Darsning borishi 1.Tashkiliy qism:O’quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish. 2. O’tilgan mavzu bayoni: Takrorlash 3.Yangi mavzuning bayoni: Olimlar hisoblab cliiqib, Mars bilan Yupiter orasida yana bitta sayyora bo'lishi kerakligini aytib berdilar. Lekin yaxlit bitta sayyora topilmadi. Uning o'rnida 1801- yilda mayda sayyorachalar topildi.
Mars va Yupiter oralig'ida Quyosh atrofida aylanib yuruvchi mayda osmon jismlari asteroidlar deb ataladi. Olimlarning hisoblashicha, Quyosh atrofida diametri 1 km dan 1025 km gacha bo'lgan 40 mingtacha mayda asteroidlar aylanib yuradi. Diametri 1025 km bo'lgan Serera asteroidi 1801 -yilda italiyalik olim J. Piatssi tomonidan topilgan.
Qadimdan odamlar tunlari «bosh» va «dum»dan iborat bo'lgan yorug' osmon jismlarini kuzatib kelganlar. Sharqda ularni «dumli yulduzlar» deb atashgan. Qadimgi Yunonistonda esa «sochli yulduzlar» deb yuritishgan. «Kometa» so'zi yunonchada «sochli» degan ma'noni anglatadi.
Kometa — «bosh» va unga ergashib yuruvchi «dum»dan iborat bo'lgan Quyosh sistemasidagi osmon jismidir. Kometalarning «dumi» gaz va changlardan, «boshi» esa qattiq moddali yadrodan hamda uning atrofini o'rab olgan gaz va changlardan iborat. Ko'proq uchraydigan kometalar boshining o'zagi diametri 0,5—20 km bo'lsa, uning atrofidagi gaz va changlar bilan birgalikdagi «boshi»ning diametri bir necha million kilometrgacha bo'ladi. «Dumi»ning uzunligi esa bir necha yuz million kilometrgacha yetadi.
Hozirgi vaqtgacha Quyosh atrofida aylanib yuruvclii 3 mingga yaqin kometa, ya'ni «dumli yulduz» topilgan. Ba'zi ulkan «dumli yulduz»larning uzunligi Yerdan Quyoshgacha bo'lgan masofaga yaqin keladi. Sayyoralar atrofida katta- kichik minglab kometalar uchib yuradi.
Meteorlar
Tunda osmonda chiroyli yorug' iz qoldirib uchgan yulduzlarni ko'rganmisiz? Bunday «uchar yulduzlar» nima?
Quyosh atrofida aylanib yuruvchi asteroid va kometalar parchalanib turadi. Ularning parchalari bo'lgan «daydi toslilar» ba'zida yerga juda yaqinlashib qoladi. Bu mayda osmon jismlari Yerning havo qobig'iga juda katta tezlik bilan kirib keladi. Ular havoda yona boshlaydi va osmonda yorug' iz qoldiradi.