Magistrlik dissertatsiya ishining nazariy va metodologik asosi.
Respublikamiz va xorijiy iqtisodchilar tomonidan davlat byudjeti xarajatlari va
uni boshqarish tizimiga bag‘ishlangan ilmiy- amaliy ishlari ushbu dissertatsiya
ishining nazariy va metodologik asosini tashkil etadi. Shu bilan birgalikda ilmiy
ishni
yozish
jarayonida,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning asarlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul
qilingan Qonunlardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlaridan,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarorlari, O‘zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligining me‘yoriy hujjatlaridan, iqtisodchi-olimlar
asarlaridan va turli davriy nashrlarda e‘lon qilingan materiallardan keng
foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |