Ma’lumki, ta’lim olish (ma’lumot olish) jarayoni – bu ma’naviy va aqliy qobiliyatlarni tizimli rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va olingan bilimdan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir. Bu jarayon ta’lim oluvchining o‘zi orqali yoki boshqa birov- ta’lim beruvchining ko‘magida amalga oshirilishi mumkin. Ta’lim olish jarayoni esa turli xil metodlarga(usullarga) tayangan holda kechadi. - Ma’lumki, ta’lim olish (ma’lumot olish) jarayoni – bu ma’naviy va aqliy qobiliyatlarni tizimli rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va olingan bilimdan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir. Bu jarayon ta’lim oluvchining o‘zi orqali yoki boshqa birov- ta’lim beruvchining ko‘magida amalga oshirilishi mumkin. Ta’lim olish jarayoni esa turli xil metodlarga(usullarga) tayangan holda kechadi.
Ta’lim tizimi davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta’lim muassasalari majmui demakdir. Har bir mamlakatning ta’lim tizimi uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. - Ta’lim tizimi davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta’lim muassasalari majmui demakdir. Har bir mamlakatning ta’lim tizimi uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
- O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini boshqaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar, ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli korhonalar, muassasalar va tashkilotlarni o‘z ichiga oladi. Respublikaning ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
- Respublika «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
- Maktabgacha ta’lim – bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlovchi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otuvchi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-etti yoshga etguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriluvchi ta’lim bosqichi.
Do'stlaringiz bilan baham: |