 2013 yilda bu ko'rsatkich 10497431,0 mln. so`mni tashkil etib, jami
36
Davlat
byudjeti
daromadlariga
nisbatan
41,8%
ni
tashkil
etishi
kutilmoqda.Shunga qaramasdan, 2013 yilda Respublika byudjeti daromadlarining
Davlat byudjeti daromadlaridagi ulushining pasayishi ijobiy holat hisoblanib, bu
esa o`z navbatida mahalliy byudjetlar daromadlar bazasining mustahkamlanishiga
olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: